O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri, 1990-yil 2-iyun.
Albatta, biz so'z yuritayotgan davr 1989-1991-yillardagi ijtimoiy-siyosiy muhit nuqtayi nazaridan qaraganda, respublika-miz rahbarining bunday qat'iy xatti-harakatlari Markazdagi «katta og'alarimiz»ga aslo ma'qul tushmas edi. Shuning uchun ular Toji-kiston, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston va boshqa bir qator itti-foqdosh respublikalarda turli yo'llar bilan uyushtirilgan qonli fojia-larning O'zbekistonda ham tashkil etish uchun makkorona va qabih rejalar tuzdilar, bor imkoniyatlari bilan bu manfur niyatlarni amalga oshirishga urindilar. Buning uchun ular o'zlari vujudga keltirgan og'ir ijtimoiy vaziyatdan, milliy his-tuyg'ulardan, o'z oramizdan chiqqan ayrim munofiq kimsalardan foydalanmoqchi bo'ldilar.
Prezident Islom Karimov va uning boshchiligidagi hukumat ana shunday murakkab va og'ir sharoitda o'z xalqining dardiga quloq solish, uning muammolarini zudlik bilan hal qilish orqaligina mam-lakatni tanglik va bo'hrondan olib chiqish mumkinligini anglab у etdi va bu mushkul vazifani ado etishga qat'iyat va shijoat bilan kirishdi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengayti-rish choralari ko'rildi:
Dostları ilə paylaş: |