O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo'yicha komitet tashkil qilish to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo'yicha komitet tashkil qilish to'g'risida «Vrjdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuniga asoslanib, ruqarolarning din erkinligi va diniy ehtiyojlarini hurmat qilib, shuningdek diniy tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va uzviy hamkorlikni ta'minlash maqsa-dida:
O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha komitet tashkil qilinsin.
Belgilab qo'yilsinki, komitet o'z faoliyatini «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonun, shuningdek O'zbekiston Respublikasining boshqa tegishli qonun hujjatlari talablariga qat'iy amal qilgan holda olib boradi.
O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo'yicha komitet zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish yuklansin:
davlat organlarining respublika hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan bahamjihat harakati va hamkorligini o'rnatish;
diniy masalalarni hal qilishda viloyatlar, shaharlar va rayonlar-ning hokimlari bilan birgalikda yagona siyosatni o'tkazish;
qonunda belgilangan tartibda ro'yxatga olingan respublikadagi diniy tashkilotlarning manfaatlarini davlat siyosatida ifoda etish.