O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə171/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Adolat va qudrat timsoli
Sohibqiron Amir Temurning 660 yillik tavallud to'yi mamlaka-timizda zo'r shod-u xurramlik bilan davom etmoqda. 1996-yil 18-oktabr kuni Samarqand va Shahrisabz shaharlarida ulug' bobomiz­ning muhtasham haykallari qad rostladi. Bundan uch yil muqaddam go'zal Toshkent markazida hazrati Temurning ulug'vor suvoriy hay-kali o'rnatilgan edi.

Endilikda bir-biri bilan uzviy bog'liq uch muazzam badiiy obida shavkatli ajdodimizning adolat va qudrat ramzi bo'lgan benazir siy-mosini yaxlit holda tasavvur etish imkonini beradi.

Samarqand va Shahrisabzdagi tantanalar chog'ida Sohibqiron timsolini mujassam etgan haykallar marosimga yig'ilgan jamoat, uzoq-yaqin mamlakatlardan kelgan mehmonlarning hayrat va haya-joniga sabab bo'ldi. O'zbekiston Milliy axborot agentligining mux-biri Prezident Islom Karimovdan Amir Temur obrazining mazkur badiiy talqinlari haqidagi taassurotlarini so'radi. Yurtboshimiz mux-birning savoliga ko'tarinki kayfiyat bilan javob berib, jumladan bun­day dedi:

- Avvalo, bu haykallarga Amir Temurning salobatli va ulug'vor qiyofasi munosib tarzda yaratilgan, deb aytsak, mubolag'a bo'lmaydi. Shaxsan men Sohibqiron bobomizning siymosiga boqar ekanman, vu-judimni ichki bir hayajon chulg'aydi. Diqqat bilan qarasangiz, hazrati Temurning nuroniy, shijoatli qiyofasida u zotning bu dunyoga kelib qilgan ishlaridan, kezgan yo'llaridan, suronli o'tgan umridan, tuzgan beqiyos davlatidan mamnunlik ifodasini uqish mumkin.

Haqiqatan ham, Samarqanddagi yodgorlikda Amir Temur bu­yuk saltanat taxtida sultonlar sultoniga mos viqor va salobat bilan o'tiribdi. Sohibqironning qaddi-qomati ham, savlati, chehrasi ham uning toza nasl-nasabidan, tangri yorlaqagan ulug' zot ekanidan da-lolat beradi.

Amir Temur haykallarida e'tiborga molik yana bir ma'no o'z ifodasini topgan. Sohibqironning shafqat va ayni paytda qat'iyat bilan boquvchi nigohi uning bepoyon saltanatini qamrab olgan-dek bu ulkan hududdagi barcha xalqlar va elatlarning ahvol-ruhi'yasidan ogoh bo'lib turgandek taassurot qoldiradi. Go'yoki bobokalonimiz: «Men bor ekanman, mening ruhim barha-vot ekan, el-ulusda omonlik va farovonlik mudom barqaror bo'lg'ay, menkim Amir Temur - tinchlik va osoyishtalik kafili-man», deb turgandek.

Mening nazarimda, Sohibqironning bu haykallari nafaqat ba­diiy, balki katta ma'naviy-tarbiyaviy ahamiya+ga ega. Amir Temur bobomizning bemisl shijoat, azm-u qaror va o'ktamlik fazilatlari namoyon bo'lgan qiyofasi yoshlarimizni, kelajak avlodimizni buyuk marralarga, ezgu, savobli ishlarga ruhlantirishi va safarbar etishiga ishonaman.

Bu go'zal va ulug'vor obidalarni ziyorat qilganda go'yoki So­hibqironning dil sadosi yuraklarimizda aks-sado berayotgandek tu-yiladi. «Avlodlarim, unutmang: bizning nomimizni toptashga urin-ganlar, bizning millatimizni, xalqimizni kamsitmoqchi bo'lganlar bugun zavol topdilar, aksincha, kimki, bizning sha'n-u shavkatimiz-ni, haq va xalq yo'lida qilgan xizmatlarimizni yod etgan bo'lsa, ularga Allohning marhamati va zafarlar yor bo'ldi va hamisha yor bo'lg'usidir. Zero, bizning yo'limiz - adolat va ozodlik yo'lidir, di-yonat va haqiqat - bizning dasturimizdir».

Bu so'zlar, har birimizni Sohibqironga munosib zurriyodlar bo'lishga da'vat etadi.

Chindan ham, Amir Temurning yurtimizda mag'rur qad rost-lab turgan ulug'vor haykallari, xalqimizning asriy orzulari, рок va muqaddas niyatlari ushalganidan, duoi fotihalari ijobat bo'lganidan yana bir dalolat beradi.



1996-yil 18-oktabr

Amir Temur - faxrimiz, g'ururimiz

Xonimlar va janoblar!

Konferensiyaning muhtaram ishtirokchilari!

Aziz do'stlar!

Barchangizni o'zbek zaminida qutlashga va Amir Temur tavallu­dining 660 yilligiga bag'ishlangan tantanalardagi ishtirokingiz uchun minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Xalqimiz nomidan Temur va temuriylar davriga yuksak ehti­rom ko'rsatayotgan barcha davlat va jamoat arboblariga, olimlarga, san'at va madaniyat namoyandalariga, xorijdagi yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Qadrli konferensiya qatnashchilari!

Men bugun Amir Temur davri va bu buyuk tarixiy shaxs ma'naviy merosining hozirgi zamondagi ahamiyati xususida ba'zi fikrlarimni sizlarning e'tiboringizga havola qilmoqchiman.

Avvalambor shuni ta'kidlashimiz kerakki, Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo'lsa, zamon ehtiyoji hayotga olib keladi va ul zotlarning fazilat - xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi. Bunday qonuniyatni ko'plab misollarda tasdiq-lash mumkin. Shuning uchun ham Amir Temur shaxsi va faoliyati haqida gapirar ekanmiz, dastlab shu davrdagi, shu asrdagi tarixiy vaziyat haqida alohida to'xtalib o'tishimiz lozim.

Amir Temur siyosiy sahnaga qadam qo'yganda endigina 24 yoshga kirgan edi. Mamlakatda boshboshdoqlik, mahalliy, siyosiy kuchlarning o'zaro qarama-qarshiligi avjiga chiqqandi. Bu ham kam-dek asosiy qudrati tarixiy Mo'g'ilistonda mujassamlashgan chingi­ziylar tez-tez Movarounnahrga zug'um qilib turardilar.

Bir yarim asrga yaqin davom etgan bu muddat qaramlik jafosini har tomonlama chekib kelgan oddiy fuqarolardan tortib, ko'pchilik yirik siyosiy arboblar-u din peshvolarigacha barcha-barcha uchun ni­hoyatda og'ir davr bo'lgan. Jamiyat ozodlik va taraqqiyotga bo'lgan manfaatlarini o'zida mujassam etgan xaloskorga, yetakchiga mush-toq edi.

Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yetakchi sifatida maydonga chiqdi.

Ikkinchi xulosa aslida birinchi fikrning mantiqiy davomidir. Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo'lgan desa, xato qiladi. Nega deganda hech narsa to'satdan paydo bo'lmaydi. Hamma narsaning o'z qonuniyati bor.

Al-Xorazmiy, Ulug'bek, Beruniy, Navoiy, Bobur va boshqa o'nlab-yuzlab daholarimiz ham to'satdan, yaydoq bir joyda paydo bo'lgani yo'q. Ular mana shu zaminda yuzaga kelgan muhitning hosili sifatida paydo bo'lgan. Ma'lumki, hosil paydo bo'lishi uchun zaminni oziqlantirish kerak. Tuproqni o'g'itlab, parvarish qilib, shundan so'nggina daraxt ekish kerak.

Ya'ni, men bu bilan demoqchimanki, bu zamin - qadimiy Turon va Turkiston zamini azaldan ma'naviy oziqlangan, madaniy qatlam-

a ega bo'lgan. O'zbek davlatchiligining tarixiy asoslari qaror top-ganiga Amir Temur zamonasida ikki ming yildan oshgan edi.

Yana ta'kidlab aytaman: yurtimizga Amir Temur bosh bo'lgan villarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda qo'lga kiritilgan yutuqlar bo'm-bo'sh, huvillagan joyda yuzaga kelmagan. Balki shu makonda qadimdan rivojlanib, shakllanib kelgan tarixiy-madaniy an'analar asosida qaror topgan.

Yanada aniqroq aytsak, Amir Temur o'zbek xalqining ko'p ming yillik tarixiy ravnaqida tasodifiy shaxs, umuman temuriylar davrida-gi yuksalish esa shunchaki bexosdan yuz berib qolgan hodisa emas! U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an'ana, torn ma'noda shakllangan madaniy-ma'naviy jarayon mahsulidir!

Uchinchi mulohaza ham bildirgan birinchi va ikkinchi xulosa bilan uzluksiz bog'langan. Jahon madaniy va ma'naviy jamoatchi-ligi o'rta asrlarda Amir Temur tuzgan davlat va uning butun dunyo e'tiborini o'ziga jalb qilgan olamshumul faoliyati, umumbashariyat xazinasiga qo'shgan hissasi bilan tanishar ekan, uni o'stirgan yurtga va mana shu hududda undan ko'p asr oldin o'tgan buyuk allomalarning ijodiy merosini, ularning tabarruk nomlarini ham yana bir bor kashf etishi va keng miqyosda o'rganishiga zamin va sharoit tug'ildi.

Shu ma'noda IX asrdayoq yevropaliklar keyinchalik «А1-gebra» deb atagan fanga asos solgan buyuk vatandoshimiz Al-Xorazmiyning;

Xristofor Kolumbdan qariyb besh asr oldin okean ortida qu-ruqlik, ya'ni keyinchalik Amerika deb nom olgan qit'a borligini ba-shorat qilib, ilmiy asoslab bergan qomusiy bilim sohibi Abu Rayhon Beruniyning;

«Tib qonunlari» nomli mashhur asarining o'ziyoq lotin tilida 30 martadan ziyod nashr etilib, o'rta asrlarda butun dunyo, shu jumla­dan Yevropa tibbiyot institutlarida qo'llanma sifatida o'qitiladigan ulug' ajdodimiz Ibn Sino kabi ko'plab allomalarning nomlari va ilmiy ishlari bilan dunyo ahli aynan Amir Temur zamonida qay­tadan va chuqurroq tanishgan, deb aytsak, menimcha mubolag'a bo'lmaydi.

Qisqacha aytganda, Amir Temurdek mislsiz yorqin shaxs ta­rix sahnasida tayyor bo'lib, o'zini tarbiyalagan, o'zga hayotbaxsh ma'naviy ozuqa bergan, uni buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining nomiga va madaniyatiga jahon miqyosida katta qiziqish uyg'otganini yana bir bor ta'kidlab o'tmoqchiman.

To'rtinchi fikr. Biz Amir Temur tarixini har tomonlama chu­qur o'rganishimiz va tadqiq qilishimiz kerak. Bugungi anjuman ana shu yo'ldagi muhim qadamdir. Sir emaski, kommunistik mafkura hukmron bo'lgan so vet jamiyatida tarix fani ham ulug' davlatchilik, ulug' millatchilik g'oyalarining qurboni bo'lgan edi. Shu sababli bu davrda sobiq Sovet ittifoqi hududida yaratilgan tarixiy asarlar-da Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berildi. Bu g'oya yer yuzining oltidan bir qismini egallagan ulkan hududda yashagan 250 million xalqqa zo'rlab singdirildi. Ana shunday noto'g'ri va g'ayriilmiy qarashlarga tanqidiy baho berib, Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatni qaror toptirish bugungi te-murshunoslikning muhim vazifalaridan biridir.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin