O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə172/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Beshinchi fikr. Ming afsuski, biz boshimizdan o'tkazgan mus-tabid tuzum tufayli shunday bir ahvolga tushib qolgan edikki, ulug' ajdodimizning tarixi va faoliyatini, bashariyat rivojiga qo'shgan his-sasini bugungi kunda xorijda - AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyada, Hindiston, Turkiya, Eron, Pokiston va boshqa mamla-katlarda bizning o'zimizdan ko'ra ko'proq bilishadi. Bizlar - ya'ni Amir Temurning Vatani bo'lmish shu zaminda o'sgan odamlar uning faoliyatini juda oz bilamiz. Aytinglar, aziz do'stlar, bundan ham or-tiqroq adolatsizlik, noinsoflik bo'lishi mumkinmi?!

Bu holat bizning mustamlaka zulmida yashaganimizning isboti, bizni buyuk tarpcimizdan butunlay judo qilishga bo'lgan intilishlar-ning oqibati emasmi?

Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat ko'rsatmoqda. Temur va temuriylar davri haqida ko'plab kitoblar nashr etilmoqda.

Dunyo ilmiy jamoatchiligining Amir Temur shaxsiga bo'lgan yuksak e'tiborini hisobga olib, YuNESKO tashkilotining bugungi mo'tabar sanaga bevosita homiylik qilayotgani ham, bizning flkri-mizcha, g'oyat adolatli bir ish bo'ldi.

O'tgan olti yuz yil mobaynida Amir Temurga bag'ishlab yaratil­gan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillari-da esa 900 ga yaqinni tashkil etadi.

Buyuk bobomizga bo'lgan bu qadar yuksak e'tiqod va ehtiro-mingiz uchun men mana shu minbardan turib sizlarga va sizlar orqa­li Amir Temurga izzat-ikrom ko'rsatgan barcha insonlarga, sizlardan oldin yillar davomida, asrlar mobaynida bizning ulug' ajdodimizning merosini xolisona o'rgangan va uning nomini abadiylashtirgan fidoyi olimlarga, ilmiy dargohlarga yana bir bor tashakkur bildiraman.

Bu olijanob ishga xorijdagi tarixchilarni hech kim da'vat etgan emas. Bu ishlar ular uchun katta boylik va nufuz orttirish manbayi ham bo'lmagan. Ammo bu olimlarning ilmiy vijdoni, kerak bo'lsa, mana

• soniy vijdoni shuni taqozo qilgan. Biz bunday odamlarga, shu zalda o'tirgan uzoq va yaqin qo'shni davlatlarning vakillariga har qancha tasannolar aytsak arziydi.

Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar da­vomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga bag'ishlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo'y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o'rganishimiz, sizlarning kitoblarin-gizni tarjima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodimizga tarixni xo-lis va haqqoniy o'rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxr-u iftixo-rimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak.

Ishonchim komilki, sizlar va sizlardan oldin o'tgan temurshu­nos do'stlarimizning ilmiy jasorati, mashaqqatli mehnati bugun biz uchun eng katta boylikdir.

Muhtaram konferensiya ishtirokchilari! t

Yana bir muhim masalaga to'xtalib o'tmoqchiman.

Ozod va obod O'zbekiston uchun bugun Amir Temur shaxsiyati va merosi nima uchun kerak?

Buyuk ajdodimizning qaysi fazilatlari biz uchun aziz?




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin