Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari:
«Turkiston» gazetasi;
«Молодежь Узбекистана» gazetasi;
«Yosh kuch» jurnali;
«Sirli olam» jurnali;
«Yoshlik» jurnali;
«Tong yulduzi» gazetasi;
«Класс» gazetasi;
«Sinfdosh» jurnali;
«G'uncha» jurnali;
«Gulxan» jurnali.
* * *
Iste'dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib, xo-rijiy mamlakatlarda o'qib, dunyoviy tajribalarni, jahon taraqqiyotini o'rganishlari maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg'armasi tuzildi.
Albatta, yoshlarni yangilanayotgan demokratik, insonparvar jamiyatga munosib qilib tarbiyalash o'z navbatida ular ijtimoiy kafola-tini ham ta'minlashni taqozo qiladi. Bu borada O'zbekiston istiqlolga erishgandan so'ng respublikada yoshlarning ijtimoiy kafolati uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Masalan, O'zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda bo'lib o'tgan sessiyasida «O`zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyo-satining asoslari to'g'risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga oid siyosat O'zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijtimoiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo'lida imkon boric-ha to'la-to'kis ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ularni kafolatlashdan ibo-ratdir», - deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo'ljallangan tashkiliy tadbirlar ham ko'zda tutildi. Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxo-na, muassasa va tashkilotlar bu borada aniq amaliy tadbirlar belgiladi-lar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta e'tibor berildi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgi-na 1992-1993-yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta'minlash va ular iste'dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta Farmon qabul qildi. Ularda o'quvchi-yoshlar va talabalarning moddiy ahvolini yaxshi-lashdan tortib, yoshlar iste'dodini ham moddiy, ham ma'naviy rag'batlantirishgacha bo'lgan tadbirlar ko'zda tutildi. Masalan, Prezidentning 1993-yil 5-fevralda qabul qilgan «O`zbekistonda o'quvchi yoshlarni rag'batlantirish choralari to'g'risida»gi Farmo-nida «o'quvchilarning iste'dodlarini namoyon qilish va ijtimoiy qo-biliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil O'zbekiston fuqarosi-ning yuksak ma'naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib, oxirgi yil o'qiyotgan talabalar va aspirantlar - butun o'qish davridagi a'lochilar hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotganlar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari ta'sis etilsin», - deyiladi.
Bugungi kunda ko'plab talaba va aspirantlar ana shunday muko-fotga sazovor bo'lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda ma'lum tajribalar to'plandi. Masalan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida Yoshlar siyosati bo'yicha Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1992-yil 4-dekabrdagi 568 sonli Qarori asosida viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo'yicha hokimlar rais-Hgida Kengashlar tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar siyosatini ro'yobga chiqarishda bir qator ishlarni amalga oshirdilar. Masalan, Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlarning uy-joy sharoitini yaxshilash uchun ho-kimlik 82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi.
Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, va Buxoro viloyatlarida ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.
Xorijda o'qib kelgan yosh mutaxassislarning har ikki уйал o'tkaziladigan ilmiy konferensiyasi an'anaga aylanib qoldi. Birgina 2006-yili «Iste'dod» jamg'armasi homiyligida o'tkazilgan ilmiy anjumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. 5 ta yo'nalishda o'tkazilgan ushbu anjumanda g'oliblar 5 ta amaliy mukofot bilan taqdirlanishdi.
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonday yoshlar mamlakatida yoshlar siyosati, ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqbo-liga yuksak ishonch borligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |