O'zbekistonda mustaqillikning keyingi 10 yili mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirishda alohida davr bo'ldi. Bu borada bolalar sportini rivojlantirish respublika jamg'armasining tashkil qilinishi, 2000-yildan boshlab oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida «Universiada», o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari o'rtasida «Barkamol avlod», umumta'lim maktablar o'quvchilari o'rtasida «Umid nihollari» sport musobaqalarining uyushtirili-shi muhim ahamiyatga ega voqealardir. Shu yillar mobaynida nafaqat sportning xalq o'rtasidagi ommaviyligini ta'minlash, balki ayrim sport turlarini rivojlantirishga katta e'tibor berildi. Jumladan, O'zbekcha kurash, tennis, shaxmat, boks bo'yicha O'zbekiston spor-ti jahon miqyosida o'z o'rniga ega bo'ldi. Tennis bo'yicha Iroda To'laganovaning, boks bo'yicha Ruslan Chagayev va Muhammad-qodir Abdullayevlarning dunyo sport arenalaridagi yutuqlari diqqat-ga sazovordir. Ayniqsa, Rustam Qosimjonovning shaxmat bo'yicha jahon chempioni unvoniga ega bo'lishi o'zbek sportini, umuman, O'zbekistonning jahon miqyosida obro'-e'tiborining oshishiga olib kelgan tarixiy voqea deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: