O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə210/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

BUTROS G'OLIY,

BMT Bosh kotibi

1995-yil, 26-iyul.

«Xalq so`zi» 16-avgust 1995-yil.

Albatta, O'zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jon-lashtirish, uning yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va hamkorlik-ni kuchaytirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflari hamjamiyatga a'zo bo'lgan davlatlarning vakillari orasida katta qiziqish uyg'otdi. Chunki, ke­ying! paytda BMT tizimida islohotlar o'tkazish lozimligi haqida ko'p gap-so'z bo'layapti-yu, ammo biror bir aniq taklif, asosli re-jani hech kim ko'tarib chiqmagan edi. Shu boisdan ham jahonning ko'p mintaqalarida yuz berayotgan qurolli to'qnashuvlarni tugatish-da BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning markazidagi, Bosniya - Gersogovinadagi qonli fojialarning uzoq davom etishi BMTning nufuzini ancha tushirib yubordi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda I. Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi.

O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalqaro maydon­da ma'lum salmoqqa ega bo'lib, nufuzi tobora ortib bordi. Ayniqsa, 1996-yilda bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 21-22-iyun kunlari Italiya Respublikasining Florensiya shahridagi «Fortezza de basso» qal'asida Yevropa Ittifoqiga (YI) a'zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi - Sammit bo'lib o'tdi.

Unda mazkur Ittifoq bilan O'zbekiston o'rtasida sheriklik va hamkorlik to'g'risida bitim imzolandi. Bu, aytish mumkinki, res­publika siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga molik voqea bo'ldi. Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlari ishtirokida imzolangan bu bitim nafaqat g'arbiy Yevropa mamla-katlari bilan respublikamiz o'rtasidagi aloqalar ravnaqining mu­him huquqiy asosi, balki O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o'zgarishlarning tan olinishi va yosh mustaqil davlat mustaqilligining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo' llab-quvvatlanishidir.

Masalaning yana bir jihati shundaki, tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishlari bo'lmish dunyo siyosati va iqtisodiyotiga integratsiyalanish uchun muhim poydevor yaratilayotganidan dalolat beradi.

Islom Karimov erishilgan bitimni O'zbekiston va Yevropa Itti-foqi o'rtasidagi munosabatlarda «yangi turmush nuqtasi» deb ba-holadi.

O'zbekiston o'z taraqqiyotida, shuningdek, tashqi siyosiy alo-qalarida Amerika Qo'shma Shtatlari bilan hamkorlikka katta e'tibor berdi. Mustaqillik yillarida ikki mamlakat o'rtasidagi siyosiy, iqti­sodiy va harbiy sohalardagi hamkorlik aloqalari o'zining rivojlanish bosqichiga chiqqan. Bu borada 1992-yilda Toshkent va Vashingtonda elchixonalar ochilishi, 1995-yilning aprel oyida AQSH mudofaa va­ziri Uilyam Perrining yurtimizga safari, shundan so'ng O'zbekiston Mudofaa vazirining AQSHdagi uchrashuvlarini va o'tgan yilning avgust oyidagi mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining alohida vzvo-di Amerika tomoni hamkorligida Luiziana shtatida joylashgan Fort-Polk harbiy istehkomida o'tkazgan NATOning «Tinchlik yo'lida hamkorlik» dasturi doirasidagi harbiy o'quv mashg'ulotlarini, shu­ningdek, 1995-yilning oktabr oyida mamlakatimiz Prezidenti bilan AQSH vitse-prezidenti Albert Gorr o'rtasida Oq uyda bo'lib o'tgan uchrashuvlarni alohida ta'kidlamoq joiz.

O'zbekistonda 1996-yil boshlarigacha amerikalik sarmoyador-lar ishtirokida 200 ta o'zbek-amerika qo'shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko'rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning Nyumont Mayning Korporat-siyasi bilan hamkorlikda tog' jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi qo'shma korxonasi bor. Amerikaning 28 ta kompaniya, fir-ma va banki Toshkentda o'z vakolatxonalarini ochgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 23-28-iyun kunlari Amerika Qo'shma Shtatlariga rasmiy tashrif bi­lan bordi. 25-iyun kuni I. Karimov AQSH Prezidenti Bill Klinton bilan uchrashdi. Bu uchrashuv ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar rivojida, mustaqil mamlakatimizning jahon hamjamiyati integratsi-yalashuvi yo'lida va, aytish mumkinki, mintaqa taraqqiyotida ulkan imkoniyatlar kashf etdi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin