Birinchidan, shu vaqtga qadar O'zbekistonda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan ayrim qonun va me'yoriy hujjatlar hamon amal
da bo'lib, ulardan butunlay voz kechish vaqti yetgan edi. Chunki, ular mazmun va mohiyati yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas va hatto, yangi jamiyat oldida turgan tub maq-sadlarni amalga oshirishga monelik qilar edi.
Ikkinchidan,O'zbekiston o'z oldiga adolatli huquqiy demokratik davlat qurish, taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo'lidan borish va insonparvar fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifasini maqsad qilib qo'ygan edi. Bu borada rivojlangan mam-lakatlar, shuningdek, milliy ozodlik harakatlari orqali mustaqillikka erishgan va taraqqiyot yo'liga kirgan boshqa qator davlatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.