Birinchidan, jamiyatni tubdan yangilash va turmushimizning barcha sohalarida tub islohotlarni amalga oshirish, shu asosda demokratik tamoyillarni turmush tarziga aylantirish uzoq davom eta-digan uzluksiz jarayondir. Bu kundalik tashvishimiz bilan bog'liq bo'lgan va umuman mamlakat taqdirini belgilaydigan muhim hodi-sadir. Jamiyatda demokratiyani chuqurlashtirish izchillikni taqozo etadigan, sobitqadamlik bilan turli qarshiliklar va to'siqlarni yengib, eskicha qoliplarni sindirib tashlab, yangicha tafakkur tarzini joriy qiladigan murakkab jarayondir.