O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə88/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Ikkinchidan, demokratiyani chuqurlashtirish omillaridan biri sifatida ko'ppartiyaviylik haqida alohida to'xtaladi va o'z fikrini aniq, lo'nda qilib o'rtaga tashlaydi. Hech qachon partiyalar soni de­mokratiya ko'lamini, miqyosini, darajasini va qadriyatlarini belgi-lay olmasligini ko'rsatib beradi. Turli ijtimoiy guruhlar manfaatini himoya qila oladigan turli partiyalar va boshqa jamoat tashkilotla­ri o'z Nizomi doirasidagina o'z a'zolari manfaatini himoya qilishi mumkin, xolos. Biroq, umumiy manfaat - xalq, jamiyat, mamla­kat manfaati singari eng oliy va eng qimmatli ehtiyoj lar ham bor-ki, bu barcha siyosiy partiyalarning umumiy yig'indisidan, turli va xilma-xil qarashlarning uyg'unligidan kelib chiqadi. To ana shunga erishilmas ekan, demokratiya shunchaki rusumga aylanib qolavera-di. Ana shunday nuqtai nazardan «Partiyalarning paydo bo'lishi, ularning soni, dasturi, уо'1-yo'riqlarining o'ziga xosligi va ho-kazolar esa ijtimoiy manfaatlar yig'indisi va jamlanishi orqali tabiiy yo'l bilan belgilanmog'i kerak. Siyosiy partiyalar mavjud bo'lishining asosiy va birdan bir prinsipi davlatning konstitutsi-yaviy me'yorlarini hurmat qilish va ularga rioya etishdan iborat bo'lmog'i lozim)) - deb yozadi I. Karimov.

Uchinchidan, muxolifat haqida. Muallif tasavvurida muxo-lifatning mavjudligi demokratik jamiyat uchun zaruriy hodisa va normal holatdir. Biroq, bu shaxsiy manfaatlar zaminidan unib chiqqan, o'z orzu-umidlariga erishish uchun intilgan yoki jami­yatning orzu qilingan amallaridan mahrum etilgan bir hovuch norozi shaxslaridan iborat bo'lgan alamzadalar «armiya»si emas, aksincha, tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, huquqiy maqomga ega bo'lgan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga bo'ysunib yashash-ni turmush tarziga aylantirgan, o'z xatti-harakati bilan davlat va jamiyatdagi barqarorlikka mas'ul bo'lgan yuksak darajadagi siyo­siy madaniyat ko'rigidir.

Haqiqiy muxolifat torn ma'noda davlat va jamiyat taraqqiyo-tiga yordam beradigan, hukumat faoliyatining takomillashishiga ko'maklashadigan, konstruktiv, ilmiy va amaliy jihatdan asosli bo'lgan, hayotiy jihatdan xalq tomonidan ma'qullangan xulosalar bilan yashaydi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.



To'rtinchidan, jamoatchilik fikrining qay darajadaligini bilish, uni shakllantirish va takomillashtirish, jamiyat va shaxs, davlat va fuqaro o'rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish katta ahamiyat-ga ega. Bunda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish zarur. Ayniqsa, o'tish davrida, tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda turli toifa, saviya va dunyoqarashga ega bo'lgan xalq fikri-ni bir nuqtaga jamlash, uni asosiy yo'nalishga burib turish islohot­lar taqdirini hal qiladigan eng muhim omillardan biridir. Shuning uchun ham matbuotga munosabat uning jamiyatda tutgan o'rni va rolini aniqlash, «to'rtinchi hokimiyat» darajasiga ko'tarish zarur.

Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hammavaqt yangi-likning yo'lini to'sadi. Unga g'ov bo'ladi. Bu haqda gapirar ekan, Prezident Islom Karimov «Eski sarqitlardan judo bo'lish, dun-yoqarashlar, psixologiyalar, turli da'volar o'rtasidagi ko'zga ko'rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda. Hayotning o'zi ana shu dunyoqarashlar, psi­xologiyalar, da'volar orasidan о tishga majbur qilmoqda», -deydi.

Darhaqiqat, bugun O'zbekiston ana shunday murakkab, ziddi-yatli kurashlari orqali yangi asrga qadam qo'ymoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo'lmasin, eskicha tafakkurni sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo'lmasin, ayni paytda u million-lab kishilarni o'ziga ergashtirib bormoqda. Kelajakka qat'iy ishonch bilan qaramoqda.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin