2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari
3. Statistik jadvallarning tuzilishi, turlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli xodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa-ma’lumotlarni jamlash,bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash deb yuritiladi.
30.12.23
Statistik jamlash va guruhlash
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va xokazo.Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir.Masalan,terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga,mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish. Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo‘linadi.Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Har ikkala usulning ham salbiy va ijobiy tamonlari mavjud. Ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda qayta ishlanganda, hozirgi yuqori unumli texnikadan samarali foydalanish, hamda yagona uslubiy yandoshishga imkon yaratadi, lekin mahalliy, xududiy ko‘rsatkichlarni hisoblash cheklanadi, kuzatish ma’lumotlarini taqqoslash, tekshirish uchun qiyinchilik tug‘uladi. Markazlashtirilmagan jamlashda kuzatish xatolarini to‘g‘rilash yengillashadi, xududiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi, lekin kuzatish materiallari tarqoq holda bo‘ladi. Amaliyotda kuzatishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, har ikkala usuldagi jamlash qo‘llanadi.

“G’AZNACHILIK” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI