O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-§. O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə96/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

4-§. O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

O'zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farqli o'laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson huquqlari va erkin­liklari kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi.

Avvalo shuni aytish kerakki, bu O'zbekiston Konstitutsiyasida o'z ifodasini topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo'yildi. Konstitutsiyaning 13-moddasida «O`zbekiston Respublikasida demokratiya umumin-soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qad­riyat hisoblanadi», - deb belgilab qo'yildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo'limi «Inson va fuqa­rolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o'zi Asosiy qonunning insonparvarligini ko'rsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bo'lish va uni yo'qotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyosiy huquqlari, ularning kafo-latlanishi o'z ifodasini topgan.

O'zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, hu­quqiy va boshqa munosabatlarda bir-birlari bilan teng huquqqa ega bo'ldilar.

Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bo'lgan imtyozlar qonun-da belgilanib, ular faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo'lishi ko'rsatib qo'yildi.

Ayniqsa, fuqarolarning istagan dinga e'tiqod qilishi yoki qilmas-ligi qonun bilan kafolatlanib, o'zlarining ixtiyoriga berilgan bo'lib, bu huquqlarning amalga oshirilishi me'yoriy qonunlar bilan mustah-kamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi (1998-y.) qonun bilan tartibga solindi hamda ularning daxlsizligi to'la ta'minlanmoqda.

Istiqlol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O'zbe­kistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafo­lati, e'tiqod, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta'lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qi-linadigan bo'ldi. Bu borada shuni ta'kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir paytda mamlakatimizning turli sarhadlariga yaqin joylarda urushlar ro'y berib, qon to'kilib, begunoh odamlar qurbon bo'lib, sarson-sargardon kishilar ko'payib borayotgan bir sharoitda O'zbekistonda inson uchun eng oliy ne'mat - yashash va osoyishta hayot kechirish huquqi to'la ta'min etildi. Bir so'z bilan aytganda xuddi ana shu murakkab yillarda O'zbekistonda umuminsoniy qad-riyatlarning ustuvorligi yanada mustahkamlanib, yangi demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o'tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi.

O'zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilg'or tajribalar asosida vujudga kelgan zamo-naviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta'minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga kirishil-di. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat ko'rsatadigan yangidan-yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.

1991-2007-yillarda fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, hi­moya qiluvchi, ularning turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluv-chi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning Qonunga tenglashtirilgan 1000 ga yaqin qarorlari tizimi vujudga keldi. Ikki mingdan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan-ligi ayni ana shu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar ko'lamini ko'rsatadi. Ularning aksariyati fuqarolar haq-huquqini mu-hofaza qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va to'la qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy himoyalashni ta'minlashga qaratilgandir. Endi hamma gap ana shu qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlarning hayotga to'la tatbiq etilishiga, ularni og'ishmay amalga oshirishda qolgan. Bu fuqarolar turli tabaqasi ma'naviy-axloqiy yetuklik darajasidan tortib, ularning tub islohotlar mohiyatini chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat tamoyillarini o'zlashtirish va keng miqyosli siyosiy tayyorgarligiga bog'liq bo'lgan uzoq muddatli jarayondir.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng inson huquqlari bo'yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar qo'llayotgan tamoyil­larga sodiqligini namoyish etib kelmoqda.

Respublikada mustaqillik yillarida inson huquqi va erkinlik-lariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq ora-sida targ'ib qilina boshlandi. «Inson huquqlari umumjahon Dek-laratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida Xalqaro Pakt va fakultativ Вауоппота» shular jumlasidandir. Ular hozirgi zamon jahon davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jara-yonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi bo'lib xizmat qilmoqda.

Ayni chog'da O'zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq asosiy Pakt va Konvensiyaga qo'shilgan. Bu borada shuni aytish kerakki, O'zbekiston 1996-yilning aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquqlari bo'yicha Xalqaro Pakt normalarini baja-rish borasida milliy ma'ruza matnini taqdim etdi.

O'zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o'z vakillarini saylash, o'zini o'zi boshqarish asosida, referendumlar o'tkazish kabi demokratik huquqiy institutlar orqali qatnashadi. U o'z siyosiy huquqlarini kasa-ba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy tashkilotlarda real ishtirok etish yo'li bilan amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun ham «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan olingan xalqaro huquqiy-me'yoriy hujjatlardan kelib chiqib, Oliy Kengash 1991-yil IV sessiyasida «O`zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g'risidagi», «Siyosiy partiyalar to'g'risidagi» (1996-y.) Qonunlar qabul qilindi.

Jamoat tashkilotlari rolini oshirish, ular faoliyati samaradorligini ta'minlash asosida fuqarolarni o'z-o'zini boshqarishga tayyorlash, mahalliy davlat organlari ishini asta-sekinlik bilan jamoat tashki­lotlari zimmasiga yuklashning o'zi insonning yashash huquqini ka-folatlash, unga erkinlik berish, ozod turmush tarzini yaratishning debochasidir. O'zbekistonda mustaqillikning endigina bir yilligi nishonlangan paytdayoq jamoa birlashmalari faoliyatini qonun bilan kafolatlash bu mamlakatimizda jahon andozalariga mos, ayni payt­da kelajakka qat'iy ishonch bilan qarayotgan, o'z istiqbolini aniq ko'rayotgan siyosat mavjudligini ko'rsatadi.

Yuqorida zikr etilgan qonunlar fuqarolarning ajralmas huquqi hisoblangan jamoat birlashmalari tuzish, siyosiy partiyalarga birla-shish huquqlarini belgilab berdi.

1995-yil 30-avgustida qabul qilingan «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shi-koyat qilish to'g'risida»gi Qonun ham inson huquq va erkinliklari to'g'risidagi qonun hujjatlarini mukammallashtirishda muhim aha-miyatga egadir.

Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq davlat inson huquqlarini mu-hofaza etishga alohida e'tibor berganligi bejiz emas. Binobarin, ush­bu tushuncha rivojlangan demokratik davlatlarda oliy qadriyat sifati­da e'tirof qilib kelinmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlisning 1996-yil 28-avgustida bo'lib o'tgan sessiyasida shu masalaga alohida to'xtalib. «navbatdagi muhim masala respublikaning qonun huj­jatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yorlar va stan-dartlarga muvofiq holga keltirishdir.

Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilin­gan. Bu hujjatlarda hukumatning o'z fuqarolari oldidagi maj-buriyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo'lmagan ishlar bel-gilab berUgan. O'zbekiston hozirda bu standartlardan 15 tasiga qo'shilgan.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin