Oliy Majlisning shu yo'nalishda faol ish olib borishi talab etilmoqda», - deb ko'rsatdi.
1996-yil oktabr oyida «Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to'g'risida» qabul qilingan Farmon ana shu yo'lda qo'yilgan yana bir muhim qadamdir. Ushbu Farmon inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta'sirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo'lishi esa huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyatidir.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Mar-kazining maqsadi va vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,
milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume'tirof etilgan xalqaro huquq me'yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
inson huquqlari sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish ana shunday vazifalarning muhimidir.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13-noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko'ra Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi, muassasalararo muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo'lib, inson huquqlari sohasidagi halqaro huquqning umum e'tirof etilgan tamoyillari va me'yorlari, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoida-lariga amal qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga Markaz o'quv-ma'rifiy va targ'ibot, tahliliy, fuqarolar murojaatlarini ко'rib chiqish yo'nalishlari bo'yicha ish olib bormoqda.
Masalan, o'quv-ma'rifiy yo'nalish bo'yicha 1997-1998-yillar mobaynida 20 dan ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vosi-talarida maqolalar chop etildi. Televideniyeda ko'rsatuvlar tayyor-landi. Inson huquqlarini himoyalashning turli yo'nalishlari bo'yicha xalqaro va milliy miqyosda o'quv dasturlari, seminarlar, anjumanlar, ma'ruza kurslari va o'quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad Adenauer jamg'armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkor-likda huquqni muhofaza etish idoralari xodimlari uchun Andijon, Farg'ona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan shaharla-rida ixtisoslashgan o'quv seminarlari o'tkazildi.
Tahliliy yo'nalish bo'yicha milliy markaz Oliy Majlis mu-hokamasiga qo'yib kelinayotgan inson huquqlari himoyasi-ga aloqador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qat-nashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini tashkillashtirmoqda. Jumladan, «01iy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (ombudsman) to'g'risidagi», «Ommaviy axborot vositalari to'g'risidagi», «Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to'g'risida», «Axborot olish erkinligi kafolatlari to'g'risida», «TaTim to'g'risida» va boshqa bir qator qonunlarni muhokama qilish bo'yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazildi. Bun-dan tashqari Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar bo'yicha, O'zbekiston Respublikasi qo'shilishi lozim bo'lgan xalqaro shartnomalar bo'yicha muntazam o'zining xulosala-rini berib bormoqda.
Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy Markazining tashkil topishi O'zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor yorqin dalilidir. Bular-ning barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega ekanligini, mazkur sohaga shaxsan Prezidentning o'zi e'tibor bilan qarayotga-nini ko'rsatadi. Inson huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda bo'lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik sifatida endigina turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o'zi tashabbus-kor va rahnamo bo'layotir. Bu mamlakatimizda g'oyat insonparvar siyosat mavjudligining natijasidir. Bu esa, O'zbekistonda insonning tabiat gultoji, olam sarvari sifatida e'zozlanadigan jamiyat shaklla-nayotganidan dalolatdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar orasida 1997-yil aprelda «01iy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarning ko'pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada O'zbekiston o'z «ittifoqdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo'lmaydi. Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «01iy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlari-ni davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida faoliyat ko'rsatadi».
Ayni chog'da istiqlolga erishilgandan so'ng mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tad-birlar ham o'tkazildi. Jumladan, 1996-yil may oyida «Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini yuksalti-rish» mavzusiga bag'ishlangan respublika huquqshunoslari konfe-rensiyasi bo'ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar umumlashtirildi, 1996-1997-yillarga mo'ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997-yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy mada-niyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi.
Mamlakat Oliy Majlisining VI sessiyasida Qonunlarning amalga oshirilishi yuzasidan aniq tadbirlar qoniqarli darajada belgilanma-ganligi ta'kidlab o'tildi.
1996-yil sentabr oyida Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha vakili inson huquqlari masalalariga doir qonun harakatlariga rioya etilishini hamda ularning xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq tarz-da takomillashtirilishini ta'minlash maqsadida birinchi yig'ilishini o'tkazdi.
Shuningdek, shu yili sentabr oyida Toshkentda Yevropada Xavf-sizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo'yicha milliy muassasalar kengash seminari ham o'z e'tiborini inson huquqlari-ga qaratdi. Seminar-Kengash qatnashchilariga Prezident I. Karimov Murojaat etib shunday dedi: «Biz amalga oshirayotgan ishlarning eng muhim yo'nalishlaridan biri - davlat tomonidan ham, ijtimoiy tuzilmalar faoliyatini jadallashtirish bilan ham inson erki va huquqlarini muhofaza etishning ishchan tartibini barpo etishdir. Inson huquqlariga rioya etishning monitoringini va bu jarayon ustidan nazorat o'rnatishni ta'minlaydigan milliy mu-assasalarni mustahkamlash huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqani kengaytirish muhim vazifalardan sa-naladi».
Bugungi kunda yer yuzining turli mintaqalarida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini yara-tish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi huquqiy normalarga rioya etish, parlamentlar-ning bu ishni nazorat qilishdagi alohida o'rni, bu borada hukumat bilan bahamjihat olib borilayotgan ishlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Konrad Adenauer nomli xalqaro fond va BMTning O'zbekistondagi rivojlanish Dasturi vakilligi bilan birgalikda 1996-yil 15-noyabr kuni Toshkentda o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy mavzusi bo'ldi.
Konferensiyani O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi E. Xalilov kirish so'zi bilan ochdi. Konferensiyada inson huquqlari muammosiga mintaqaviy yondashish va bu ishda parlamentning roli, inson huquqlari, demokratiya va shaxsni himoya etishning tarixiy-siyosiy jihatlari xususida fikrlashib olindi.
Jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotining dalolat berishi-cha, ombudsman to'g'risidagi qonunning qabul qilinishi jamiyatda demokratiya yuksak darajada rivojlanganligining, davlat bilan fuqarolarning o'zaro munosabatlari inson huquqlari va erkinliklari us-tuvor ekanligining ko'rsatkichidir. Mamlakatimiz mustaqillikning tarixan qisqa davri ichida demokratiya va huquqiy rivojlanishning ana shunday jahon tan olgan yuksak darajasiga chiqa oldi. Bunga shubha yo'q. Chunki, qator xalqaro tashkilotlar, dunyoning ko'zga ko'ringan yirik siyosat va davlat arboblari O'zbekistondagi mavjud demokratik jarayonlarni, inson huquqlarini himoya qilishning xalqaro tamoyillarga va me'yorlarga mos usuli shakllanayotganini yuqori baholamoqdalar hamda qo'llab-quvvatlamoqdalar.
Oliy Majlisning «Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida»gi Qonuni Oliy Majlis VI sessiyasida o'rtaga qo'yilgan vazifalar va istiqbol rejalarining amalga oshayotganidan, sog'lom ma'naviy-huquqiy muhit barqarorlashayotganidan dalolat beradi. Mazkur qonun umumxalq muhokamasiga qo'yilib, keng jamoatchi-lik fikr-mulohazalari o'rganildi.
Qonun loyihasi xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi vako-latxonalari, elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar, hukumatga va davlatga qarashli bo'lmagan organlar hamda jamg'armalarning e'tiborini tortdi. Ularda katta qiziqish uyg'otdi.
Qonun loyihasining muhokamasida mamlakat fuqarolari, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, shuningdek, chet ellik hamkorlarimiz ham faol ishtirok etishdi. Ular kiritgan takliflar va bildirgan mulo-hazalar mazkur hujjatni maromiga yetkazishda, uning mazmunan boyib, mohiyatan chuqurlashishida katta yordam berdi. Loyihani mamlakatimiz va jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichi re-alliklariga muvofiqlashtirish, millatimizning tarixiy an'analari, turmush tarzi, aqidalari va aql-zakovatini ifodalagan umumxalq tomonidan e'tirof etilgan normalar bilan to'ldirish imkonini berdi.
Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi chog'ida Oliy Majlis va ishchi guruh nomiga 200 ga yaqin mulohaza va taklif tushdi. Bu taklif va mulohazalarning barchasi puxta o'rganildi, muhokama etildi. Ular loyihaning yangi tahriri uchun asos bo'ldi.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bo'yicha mamlakat ko-missiyasi yig'ilishida inson huquqlari bilan bog'liq ishlar, to'plangan tajribalar va mavjud muammolar ahvoli o'rganib chiqildi va demokratik jarayonlarni takomillashtirish vazifalari to'g'risida atroflicha fikr almashildi.
Qonun loyihasi bo'yicha davlat organlarining rahbarlari va mu-taxassislar, sudyalar, yurist olimlar, jamoat birlashmalarining vakil-lari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi. Unda hali biz-ning tajribamizda bo'lmagan, endigina hayotimizga kirib kelayotgan ombudsman masalalari nazariy fikrlar va jahon amaliyoti hisobga olingan holda keng muhokama etildi. Bir qancha chet davlatlarning elchilari va diplomatiya xodimlari, xalqaro tashkilotlarning, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Amerika huquqshunoslar uyushmasi ekspert-lari ishtirokida qonun loyihasi har tomonlama chuqur ko'rib chiqildi. Shuningdek, mazkur hujjat Oliy Majlis qo'mitalarining, siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarida ham batafsil muhokama etildi. Natijada 20 moddadan iborat yangi tahrirdagi qonun loyihasi tayyor-landi.
Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti bo'lib, u ijtimoiy man-faatlarning muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko'maklashadi. Qonun ombudsman institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining uyg'unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoidalari - qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, insonpar-varlik, har bir kishi uchun ochiqlik ekanligini tasdiqlaydi.
Jamiyat taraqqiyotida eng muhim huquqiy vosita bo'lgan ombudsman institutining ahamiyati bugun tobora oshmoqda va u kun-dalik turmush tarzimizga chuqurroq kirib bormoqda.
Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko'rib chi-qishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda.
O'zbekistonda Inson huquqlari bo'yicha vakil instituti amal qi-lishining o'ziga xos jihati shundan iboratki, faqatgina bizning mamlakatda Vakil fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish bo'yicha komissiya faoliyatini tashkil etadi va unga boshchilik qiladi. Vakilning lavozim vakolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida uning faoliyatini budjet hisobidan pul bilan ta'minlashni, malakali mutaxassislardan iborat Kotibiyat tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Qonun qabul qilingunga qadar ham Inson huquqlari bo'yicha vakil mamlakat Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko'rsatar edi. Jumladan, birgina 1996-yilda Inson huquqlari bo'yicha vakil hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha komissiya a'zolari 700 dan ortiq murojaatni ko'rib chiqdi.
Shikoyatlarning eng ko'pi fuqarolar sud hukmlaridan, shu jumladan, mulkiy masalalar, xususan uy-joy masalalari bo'yicha chi-qarilgan qarorlardan norozi ekanliklarini bildirganlar. Ular huquq-tartibotni muhofaza qilish organlari xodimlarining qo'polligini bayon etishadi. 46 nafar arizachi asossiz ravishda ushlanganlik va ayb qo'yilganlik xususida shikoyat bergan. Murojaatlarda keltirilgan ayrim dalillar prokuratura organlari tomonidan tekshirish vaqtida o'z tasdig'ini topdi, ular yuzasidan tegishli choralar ko'rildi.
Fuqarolik ishlari bo'yicha murojaatlar ham anchagina. Ular mansabdor shaxslarning g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilishadi. 38 kishi ishdan noto'g'ri bo'shatilganligi yoki ishga tiklash asossiz rad etilganligi xususida yozib, dalillarni tekshirish il-timosi bilan murojaat qilingan. Ana shunday arizalarning 16 tasidagi dalillar o'z tasdig'ini topgan va zarur choralar ko'rilgan.
Fuqarolarni shikoyat yozishga majbur etgan sabablardan biri turli bo'g'inlarda huquqiy nigilizm va insonga loqayd munosabatda bo'lish hanuz barham topmaganligi, ko'p hollarda u yoki bu qiyin-chiliklar emas, balki idoraviy, hududiy organlarning, ijtimoiy insti-tutlarning mavjud vaziyatni puxta o'rganishni, arizachiga ahvolni batafsil tushuntirish va boshiga kulfat tushgan kishiga ozgina bo'lsa-da, yordam berishni istamasliklari sabab bo'lmoqda.
Ayrim sudlarda fuqarolar ishlarini bir tomonlama, yuzaki, ayb-lov tomonga qaratib ko'rib chiqish faktlariga hanuz barham berilma-gan. Tergovni qo'pollik bilan, shaxsning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan usullarda olib borish hollari mavjud. Ayrim mansabdor shaxslar «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida»gi Qo-nunga, Mehnat kodeksi va boshqa hujjatlarga amal qilmayaptilar.
O'zbekiston Respublikasi qatnashayotgan xalqaro shartnomalar va bitimlar ijro etilishi ustidan nazorat qilish ham Inson huquqlari bo'yicha vakil faoliyatining muhim yo'nalishidir.
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro Pakt hamda qiynoqlarga solishga, muomalada bo'lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy va qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya qanday bajarilayotganligi Inson huquqlari bo'yicha vakilning o'tgan davrdagi faoliyatida muhim o'rin tutadi. Ushbu hujjatlarda bay on etilgan normalar sud islohoti va huquqni tatbiq etish amaliyotini, xususan qamoqqa olish yoki nazorat ostida saqlash oqibatida ozodlikdan mahrum etish vaqtida sudning rolini oshirishni talab etadi. Vakil «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga muroja-at qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosidagi sustkashlik mavjudligini ko'rsatadi.
«Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida»gi Qonunga muvofiq va 1996-yilgi ish tajribasiga asosla-nib, O'zbekiston Ombudsmani o'z faoliyati uchun keyingi yillarda quyidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilab oldi:
O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari masalalariga doir qonun hujjatlariga (shu jumladan xalqaro konvensiyalarga) rioya etilishida nazoratni ta'minlash va ularni takomillashtirishga ko'maklashish;
shikoyatlar ко'rib chiqilishining aniq mexanizmini yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko'rish;
Ombudsmanning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va omma-viy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
fuqarolarning turli toifalari o'rtasidagi axborot-ma'rifat faoliyatini amalga oshirish;
Ombudsmanning inson huquqlari masalalari bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.
Aholining nozik qatlamlari bo'lmish bolalar, xotin-qizlar, qari-yalar, nogironlar va boshqalarning huquq hamda erkinliklariga rioya etilishini ta'minlash va ularni himoya qilishga alohida e'tibor qara-tilganini ta'kidlash lozim.
Inson huquqlari bo'yicha vakil to'g'risidagi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, Vakilning qonun hujjatlarini takomillashtiri-lishiga ko'maklashishi qonun loyihalari o'rganilishi jarayonida ularning inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga qay darajada muvofiq ekanligini ко'rib chiqish orqali amalga oshirilmoqda.
Birgina 1997-yilda Vakil tomonidan Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo'yicha komissiyaning, Oliy Majlis qo'mitalarining a'zolari, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari, inson huquqlari bo'yicha boshqa milliy tuzilmalar vakillari bilan birgalikda «Fuqarolarning murojaatlari to'g'risida», «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g'risida»gi qonunlarga, Toshkent viloyatida «Bola - huquqlari to'g'risida»gi konvensiyaga, Sirdaryo viloyatida esa «Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga bar-ham berish to'g'risida»gi konvensiyaga, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida «Mehnat kodeksi»ga qay darajada rioya etilayot-ganligi to'g'risida tekshirish o'tkazildi, mutasaddi tashkilotlar bilan ко'rib chiqildi, aniqlangan muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili BMTning Inson huquqlari bo'yicha markazi, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tash-kilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Natijada, chet el delegatsi-yalari bilan 24 uchrashuv o'tkazildi.
Inson huquqlari bo'yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo'yicha komissiyasining Jenevada bo'lib o'tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va so'zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari da-vomida Inson huquqlari bo'yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqa-viy uchrashuvida so'zga chiqdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda seminarlari ishida qatnashdi.
Shunday qilib, mustaqil O'zbekistonda inson huquqi va erkinliklarini ta'minlash uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu O'zbekistonda qu-rilajak adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyatining muhim omilidir.
2006-yilda Inson huquqlari bo'yicha vakili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo'mitalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan bir qator qonun lo-yihalarining inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilish maqsadida huquqiy ekspertizadan o'tkazdi. Chunonchi, Ombudsman instituti «Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga, O'zbekiston Respublikasining Soliq ko-deksiga hamda O'zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo'shimchalar kiritish haqida»gi, «O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi, «O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonun loyihalariga va boshqa qonun loyihalariga oid o'z takliflarini taqdim etdi.
2006-yilda Ombudsman institutiga 7655 ta, shu jumladan markaziy idoraga 4753 ta, mintaqaviy vakillarga 1377 ta, takroran 878 ta murojaat tushdi, ishonch telefoni orqali 647 ta murojaat bo'yicha yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi. Inson huquqlari bo'yicha vakil nomiga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy man-faatlari buzilayotganligi haqida kelgan murojaatlardan 1434 tasi na-zoratga olindi. Hisobot davrida 351 ta murojaat ijobiy hal qilindi, qolganlari ko'rib chiqilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisining Inson huquqlari bo'yicha vakiliga pochta orqali 3444 ta, qabul vaqtida 1309 ta murojaat tushdi. Murojaat qilganlarning 2439 nafarini xotin-qizlar, 1858 nafarini erkaklar tashkil etdi, shuningdek, 456 ta jamoaviy shikoyat tushdi.
Ombudsman tomonidan shaxsan 14 ta qabul o'tkazilib, ularda 118 nafar fuqaro qabul qilindi, 72 ta murojaat nazoratga olindi, 46 ta murojaat bo'yicha tushuntirish berildi. Vakil tomonidan mamlakat mintaqalariga, shu jumladan Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasiga borib, fuqarolar qa-buli ham o'tkazildi. Xotin-qizlarning mehnat huquqlarini ta'minlash monitoringini o'tkazish jarayonida Ombudsman Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlaridagi to'qimachilik sanoati korxonalarida ishlaydigan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Joylarga borilgan vaqtda mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishida inson huquqlarini ta'minlash, mintaqaviy vakillar faoliyati sa-maradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar hamda suhbatlar tashkil etildi, penitensiar muassasalar monitoringi o'tkazildi.
Hisobot davrida inson huquqlari bo'yicha vakil tomonidan 17 ta xulosa tayyorlanib, shularning 10 tasi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 4 tasi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, 1 tasi Samarqand viloyat prokuraturasiga va Samarqand viloyat hokim-ligiga, 1 tasi jinoyat ishlari bo'yicha Jizzax viloyat sudiga va 1 tasi Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Parlament Ombudsmani nomiga mamlakatning barcha minta-qalaridan fuqarolarning turli masalalar va muammolar bayon etilgan murojaatlari keldi. Fuqarolarning eng ko'p murojaatlari Toshkent shahridan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent vilo-yatlaridan yo'llangan.
Fuqarolarning murojaatlarida ko'proq ijtimoiy-iqtisodiy huquq-larni ta'minlash - 1563 ta (33 foiz), yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat-lash huquqiga rioya etish - 1104 ta (23 foiz), sudda ishni adolat bilan ko'rish huquqiga - 1009 ta (21 foiz) rioya etish bilan bog'liq masalalar ko'tarildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili turli davlat organlari, ijtimoiy tuzilmalar, chet ellik sheriklar bilan faol hamkorlik qilib, ularga 3634 ta murojaatni, shu jumladan hal qilish uchun nazoratga olingan murojaatlarni yo'lladi.
Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yo'llangan shikoyatlardan tashqari chet davlatlardan ham 45 ta murojaat tushdi.
Hisobot davrida takroriy murojaatlar soni oldingi yildagiga qaraganda kamaydi (2005-yilda - 1004, 2006-yilda - 878). Bu hoi Om-budsmanga yuborilgan shikoyatlarni hal qilish natijadorligi birmun-cha oshganligidan dalolat beradi. Ombudsman bu shikoyatlarni davlat hokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan hamkorlikda o'rganib bordi. Amalga oshirilayotgan ma'muriy islohot-lar jarayonida mansabdor shaxslarning Ombudsman murojaatlarini ko'rib chiqish borasidagi mas'uliyati oshdi, ular ariza beruvchilar tomonidan ko'tarilayotgan muammolarni ancha e'tibor bilan va tezkor ravishda hal etib, fuqarolarning shikoyatlarini ko'rib chiqish natijalari haqida Vakilni o'z vaqtida xabardor qila boshladilar.
Biroq, ayrim mansabdor shaxslarning Ombudsman murojaatiga javob berish muddatlarini buzishi, murojaatlarni hal qilish uchun quyi pog'onalarga yuborib, so'ngra ularning ijrosini nazorat qil-masligi yoki masalaning mohiyatiga daxldor bo'lmagan axborotni jo'natishi, ba'zan esa arizachining dalillarini tekshirmasdan, ras-miyatchilik yuzasidan yoki nomigagina javob berishi kabi holatlar ham mavjud. 2006-yilda Ombudsmanning 120 ta murojaati bo'yicha javoblar o'z vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan 35 ta so'rov, shu jumladan TaTim vazirligiga 2 ta, Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi vazirligiga 2 ta, hokimliklarga 22 ta, sud organ-lariga 26 ta, prokuratura organlariga 53 ta fuqarolar shikoyatlari yuzasidan so'rov yuborildi. Ushbu hoi «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (Ombudsman) to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasi to'liq ishlamayotganligidan dalolat beradi. Bu esa o'z navbatida milliy qonun hujjatlarini mazkur qonunga muvofiqlashtirish zarurligini ko'rsatadi. Ombudsman haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish mumkinligi o'z manfaatlarini himoyalashning hamma huquqiy mexanizmlaridan foydalangandan keyin Inson huquqlari bo'yicha vakilga murojaat qilayotgan arizachilarga tezkorlik bilan javob berish va ularning mu-ammolarini hal qilish imkonini beradi.
2006-yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakiliga tushgan murojaatlarni sinchiklab tahlil qilish inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sa-bablarga barham berish yuzasidan ehtiyot choralarini ko'rish bora-sidagi ishlar quyidagi hollarda samarali bo'lishini ko'rsatmoqda:
parlament nazoratining barcha shakllarini, shu jumladan inson huquqlari to`g 'risidagi xalqaro normalarni milliy qonun hujjat-lariga singdirish mexanizmini huquqiy jihatdan tartibga solish so-hasida, davlat apparati mansabdor shaxslarining huquqni qo`Hash, shu jumladan sud ishlarini yuritish faoliyatida parlament nazoratining kuchaytirilishi;
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashishi huquqiy jihatdan yetarli darajada ta’minlanmaganligiga barham berilishi;
huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi hamda mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning о 'zini о 'zi boshqarish organlari tizimidagi ayrim mansabdor shaxslarning poraxo`rligi, ish bilmasli-gi va malakasining yetarli emasligi, mas 'uliyatsizligi hollariga chek qo`y His hi;
davlat organlari va jamoat sektorining fuqarolar huquqiy on-gini ochish, jamiyatning barcha qatlamlariga huquqiy bilim berish sohasidagi keng qamrovli tizimni rivojlantirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish ta’minlanganligi.
Shimoliy va Janubiy Amerika (AQSH, Kanada, Meksika, Argen-tina)dagi 20 dan ortiq mamlakat, Avstraliya ombudsmanlari, olimlari va amaliyotchilarining materiallari hamda, turgan gapki, Inson huquqlari bo'yicha vakil institutini qaror toptirishning asosiy bosqich-larini, uning mintaqaviy vakillarining faoliyatini, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, chet ellik hamkasblar bilan hamkorligini, shuningdek, tibbiy muassasalarda davolanuvchilarning huquqlarini himoya qilish masalalarini aks ettiradigan O'zbekiston tajribasi ham joy oldi.
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ham Ombudsman faoliyatining muqarrar tarkibiy qismi sifatida rivoj topdi. Ombudsman tomonidan o'tkazilgan deyarli barcha tadbirlar matbuotda va elektron OAVda yoritildi. Vakil instituti faoliyati haqidagi materiallar markaziy gazetalar - «Xalq so'zi» - «Народное слово», «Правда Востока», «Postda» - «На посту», «Vaqt» - «Время», «Tosh-kent oqshomi» - «Вечерний Ташкент», «Новости Ташкента», «Inson va qonun», «Huquq», «Ishonch» - «Дoвepиe»da va min-taqalar matbuotida; «Демократия и права человека», «Вестник Конституционного суда Республики Узбекистан», «Xalq ta'limi» jurnallarida, O'zA, «Jahon», «Uzreport» axborot agentliklarining saytlarida e'lon qilindi, markaziy telekanallar, mahalliy telekompa-niyalar, shuningdek, radio orqali eflrga uzatildi.
O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi yordamida Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo'yicha vakilining elektron sayti (vvvvvv.ombudsman.gov. uz) qayta tiklandi. Unda Vakil institutining faoliyati, O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ta'minlash haqidagi materiallar j oy lashtirilmoqda.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik ham keng rivoj -landi. Jumladan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili tomonidan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, aynan EXHT, Yevropa Ittifoqi, Germaniya Bundestagi, Germaniya Federal hukumatining inson huquqlari va gumanitar yordam bo'yicha vakili, shuningdek, Tyuringiya o'lkasi (Germaniya) landtagining raisi, Ba-zel kantoni (Shveysariya) Ombudsmani, AQSH, Polsha, Pokiston-ning O'zbekistondagi elchilari, EXHTning O'zbekistondagi loyiha-lari Muvofiqlashtiruvchisi, Konrad Adenauer nomidagi Jamg'arma, Kanada, Yaponiya elchixonalari, London universiteti vakillari va boshqalar bilan uchrashuvlarga bag'ishlangan 30 ga yaqin qabul o'tkazildi.
BMT tuzilmalari bilan, xususan, inson huquqlari bo'yicha BMT Oliy komissarining Boshqarmasi, BMT TD, Yu NISEF, JST vako-latxonalari bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.
2006-yil oktabr oyida O'zbekiston Respublikasi Oliy Maj-lisining Inson huquqlari bo'yicha vakili Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 61-sessiyasi ishida qatnashdi. A'zo davlatlar vakillari bilan uchrashuvlar hamda BMT В A Uchinchi qo'mitasi ishida qatnashish chog'ida O'zbekiston parlamenti Ombudsmani O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, de-mokratiyalash jarayonlari to'g'risida, sud-huquq islohotini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar haqida axborot berdi.
2006-yil 18-22 noyabrda Karlovi Vari shahrida (Chexiya Respublikasi) BMT TDning Bratislavadagi Mintaqaviy Byurosi tomonidan tashkil etilgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari ombudsmanlarining VII davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati ishida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, O'zbekistondan borgan om-budsmanlar delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili davra suhbati ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash hamda himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar xaqida axborot berdi.
2006-yil 3-5-dekabrda Ombudsman O'zbekiston delegatsiya-si tarkibi Yevroparlamentda (Brussel shahri, Belgiya) o'tkazilgan «O`zbekistonda gender tengligi» mavzuidagi davra suhbati ishida qatnashdi. Davra suhbati doirasida O'zbekistonda gender tengli-gining dolzarb masalalariga bag'ishlangan uchta majlis o'tkazildi. Davra suhbati davomida uning ishtirokchilari O'zbekiston parlamen-ti Ombudsmanining mamlakatda xotin-qizlar huquqlari va manfaat-lariga rioya etilishini hamda ular himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi faoliyati haqida axborot oldilar.
2006-yil mobaynida Tyuringiya (Germaniya) o'lkasi landtagi raisi va Bazel kantoni (Shveysariya) Ombudsmanining tashriflari amalga oshirilib, ular Samarqand va Toshkent shaharlarida «Inson huquqlariga rioya etilishini va mazkur huquqlar himoya qilinishini ta'minlash sohasida ombudsman institutining davlat organlari va nohukumat tashkilotlar bilan o'zaro aloqasining dolzarb masalalari» mavzusida o'tkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.
EXHTning O'zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi parlament Ombudsmanining doimiy xalqaro sheriklaridan biridir. 2006-yilda «O`zbekiston Respublikasida ombudsman institutini ri-vojlantirishga ko'maklashish» loyihasi doirasida parlament a'zolari uchun seminarlar hamda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari va ekspert guruhlarining a'zolari uchun seminar-treninglar o'tkazildi, rus tilida «Iia6Tniaiu ieda» kitobi nashr etildi, tajriba almashish maqsadida Ombudsman vakillarining Yevropa mamlakatlariga o'quv safari amalga oshirildi.
Shunday qilib, 1991—2008-yillar O'zbekiston inson huquqlarini himoya qilish tizimining shakllanish, rivojlanish va xalqaro me'yorlar talablari asosida takomillashish davri bo'ldi.
Dostları ilə paylaş: |