O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
To’raqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 30-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ahmedova Sayyoraning 3-sinf o’qish fanidan yozgan bir soatlik
Dars ishlanmasi
To’raqorg’on – 2019
Ushbu dars ishlanma boshlang’ich sinf o'qituvchilari uchun mo’lljallangan bo’lib, 3-sinfda o’qish fanidan “Dars muqaddas”, “O’rgan-o’rgat” tavsiyasi asosida “Erta bahor” she`rini o’tishda metodik qo’llanma sifatida foydalanishga tavsiya etiladi.
Tuzuvchi:
S.Ahmedova - 30-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Taqrizchilar: X.Nazarova - 30-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Ushbu dars ishlanma To’raqo’rg’on tuman Xalq ta`limi bo’limiga qarashli 30- sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi metodika kengashining 2019-yil _______dagi ______ sonli qarori bilan tasdiqlandi va foydalanishga tavsiya etildi.
Mavzu: Erta bahor
Maqsad: Ta`limiy: O’quvchilarda yangi mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish, bahor faslining tabiati va undagi hodisalar haqida tushuncha berish; TK1: fikrni ravon va aniq ifodalay olish;
Tarbiyaviy: O’quvchilarda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish, bilimli va dono bo’lishga, jannatmakon o’lkamiz tabiatidan faxrlanishga undash;TK4: atrofdagilar bilano’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;
Rivojlantiruvchi: She`rni ifodali o’qish, so’zlash va yodda saqlash qobiliyatini o’stirish, fikrlash, tushunish va xulosalash qobiliyatlarini rivojlantirish; FK2: o’rganilgan ma`lumotlari kundalik vaziyatlarda nazorat va tahlil qila olish;
Darsning turi: Yangi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars;
Darsning metodi: Tushuntirish, suhbat, ko’rgazmalilik, savol-javob, raqamli test, ta`limiy o’yin, rasmli test;
Dostları ilə paylaş: |