O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi to’raqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 30-sonli umumiy


Bahorda qaysi qush uchib keladi? a) qaldirg`och b) chumchuq d) chittak 3



Yüklə 5,99 Mb.
səhifə4/4
tarix14.10.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#155204
1   2   3   4
Ahmedova Sayyora dars ishlanma

2. Bahorda qaysi qush uchib keladi?
a) qaldirg`och b) chumchuq d) chittak
3. Bir kishi ariq qazir,
Ming kishi suv ichar. Bu nima?
a) topishmoq b) ertak h) maqol
4. Ko`klam yoydi sepini,
Shahar-u qishloqlarga. Ushbu misralar qaysi she`rdan olingan?
a) Bahor keldi o) Ko`klam sep yoydi d) Gunafsha.
5. Yosh Alisher ota-onasini qanday topdi?
a) quyoshga qarab b) otlarga qarab r) qumdagi izlarga qarab.
BAHOR so`zi hosil qilinadi.
O`qituvchi: -Bahor qanday fasl?
-Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi?
- Bahor fasllar kelinchagidir.
- Bahorda quyosh charaqlab chiqadi. Kunlar isiy boshlaydi.
-Daraxtlar gullaydi.
- Hammayoq yam-yashil bo`ladi.
- Yomg`ir yog`adi.
O`quvchilar bahor fasli haqida she`rlar aytadilar.
- Videolavha ko`rsatiladi.
O`tilgan mavzu: Bir tup sada. M. Murodov
Mavzuni o`quvchilarga o’qitiladi.
Mavzu asosida savol-javob o`tkaziladi.
-Hikoyaning asosiy qahramoni kim?
-U qanday inson bo`lgan?
-Daraxt ekkanning hosiyati nimada ekan?
-Siz ham ko`chat ekkanmisiz?
O`quvchilar o`z fikrlarini bildiradilar.
III. Yangi mavzu bayoni:
O’quvchiar bilan bahor fasli haqida rasm asosida suhbat tashkil etiladi.




O’ning har bir misrasiga doir chizilgan rasmlar asosida she`rning mazmuni yoritib beriladi.


Darslikda berilgan savollar bilan ishlanadi.

  1. Matnda tabiatda bo’ladigan qanday o’zgarishlar tasvirlangan?

Bu savolga javob topish uchun “Tabiat qo’yniga sayohat” metodidan foydalanamiz.
O’quvchilar, hozir biz tabiat qo’yniga sayohatga boramiz. Siz boshingizni egib xayoliy tasavvir qilishga harakat qiling.
O’qituvchi bahor faslida bo’ladigan tabiat hodisalarini gapirish orqali doskaga bir nechta lolalar, quyosh, qaldirg’och, varrak, yashil daraxtlar va kapalaklar tasviri yopishtiriladi. So’ngra o’quvchilarga boshlarini ko’tarishlarini aytiladi. Doskada paydo bo’lgan bahor tasvirini o’quvchilar fikri bilan izohlanadi.
So’ngra tabiat qo’ynida O’zbekiston xalq artisti Anvar Sobirovning “Bahor” nomli qo’shig’ini tinglash orqali “Dam olish” daqiqasi o’tkaziladi.
Dam olish daqiqasidan keyin “Lug’at ishi” o’tkaziladi. O’quvchilarga yanada kengroq tushuncha beriladi.
Darslikda berilgan 2-savol:

  1. Bahorda qanday qushlar uchib kelar ekan?

Bu savolga javob topish uchun “Rasmli test” o’tkaziladi

O’quvchilarga monitorda berilgan rasmli testda bahor faslida uchib keladigan qushlar raqamini belgilaydilar. Agar qaysi o’quvchi 1, 4, 5 raqamini yozgan bo’lsa shu o’quvchi 4-rag’batni qo’lga kiritadi.

Endi esa, yana kichik guruhlarga shunday topshiriq beriladi.
-O’quvchilar, bahor faslini ifodalovchi 1 ta dan so’z yozing.
O’quvchilar yozgan so’zlar to’g’riligi tekshiriladi va to’g’ri bajargan guruh o’quvchilari 5-rag’batga ega bo’ladilar. Guruhlar yozgan so’zlar bahor faslini ifodalashi, matn tuzishda tayanch so’zlar bo’lishi, “Bahor” mavzusida rasm chizilsa, shu so’zlarni ifodalovchi tasvirlardan foydalanishimiz mumkinligi haqida tushuncha beriladi.
V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash: O’quvchilarni dars davomidagi faolliklari va to’plagan rag’bat kartochkalari sonini aniqlash, baholash , rag’batlantirish;


O’qituvchi: - O’quvchilar, endi esa har birimiz o’z oldimizdagi gul atrofidagi kapalaklar sonini aniqlaymiz. qaraymiz. Kim nechta kapalak bilan gul atrofini bezagan bo’lsa, shuncha balni qo’lga kiritadi.
5ta kapalak – 5 ball.
4ta kapalak – 4 ball.
3ta kapalak – 3 ball
VI. Uyga vazifa berish:

Matnni o’qib mazmunini so’zlab berish.
Bahor rasmini tasvirlash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. 3-sinf o`qish kitobi.



  1. O`qituvchilar uchun metodik qo`llanma. 3-sinf



  1. Boshlang`ich ta`lim jurnali.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin