O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə13/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Ikkinchi bosqich 1993-1995-yillarni o'z ichiga olishi mo'l-jallandi. Bu davrga kelib iqtisodiyotni sog'lomlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi, ichki iste'mol bozoridagi, pul muomalasi va budjetdagi kamomadlarga asosan barham berilishi, yangi iqtisodiy qonunlar joriy etilishi, ya'ni bozor munosabatlarini me'yoriy rivojlantirish uchun amalda zarur iqtisodiy sharoitlar yaratilishi, bu davrda davlat ixtiyorida bo'lmagan sektorning hissasi oshishi ko'zda tutildi.

Xullas, Konsepsiyadan ma'lum bo'lyaptiki, SSSR marka­ziy idoralaridan farqli o'laroq, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O'zbekiston dadillik bilan iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suve-renitetni qo'lga kiritish uchun amaliy harakat qila boshladi. Ayni chog'da O'zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi va siyosiy suverenitetini ta'minlashning huquqiy asoslarini yaratish uchun ham konkret choralar ko'rildi. Bu borada xalqning xohish-irodasi hisobga olindi.

Masalan, O'zbekiston rahbariyati va xalqining O'zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo'yayotganligini 1991-yil 17-martidagi umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko'rish mumkin. 1991-yil 20-fevralda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining yig'ilishi bo'lib, unda SSSR Oliy Kengashi tomonidan belgilangan referendumda ovoz berishga mo'ljallangan asosiy byulleten bilan birga «O`zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo'lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo'yilgan qo'shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi. Byul-letendagi ushbu matn o'zgartirilishi mumkin emas, deb belgilandi.

Oliy Kengash Rayosati viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari-ga bo'lajak referendumda O'zbekistonning mustaqil bo'lishiga mu-nosabat bildiruvchi ushbu byulleten matni yuzasidan mehnatkashlar ommasi o'rtasida tushuntirish olib borishni topshirdi. Bu ishlarga huquqshunoslar, mutaxassislar, ziyolilar vakillarini keng jalb qilish tavsiya qilindi.

Referendum yakuni shuni ko'rsatdiki, O'zbekistonning musta­qil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo'lishiga doir qo'shimcha byulleten bo'yicha 9 million 215 ming 571 nafar kishi yoki ovoz beruvchilarning - 93,9 foizi ovoz berdi.

Shunday qilib, bu referendumda O'zbekiston xalqining mutlaq ko'pchiligida O'zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko'rish xo-hishi borligining o'ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi da­dil kuch-g'ayratini qo'llab-quvvatlash ifodasi edi.

Bundan tashqari, O'zbekistonda respublikaning davlat mustaqil­ligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi.

1991-yil 15-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi «O`zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:

«Mustaqillik to'g'risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O'zbe­kiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi:


  1. O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyiha-sini tayyorlovchi komissiyasiga O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to'g'risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchili-gi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko'rsin.

  2. Bu boradagi takliflar matbuotda e'lon qilinib, umumxalq mu-hokamasi uyushtirilsin».

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan Qonunlar, O'zbekiston Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari katta aha-miyatga ega bo'lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo'liga bevosita qaratila boshladi.

O'zbekistonning o'z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, jum-huriyatda qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga nechog'li mos-lashtirilganiga qarab emas, balki respublika manfaati qay darajada ifoda etilganligiga jiddiy e'tibor berildi.

Masalan, 1989-yil 20-oktabrida o'n birinchi chaqiriq O'zbe­kiston SSR Oliy Sovetining o'n birinchi sessiyasida «O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish» to'g'risidagi masala maxsus muhoka-ma etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Sove­ti Raisi doklad qildi. Ma'ruzada O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish ha-qidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo'g'inlari Oliy So-vetga bo'ysunishini nazarda tutishi alohida ta'kidlandi. Respublika Oliy Sovetiga eng oliy nazorat qiluvchi idora sifatida O'zbekiston SSRning yuqori mansabdor shaxslarini, shu jumladan, Oliy Sovet Raisini saylash, O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Raisini, hu­kumat a'zolari va boshqa rahbar lavozimdagi kishilarni tasdiqlash yoki tayinlash va zarur bo'lganda ularni muddatidan oldin lavozi­midan chaqirib olish huquqi berildi. Hukumatning bir yilda kamida bir marta Oliy Sovet oldida hisobot berishi majburiy qilib qo'yildi.

Shuningdek, Oliy Sovet budjetni nazorat qilish, ministrlik va idora-lar ishini tekshirish, deputatlar so'rovini muhokama qilish masalala-rini ham ко'rib chiqadigan bo'ldi.

Konstitutsiyaga kiritilgan bu o'zgartirishlar respublika davlat hokimiyatining oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos za­rur vakolatlarni berdi. Ayni chog'da bu vakolatlar uning ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan hamma joyda zudlik bilan uni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo'lgan noxush hodisalar-ning oldini olish imkoniyatini ham berdi.

Qonun yana shunisi bilan ahamiyatli ediki, O'zbekiston SSR Oliy Sovetini respublikaning Sovet Federatsiyasida erkin, har to­monlama rivojlanishi uchun kafolat beradigan vakolatlar bilan ham ta'minladi. Ilgari bu vakolatlarning ko'pchiligi faqat ittifoq idorala-rining huquqi hisoblanar edi. Masalan, 102-moddada ko'zda tutilgan «mulkchilik munosabatlarini, xalq xo'jaligini va sotsial-madaniy qu-rilishni, budjet-moliya sistemasini, mehnatga haq to'lashni, narx bel-gilashni, soliq, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foy-dalanishni, shuningdek, bir qancha boshqa ijtimoiy munosabatlarni qonun yo'li bilan respublikada tartibga solish» shular jumlasidandir.

Shuning uchun ham Konstitutsiyaga kiritilgan bu qo'shimchalar deputatlar tomonidan yakdillik bilan kutib olindi. Jumladan, sessiya­da so'z olgan Farg'ona viloyatidagi «Rishton» sovxozining brigada boshlig'i, deputat Saodatxon Yoqubova «Ushbu sessiyada muho­kama qilinayotgan masala g'oyat muhim bo'lib, davlatni boshqa-rishda oshkoralik, demokratiya, inson manfaatlarini to'la himoya qilish, davlatning fuqaro oldidagi, tuqaroning davlat oldidagi huqu­qiy javobgarliklarini ta'minlashga olib keladi», - deb barcha sessiya qatnashchilari fikrini ifodaladi. Shu boisdan sessiyada O'zbekiston Konstitutsiyasi (Asosiy Qonun)ga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qabul qilingan Qonunning 101-moddasida «O`zbekiston SSR Davlat hokimiyatining oliy organi doimiy ish-laydigan O'zbekiston SSR Oliy Soveti bo'lib, u o'z faoliyatiga qo­nun chiqarish, farmoyish berish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi.

O'zbekiston SSR Oliy Soveti «O`zbekiston SSR ixtiyoriga berib qo'yilgan har qanday masalani qarab chiqish uchun qabul qilish va hal etishga haqlidir», ayni chog'da u milliy davlat tuzilishi masalala-riga doir qarorlar qabul qiladi, - deb alohida ta'kidlab qo'yildi.

Aytish kerakki, respublika rahbariyatining O'zbekistonning siyosiy suverenitetini ta'minlashga qaratilgan qat'iy pozitsiyasi I. Karimov tomonidan bir necha marta ko'ndalang qilib qo'yildi. Jumladan, u KPSS Markaziy Komitetining 1989-yil 20^sentabrida Moskvada bo'lib o'tgan Plenumida dadil tarzda: «Biz ittifoq va res-publikalarning vazifalarini, burchlarini va o'zaro majburiyat-larini aniq-ravshan belgilab qo'yish, respublikalar mustaqilligi-ni har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», - deb ta'kidladi. Oradan biroz o'tgandan so'ng - O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1990-yil 23-martidagi Plenumida u O'zbekistonning iqtisodiy mustaqillikka erishishning asosiy yo'llarini ko'rsatib: «Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O'zbekistonning iqti­sodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mum­kin emas. Bizda bunday mustaqillik uchun shart-sharoit bor», -degan fikrni bildiradi.

Darhaqiqat, 1980-yillarning oxirlaridan boshlab respublika-da iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko'rildi. Masalan, O'zbekiston SSR Oliy Soveti 1989-yil 25-noyabrida bo'lgan «O`zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial ri-vojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to'g'risida»gi masalani mu-hokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid mu-him tadbirlarni belgiladi. «1990-yilga mo'ljallangan plan, - deb ta'kidlanadi sessiyada, - respublikaning o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash prinsiplariga o'tish arafasida uning iqtisodiy mustaqil-ligini kengaytirish talablarini hisobga olgan holda tuzilgan edi... Eng asosiysi respublikaning sharoiti, o'ziga xos xususiyati, an'anaviy marosimlari va manbalaridan kelib chiqqan holda territorial xo'jalik hisobining o'z konsepsiyasini ishlab chiqishdir».

Sessiya 1990-yil plani budjet loyihalarida hukumatning o'zlashtirilgan kapital mablag'lari sotsial ehtiyojlarga sarf qilinishini qonunan to'g'ri va asosli deb hisobladi hamda «respublikaning suve-reniteti ayni shunda yaqqol ko'rinadi», - deb ta'kidladi.

Sessiyada respublikaning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan quyidagicha qaror qabul qilindi:

«1990-yilda sovet va xo'jalik organlari, ilmiy muassasalar ishining muhim yo'nalishi respublikani o'z-o'zini boshqarish va o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash prinsipiga o'tishga tayyorlash yuza­sidan amaliy tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat, deb hisoblansin.

O'zbekiston SSR Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning real resurslarini hamda amal qilish imkoniyat-lari - strukturani tubdan takomillashtirish va uning ilmiy-texnikaviy hamda tashkiliy darajasini oshirish imkoniyatlarini har tomonlama qarab chiqsin... amalga oshirilayotgan siyosiy sistema islohotini, ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishni hisobga olgan holda respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirishning asosiy yo'llarini belgilasin».

1990-yil 23-martida O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Ko­mitetining Plenumi bo'ldi. Unda O'zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va kon-sepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e'tibor berildi. Plenum yangi-lanayotgan siyosiy tizimda respublika Kompartiyasining o'rni va mavqeyi, uning davlat hokimiyati idoralari va jamoat tashkilotlari bilan o'zaro munosabati prinsiplari to'g'risidagi masalalarini mu-hokama qilib, buyruqbozlikdan, ma'muriyatchilikdan voz kechish lozimligini uqtirdi. Shu bilan birga Plenum respublika siyosiy ti-zimi to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishni hayot taqozo qilayot-ganligini ko'rsatib, real hokimiyat O'zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari Sovetlariga berilishi bilan bog'liq barcha qiyinchiliklarni yengib o'tishlari lozimligini ta'kidlab, yuzaga kelgan vaziyatda O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish muhim ahamiyat kasb etadi», -deb ta'kidladi.

O'zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi masalasining ko'ta-rilishi shunchaki SSR Ittifoqi yangi tartibiga taqlid qilish emas, balki prinsipial amaliy va tarixiy hodisa bo'ldi. Respublikada boshqaruvning ayni ana shunday shakli joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko'maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi shundan iboratki, Prezident muassasasi-ning joriy etilishi - respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o'tishni bildirar edi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ayni shu paytda keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarida ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini o'z vaqtida hal etish masalasi, fuqarolar huquqlarini hi­moya qiluvchi barcha davlat muassasalarini nazorat qilish ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.

Ana shu obyektiv holatni hisobga olib, 1990-yil 24-martida XII chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'ldi. Sessiya O'zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug'aniyevich Karimovni O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respub­likasining Prezidenti etib saylash to'g'risida qaror qabul qildi. Bu yerda shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda Prezident la-vozimining ta'sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo'yilgan dadil qadamlardan dastlab-kisi edi.

Chunki uzoq yillar mobaynida yig'ilib qolgan milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy rivojlanish muammolari bu vaqtga kelib nihoyatda keskin tus olgan edi. Hayot respublikaning kelajagi, xalq taqdiri va turmushining, O'zbekiston fuqarolari kelajak avlodlari hayotining to'kisligi, tinchlik, osoyishtalik muammolarini izchil hal etishni ko'rsata boshladi. O'zbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochar edi.

Respublikaning birinchi Prezidenti I. Karimov sessiyada «Bu katta ishonch uchun o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni. eng avvalo, o'zbek xalqi, O'zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriya-timizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o'z zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik deb qabul qila-man. Har bir grajdanning konstitutsion huquqi va erkinliklarini ta'minlash yo'lida katta mas'uliyat deb tushunaman», - dedi.

O'z fikrini davom ettirib, I. Karimov Prezident vazifasiga to'xtalib: «O`zbekiston Prezidenti sifatidagi o'zimning asosiy va-zifalarimni nimadan iborat deb bilaman? O'zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashti-rish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, «Prezident boshqaruvi»ning muhim vazifalaridan biri respubli­kaning iqtisodiy mustaqilligini, o'zini o'zi idora qilishga o'tishini ta'minlashdir. Ayni chog'da mehnatkashlarning, aholining ham­ma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab va eh-tiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur'atlar bilan rivoj­lantirish - respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, O'zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e'tibor talab qiladigan vazifadir». Shu tariqa Prezident eng qiyin, ziddiyatli, tah-likali bir paytda qonli to'qnashuvlarni boshdan kechirgan xalq oldida butun mas'uliyatni ochiq-oydin o'z zimmasiga oldi.

Shu bilan birga Prezident o'z faoliyatining markazida xalqni ma'naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va jismoniy takomilga erish-tirish turganligini ham alohida uqtirdi.

Gap O'zbekiston mustaqilligi haqida borganda, shubhasiz, O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilin­gan O'zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning o'rni va ahamiyatiga alohida to'xtash lozim. Zero, bu muhim hujjat O'zbekistonning Mustaqillikka erishishida qo'yilgan navbatdagi mu­him qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti deputatlari fa-ollik ko'rsatdilar. O'zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi (1990-yil 18-iyunda) boshlanishidayoq Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat'iy talab etdilar.

O'zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati a'zolari, komissiya raislari va muovinlari «Mustaqillik Deklaratsiyasi» xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish va so'ng uni sessiyaga olib chiqish lozim, deb topdilar.

19-iyun kuni 40 dan ortiq deputat, doimiy komissiyalarning raislari, huquqshunoslar tayyorlagan Deklaratsiya matnini batafsil ko'rib chiqdi. Natijada bu masala 20-iyun kuni sessiyada kun tartibi­ga kiritildi.

«Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o'z taqdirini o'zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta'kidlandi. Unda o'zbek xalqining asrlar davomida qo'lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajriba-si va an'analari hisobga olinishi uqtirildi.

Natijada sessiyada qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi» kirish qismiga quyidagicha yozib qo'yildi:

«O`zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib top-gan boy an'analari, har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi, O'zbekistonning kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda xalqa­ro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi­ning davlat mustaqilligini e'lon qiladi».

Shuningdek, birinchi moddada: «O`zbekiston SSRning demok­ratik davlat mustaqilligi respublikaning o'z hududida barcha tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho ho-kimligidin>, - deb belgilab qo'yildi. Sessiya qabul qilgan bu «Mus-taqillik Deklaratsiyasi» xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Surxondaryo viloyati, Kuybishev saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev o'z his-tuyg'ularini ifodalab: «Xalqimiz qar-sak chalib, joyimizdan turib, butun vujudimiz bilan berilib, Musta­qillik Deklaratsiyasini qabul qildik. Butun O'zbekiston xalqi ko'rib turdi. 70 yil davomida O'zbekiston ishlab topgan mahsulotlarini, bor xomashyosini o'zi yemay boshqa respublikalarga berib keldi. Endi mustaqillikni qo'lga kiritay deganda... orqaga qaytmaslik lozim».

Shu kundan boshlab respublikada O'zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.

Bu borada ba'zi misollarni keltirish o'rinli. Jumladan, 1991 -yil 22- yulida O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi «O`zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo'ysunuvchi davlat korxona-lari, muassasalari va tashkilotlarini «O`zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilib, jumladan, unda «O`zbekiston SSRning «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ga amal qilib, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qilish va ularning xo'jalik mustaqilligini ta'minlash maqsa-dida respublika hududida joylashgan ittifoqqa bo'ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O'zbekiston SSRning hu­quqiy tobeligiga o'tadi», - deb qayd qilindi.

Shuningdek, ushbu qarorda «O`zbekiston SSR Prezidenti hu-zuridagi Vazirlar Mahkamasiga Ittifoqqa bo'ysunuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning O'zbekiston SSR huquqiy tobeligiga o'tishi tartibini belgilash vazifasi topshirildi».

Yana bir misol: respublika Oliy Soveti Prezidiumi «Спакапа narxlar amalga oshirilayotgan bir davrda mehnatni rag'batlan-tirishni kuchaytirish va mehnatkashlarning ijtimoiy himoyalan-ganligini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston SSRning «Musta-qillik Deklaratsiyasi»ga hamda «O`zbekiston SSRdagi korxona­lar to'g'risida»gi qonunga muvofiq «1991 -yilgi Ittifoq budjeti» to'g'risidagi SSSR Qonuni 8-moddasining «korxonalar iste'mol fon-dini ko'paytirishni cheklashga oid qismi amal qilishini O'zbekiston hududida to'xtatishi» to'g'risida ham qaror qabul qildi. Shunday qilib, 90-yillarning dastlabki davrlarida O'zbekiston SSR Prezi­denti I. Karimov, O'zbekiston SSR Oliy Kengashi va Hukumati O'zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suve-reniteti uchun dadil qadamlar qo'ydilar. Bu keng jamoatchilik to­monidan ham qoniqish bilan kutib olina boshladi. Masalan, Tosh-kent siyosatshunoslik va boshqaruv instituti 1991-yili fevral oyida Toshkent, Samarqand, Farg'ona shaharlarida 10 ta sanoat korxona-sida 400 ishchi bilan sotsiologik so'rov o'tkazdi. So'ralganlarning 67,8 foizi mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yaxshilanmaydi, deb, 72 foizdan ortig'i esa hayotdan qoniqmayotganini aytdi. Ishchilarda sobiq markazning sotsial-siyosiy tartibotlariga ishonmaslik vujudga keldi. Masalan: «Umumittifoq va mahalliy hokimiyat hamda bosh­qaruv organlariga sizning munosabatingiz qanday?», - deb berilgan savolga 4,5 foiz kishi «O`z umidimni umumittifoq davlat idoralari bilan bog'layman», 32,5 foiz ishchi esa «Respublika davlat organ­lari bilan bog'layman», - deb javob berdi. Ushbu javoblardan ham ko'rinib turibdiki, fuqarolarda umumittifoq idoralariga emas, balki respublika davlat idoralariga, tabiiyki, respublikaning mustaqil ri-vojlanishiga ishonchi tobora orta boshladi. I. Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq oltinchi sessiyasida (1991 -yil) jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlarni ta'riflab shunday fikr bildirgan edi: «Mamlakatda bugun mavjud bo'lgan keskin qarama-qarshilik vaziyati bir kunda paydo bo'lgani yo'q. Novo-Ogorevoda Ittifoq shartnomasi ustida ish olib borilayotgan bir paytda SSSR Oliy Kengashining rahbarlari pozitsiyasi ma'lum bo'ldi.



Ular har xil siyosiy niqoblar ostida davlatni, markaziy bosh-qaruvni eski holicha saqlab qolishga, Ittifoq shartnomasini tay­yorlash va imzolashda esa Ittifoq Oliy Kengashiga eng oliy, ya'ni hal qiluvchi huquqlar berilishiga harakat qildilar. Jumhuriyatlar o'zlari xohlagan vakolatlarini Ittifoqqa emas, balki Ittifoq xohla-gan vakolatlarini jumhuriyatlarga berar emish. Biz esa Ittifoqni faqat uning tarkibiga kiruvchi davlatlarning to'liq mustaqilligi va teng huquqliligi bilan yangilash mumkin, degan fikrda qat'iy turdik. Asosiy kelishmovchilik ana shundan iborat edi».

Sobiq Markazni kuchaytirish, hokimiyatni yana markazda to'plash tarafdorlari o'z maqsadlarini amalga oshirish uchun omma-viy axborot vositalari va sessiya minbarlaridan keng foydalandilar. Masalan, akademik V.Kudryavsev «Pravda» gazetasida «Suvereni-tet haqida Deklaratsiyalar va Ittifoq Shartnomasi» deb nomlangan maqola bilan chiqib, Ittifoqni respublikalar suverenitetini toraytirish hisobiga yangi Ittifoq Shartnomasi tuzish g'oyasini ilgari suradi. Jumladan, uning fikricha: «Markaz ixtiyorida mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishni belgilash, moliya, bank, bojxona tizimini nazorat qilish huquqlari qolishi kerak. Umumittifoq qonunlari res­publikalar qonunlaridan ustun turmog'i lozim». Bunday qarashlar I. Karimov boshchiligida O'zbekistonda vujudga kelayotgan siyo­siy tamoyillarga mos kelmas edi. O'zbekistonning yetakchi olim-lari VKudryavsevning milliy respublikalar suverenitetini cheklash g'oyasiga qarama-qarshi mamlakatda milliy masalani hal qilishning uch oqilona yo'li, ya'ni demokratiyalashtirish, desentralizatsiya, dei-deologizatsiyani amalga oshirishni taklif qildilar.

Biroq markazni kuchaytirish tarafdorlari boshqa usullar-dan: namoyishlar o'tkazish, mitinglar tashkil qilish, hatto, g'ayri­konstitutsion yo'llar bilan davlat to'ntarishi qilish bilan bo'lsa-da, barcha huquqni Markazda to'plash, avvalgi buyruqbozlik usulini qa­ror toptirishga harakat qilaverdilar.

1991-yil 19-21-avgustida Moskvada davlat to'ntarishi qilish-ga urinib ko'rildi. Ularning maqsadlari Ittifoq hududida yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikni qo'lga kiritishlariga, o'z taqdirlarini o'zlari hal qilishlariga yo'l qo'ymaslik edi.

Shuni ham aytish kerakki, to'ntarishni uyushtirgan kishilar mamlakatda yuz bergan boshboshdoqlik va parokandalik cho'qqisiga chiqqan bir paytdan foydalanib qolmoqchi bo'lishdi. Ammo qayta qurish yillarida ko'zi ochilgan xalqni endi eski tuzum doirasiga kiri-tishga, unga eskicha buyruqbozlik qilishga urinish behuda edi. Butun mamlakat uchun fojiali bo'lgan o'sha kunlarda O'zbekiston rahbari-yati korxona va xo'jaliklarning rahbarlari xalq saylagan deputatlar, barcha sofdil kishilar, xalqni sabr-toqat va osoyishtalikka da'vat qil-dilar. Ular barqaror ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, jumhuriyat hududida favqulodda holat joriy etilishiga yo'l qo'ymaslik, Kons­titutsiyaga qarshi davlat to'ntarishini qo'llab-quvvatlash yo'lidagi ig'vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o'zlarining butun imko-niyatlaridan foydalandilar.

Faollar bilan uchrashuvlarda, O'zbekistonning davlat mustaqil­ligi to'g'risidagi Deklaratsiya va konstitutsion tuzum qoidalariga ri­oya qilinajagi aytildi. Xalqqa markazdan har qanday ko'rsatmalar, turli va'dalar berilishi, dag'dag'alar qilinishiga qaramay, respublika o'z siyosiy yo'lidan qaytmasligi aytildi.

O'zbekiston Prezidenti I. Karimov Hindiston safaridan qaytgani hamonoq - 19-avgust kuni kechqurun respublika rahbarlari va Tosh-kent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda O'zbekiston nuq-tayi nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonunga xilof ko'rsatmalarni baja-rish mumkin emas», - deb hisobladi. 20-avgustda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O'zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Va­zirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo'shma majlis bo'ldi. Unda O'zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.

Shu kuni O'zbekiston Prezidenti I. Karimov respublika aholi-siga murojaat bilan chiqdi. Ushbu murojaatda O'zbekistonning o'z mustaqilligiga erishish yo'li qat'iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirildi. Jumladan, unda «O`zbekiston jumhuriyati, uning rahba­riyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba'zi bir jumhuri-yatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va'dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da'vatlar, yo'l-yo'riq ko'rsatishga harakat-lar boimasin, biz o'zimiz tanlagan yo'limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo'q. Bu yo'l bizning xalqimiz tari-xiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqi­miz manfaatlariga mos yo'ldir», - deb qat'iy ta'kidlandi. Shuning­dek, turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o'rtasidagi ixtiloflarni hal etish uchun kuch ishlatish, eng avvalo, harbiy kuch ishlatish ochiq-oydin qoralandi.

O'zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda Holat Davlat Komitetining g'ayrikonstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko'rsatmalari noqonuniy deb e'lon qilindi.

Ana shunday sharoitda, ya'ni markaz va respublikalar o'rtasi­dagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobi-liyatini yo'qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o'z holiga tashlab qo'yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to'g'ri baholay bi-lish qobiliyatiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo'ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to'siqlar olib tashlanishi, har bir respublika so'zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo'lishi lozim edi.

Ayni shu maqsadlarni ko'zlab, O'zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o'z ishini boshladi.

O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida maz-kur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi hamda «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi masalalar kun tartibiga qo'yilib, qizg'in muhokama qilindi.

O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Prezident I. Karimov ma'ruzasi tinglandi. U o'z nutqida 1991-yil o'rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tah-Ш qildi. 19-21-avgust kunlari Moskvada Favqulodda Holat Dav­lat Komiteti a'zolarining fuqarolar boshiga azob-uqubatlar solish-ga intilishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo'lganliklarini ro'yirost ochib tashladi. Alg'ov-dalg'ovli kunlarda ham O'zbekistonning o'z yo'li va maqsadi borligini, bu xalq manfaatiga mos yo'l ekanligini, qan-day qilib bo'lmasin, undan qaytmaslik lozimligini aytdi. Shuning­dek, ma'ruzada mustaqil davlatlar maqomiga to'xtalib: «Bo'lajak Mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bo'lib qo-lishlari, o'zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o'zi ma'qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro rauno-sabat o'rnatish, diplomatik va konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Yana ta'kidlab aytaman, bu hech kimning buyrug'isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirili-shi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo'ymoqchiman: O'zbekistonning mustaqilligi haqida-gi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish-irodasi o'z ifodasini top­gan. Xalqimizning bu ezgu xohish-irodasi biz uchun muqaddas-dir», - degan fikr bildirildi.

Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so'ng «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risida»gi qonunni qabul qildilar. So'ngra Respublika Davlat Mustaqilli­gi to'g'risidagi Bayonot qabul qilindi. O'zbekiston SSRning nomi O'zbekiston Respublikasi deb o'zgartirildi. Mustaqillik e'lon qilin­gan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o'zbek xalqining asriy orzusi ro'yobga chiqqanligining huquqiy ifo-dasi bo'ldi.

«O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi qonun g'oyat katta ahamiyatga ega bo'lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to'xtash lozim. Mazkur qonun aso­sida O'zbekistonning huquqiy holati tubdan o'zgardi. O'z mohiya-tiga ko'ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya roli-ni ham o'ynaydigan bo'ldi. 17 moddadan iborat bu qonun suveren O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi.

1-moddada O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqal-pog'iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat, deb e'lon qilinadi.

2-moddada O'zbekiston Respublikasining xalqi suveren ekanli-gi va u respublika davlat hokimiyatining birdan bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.

3-moddada O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi.

5-moddada O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaravchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosi­da ko'rilganligi haqida gapirildi.

8-12-14-moddalar O'zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asos-larini izohlab berdi.

13-14-moddalarda O'zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi sharhlandi.

15-moddada O'zbekiston Respublikasi hududida inson huquq-lari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq holda respublika fuqaroligi joriy etilishi, u fuqarolar millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat'i nazar, bir xil huquqlarga egaligi va ular respublika Konstitutsiyasi va qonunlari himoyasida bo'lishlari qo-nunlashtirilgan.

16-moddada davlat ramzi bo'lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida gapirilsa, 17-moddada esa O'zbekistonning Qoraqalpog'iston bilan munosabatlari xususida so'z borib, O'zbe­kiston Qoraqalpog'istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O'zbekiston tarkibida ekanligi e'tirof etiladi (bu moddada O'zbekiston va Qoraqalpog'iston o'zaro munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida tarkib topishi kerakligi qonunlash-tirilgan). Shuningdek, bu moddada Qoraqalpog'iston Respublikasi O'zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi mumkinligi ham e'tirof etilgan.

Bunday Qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo'lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtiso­diy hamda ma'naviy-axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega.

Shuning uchun ham, ushbu Qonunga O'zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy ma-qom berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:



  1. «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida» 1991-yil, 31-avgustida qabul qilingan O'zbekiston Res­publikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.

  2. O'zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya modda-lari «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida))gi Qonunning qoidalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.

3. Konstitutsiya komissiyasi' tayyorlanayotgan «Respublika Konstitutsiyasining Davlat Mustaqilligi asoslari to'g'risida»gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin.

Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O'zbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga to'ldirdi. Toshkentdagi Podyomnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi, 21-saylov okrugidan O'zbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessi­ya yakunida so'zga chiqib, shunday dedi:

«Yashirmayman, mustaqillik haqida gap-so'z ko'p edi-ku, lekin ishning amaliy qismiga kelganda siljish yo'q edi. Nihoyat respubli-kamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi to'g'risidagi hujjatni qabul qildi. Endi mana shu har birimizga qu-vonch va iftixor tuyg'ularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashi-miz zarur».

Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qo'lga kirit-gan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qo'yildi.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin