O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə228/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

davlat - jamiyat - inson tizimida vujudga keldi va ravnaq topdi. Bu tizim quyidagi yangilanishlar hosil etuvchi yo'nalishlarni qamrab oladi:

- o'tish davrida davlat va jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy xaotik holatlarni tartibga solish, anomiya holatlarini jamiyat tomonidan qa­bul qilingan umumiy me'yorlarga keltirish;

- yangi davlatchilik tizimini vujudga keltirish;



  • iqtisodiy sohada tarkibiy o'zgarishlarni tadrijiy amalga oshi­rish;

  • ijtimoiy himoya tizimimng mson va oila manfaatlariga eng

maqbul va samarali xizmat qildirish;

  • milliy xavfsizlik va mudofaa konsepsiyasini tinchlik va barqa-rorlikka xizmat qildirish;

  • ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy va iqtisodiy muhitni erkinlashtirish;

  • qadriyatlar ustuvorligi;

- ma'naviy-ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi

ekanligini asoslash;

- tarixiy xotirani tiklash va istiqlol tarixini yaratish;


  • o'zgarayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy voqelikni anglash va ogohlikka da'vatning yalpi idrok etilishi;

  • milliy istiqlol g'oyasining ishlab chiqilishi va uning jamiyatni ulug' maqsadlar yo'lida uyushtiruvchilik rolining asoslanishi;

  • jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, diniy, e'tiqodiy va siyosiy maslakdagi fuqarolar o'rtasida ijtimoiy murosa muhitini shakllanti­rish;

- tolerantlik va ijtimoiy hamkorlik vaziyatni vujudga keltirish va boshqalar.

Buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur «Kuch-qudratimizga shubhangiz bo'lsa, biz qurgan binolarga boqing», degan edilar. Dar-haqiqat, mamlakatni obod qilgan, yurtini fayziyob etgan, Vatanini ulug'lagan millat ma'naviy jihatdan barkamol, istiqboliga qat'iy ishongan xalq bo'ladi. Bunday xalq o'z tarixini shon-u shavkatga burkaydi.



Mustaqillikning qiyin va mashaqqatli davrida kelajakka qat'iy ishonch bilan qaragan xalqgina bunday keng miqyosdagi vazifa-larni amalga oshirishi mumkin. O'tish davrining o'ziga xos qiyin-chiliklarini yengib, har kuni kutilmagan muammolar paydo bo'lib turgan bir paytda mayda yumushlar va kundalik tashvishlar girdo-bida qolib ketmay, istiqbol yo'lini tanlagan xalqning kelajagi buyuk bo'lishi tabiiy. Bunday millat dunyo xalqlari bilan tengma-teng mu­loqot qila oladi, jahon hamjamiyatidan o'ziga munosib o'rin egal-laydi. Bunday xalqni aslo yengib bo'lmaydi! Zotan, ma'rifat, mada­niyat, ma'naviyat nuri bilan yo'g'rilgan vatanparvarlik hissi, Vatan tuyg'usi har qanday kuchdan g'olib kelguvchi mo'jizakor qudratdir.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin