Xotira chirog'i o'chmaydi
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!
Bugun o'lkamizda ilk bor Xotira va Qadrlash kuni nishonlan-moqda.
Men barchangizni - jafokash, mehnatkash, ko'pni ko'rgan, katta-kichik janglarda mardlik va jasorat ko'rsatgan xalqimizni mana shu qutlug' sana bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Biz nima uchun 9 may bayramini Xotira va Qadrlash kuni, deb e'lon qildik.
Ijozatingiz bilan shu to'g'rida yana ikki og'iz aytib o'tsam.
Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o'tgan ajdodlarimizni eslash, ularning chirog'ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tu-shunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir.
Xotirasi bo'lmagan, tarixini unutgan, o'z ajdodlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo'q. Bu haqiqatni kishilik tarixi isbotlab turibdi.
Qadrlash degani - bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko'rsatmoqdir.
Hayotning ko'p-ko'p sinovlarini, azob-uqubatlarini boshidan kechirgan, Vatan uchun, el-yurt uchun, mana shu sof osmonimiz uchun jon olib jon bergan, bugun ham saflarimizda yurgan mehribon ota-bobolarimizni, olijanob insonlarni e'zozlashdir.
Xotira va Qadrlash kuni degan tushuncha g'oyat teran ma'noga ega. Bu faqat fashizm balosiga qarshi jang-u jadallarda qatnashgan, ona-yurt himoyasi uchun umrini baxsh etgan kishilarni sharaflash degani emas.
Bu muborak kunda, xalqimizning asrlar davomida orzu-niyat qilib, intilib kelgani - hurriyat va ozodlik yo'lida hayotini qurbon qilib shahid ketgan To'maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Namoz botir kabi xalq qahramonlarini, Qodiriy, Behbudiy, Munavvarqori, Cho'lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir singari millatimiz fidoyilarini eslashimiz ham qarz, ham farzdir.
Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o'zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarimizni ulug'lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli va iztirobli sana o'rnimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida Vatan va yurt uchun g'urur va iftixor tuyg'ularini uyg'otishga xizmat qiladi.
Bu hayotning go'zal va nurafshon, yurtimizning ozod va obod bo'lishida shu muqaddas zaminda yashayotgan qo'li qadoq, niya-ti рок million-million yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor. Bugungi Xotira va Qadrlash kunida men ko'pchilik qatorida ana shu kamtar va kamsuqum, oddiy, zahmatkash insonlarni bag'rimga olib, barchasiga ta'zim qilaman.
Muhtaram do'stlar, yurtdoshlarim!
Bugun poytaxtimiz markazida bunyod etilgan muazzam Xotira maydoni ochilmoqda. Bu ham mustaqillik tafakkurining yana bir bor namoyon bo'lishi, xalqimizning tabiatiga yot bo'lgan eski qolip va soxta g'oyalardan voz kechganimizning yana bir tasdig'idir.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda «noma'lum askar» degan tushuncha nimani anglatar edi?
O'zingiz o'ylang, inson ona yurti, xalqining baxt-saodati uchun omonsiz janglarda jonini fido etsa-yu uning nomi noma Turn bo'lsa!
Axir, urushga ketgan har bir askarning nomi, nasl-nasabi uning ota-onasi, qarindosh-urug'lari, farzandlarining qalbida bir umr ar-mon bo'lib yashaydi-ku! Axir, ularning har biri shu xalqimiz, shu millatimizning jondan aziz farzandlari, bizning jigarbandlarimiz emasmi?!
Biz uchun urushlarda qurbon bo'lgan yuz minglab yurtdoshlari-mizning nomi ham, jasorati ham ma'lum va hech qachon unutilma-gay, inshoollo!
Shuning uchun biz ularning nomlarini mana shu maydonda-gi muhtasham Xotira kitobiga zarhal harflar bilan mangu muhrlab qo'ydik.
Toki bu muqaddas ziyoratgohga qadam qo'ygan har bir inson, nafaqat xalqimiz, balki butun dunyo ahli ajdodlarimizga, fidoyi jang-chilarimizga bo'lgan buyuk ehtiromimizni ko'rsin, ularning xotirasi qarshisida ta'zim bajo etsin.
Aziz birodarlar!
Mana shu maydon markazida urush va ayriliqlardan behad qayg'u-jafo chekkan, farzandlari dog'ida qaddi dol bo'lgan Motam-saro ona haykali o'rnatilgan.
Bu haykal uzoq tarixi davomida ne-ne balo-qazolarni, jabr-u zulmlarni, qirg'in-qatag'onlarni boshidan kechirgan, ayni paytda o'z erkinligi, insoniy haq-huquqlari uchun tinimsiz kurashgan ona-Vatanimizning yorqin timsolidir.
Inson bolasini Ona yorug' dunyoga keltiradi, oq yuvib oq taray-di. Uni beg'araz mehri bilan ulg'aytiradi. Inson qalbida neki olijanob tuyg'ular va odamiylik xususiyatlari mavjud bo'lsa, barchasi ona mehridan, ona tarbiyasidandir.
Vatanga muhabbat tuyg'usi ona suti, ona allasi bilan qon-qonimizga singadi, ongimizga kiradi.
Shu bois Ona - Vatan, Vatan - Ona, demakdir. Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoyilikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz. Va bizning ham jamiki ezgu niyatlarimiz, xayrli ishlarimiz Ona-Vatanga atalgandir.
Motamsaro onaning mahzun qiyofasi har birimizni hushyorlikka chorlaydi. Urush va qirg'inlarga yo'l qo'ymaslikka, bugungi yorug' va dorilomon kunlarimizning qadriga yetib yashashga da'vat etadi.
Biz muqaddas Ona haykali poyiga bitilgan «Sen doimo qalbim-dasan, jigarim» so'zlari millatimizning, xalqimizning qurbon bo'lgan farzandlariga cheksiz ehtiromini anglatib, qalblarimizda doimo aks sado berib turadi.
Mangu olov tegrasiga zikr etilgan «El-yurtimizning erki va ozodligi, baxt-u saodati uchun hayotini qurbon qilgan vatandosh-larimiz xotirasi hamisha barhayotdir», degan so'zlar esa uzoq va yaqin tariximizda bugungi ozodlik va mustaqilligimiz uchun kurashib jon fido etganlar xotirasi yuraklarimizda abadiy yashashini
anglatadi.
Aziz vatandoshlar!
Biz mustaqillik yillarida o'zligimizni anglash, tarixiy-milliy qadriyatlarimizni tiklash borasida nimaiki ish qilayotgan bo'lsak, ularning barchasini yagona maqsad-ko'pmillatli xalqimizni birlash-tirish uchun qilmoqdamiz.
Ishonchim komilki, Xotira va qadrlash kuni xalqimizni yanada birlashtiradi, uning ruhiga malham bo'ladi, irodasini baquvvat, iy-
monini butun qiladi.
Fursatdan foydalanib, mana shu muazzam obidani bunyod etish-da sidqidildan mehnat qilgan quruvchi va ustalarga, me'mor-u mu-handislarga o'z nomimdan, butun xalqimiz nomidan samimiy min-natdorchilik bildirishga ijozat etgaysizlar.
Shunday xayrli va olijanob ishga hissam qo'shilganidan men ham g'oyat baxtiyorman.
Aziz yurtdoshlarim!
Barchangizni bugungi ulug' ayyom bilan yana bir bor tabriklay-man.
Hammangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, farzandlarimiz baxti-ni ko'rish nasib etsin.
Xotira va Qadrlash kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi so`z, 1999-yil 9-may
Dostları ilə paylaş: |