O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə20/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Birinchidan, I. Karimov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub burilishlar va tarixiy o'zgarishlarning rahnamosi, O'zbekiston mustaqilligining tashabbuskori va milliy davlatchiligimizning asos-chisidir.

Ikkinchidan, I. Karimov demokratik talablar va xalqaro me-zonlarga javob beradigan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-ning asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolati sifatida markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo'g'inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson manfaatlarini uyg'unlashtirishga qaratilgan butunlay yangi siyosat ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq etmoqda.

Uchinchidan, I. Karimov xalqimizning o'ziga xos xususiyat-lari hamda ilg'or jahon tajribalarini umumlashtirish asosida yangi iqtisodiy islohotlar modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yo'li iqti-sodiyotning siyosatdan ustunligi, Qonun ustuvorligi, o'tish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh tamoyil-ni o'z ichiga oldi va u dunyoda «O`zbek modeli» sifatida tan olindi.

To'rtinchidan, O'zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar, Chegara va Ichki Qo'shinlarni Oliy Bosh qo'mondoni va davlat rah­bari sifatida tubdan islohot etdi va unga boshchilik qilmoqda.

Beshinchidan, o'tgan yillar mobaynida I. Karimov KPSS Mar­kaziy Komiteti boshchiligidagi kuchlar O'zbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan davrda o'zbek nomini nohaq kamsitish-lardan, tahqirlardan himoya qilish va xalqimizning milliy g'ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko'rsatdi, o'zbek nomini dunyoga ta-nitdi.

Oltinchidan, xalqimiz ma'naviy qadriyatlariga hurmat va eh-tirom bilan munosabatda bo'lish, ularni asrab-avaylash va rivojlan-tirish, muqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, bebaho tarixiy mero-simizni hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga ko'tardi va odamlar ongida yangi milliy g'oya, milliy mafkura asoslarini shakl­lantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qilmoqda.

Yettinchidan, mohiyat-e'tiboriga ko'ra mutlaqo yangi ta'lim ti-zimini, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturini yaratish va uni amalga oshirishda bevosita yetakchilik qilmoqda.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin