Mavzuga doir material
Madaniyat va barqaror rivojlanish BMTning doimiy muvo-fiqlashtiruvchisi janob Xolid Malikning 1996-yil Buxoroda bo'lib o'tgan «Buyuk Ipak Yo'lini, Madaniy Sayyohlikni qayta tiklash va O'zbekistonda Qadimgi merosni tiklash» bo'yicha Xalqaro Konfe-rensiyada so'zlagan nutqidan ko'chirma.
«Madaniyat Insoniy taraqqiyot konsepsiyasidagi o'zak jihatlar-dan biridir. Insoniy taraqqiyot odamlar uchun yetishish oson bo'lgan tanlashni, birinchi navbatda daromadlarga daxldor bo'lgan tanlash-ni, shuningdek, odamlar yashayotgan atrof-muhitni tanlashni, ular-ning bir qismi bo'lgan madaniyatga o'z hissalarini qo'shish va unda ishtirok etish imkoniyatini kengaytirish jarayonidan iboratdir. O'z navbatida tanlash imkoniyatlarini kengaytirish insoniy qobiliyatlarni va odamlarda mavjud bo'lgan o'z qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishni talab etadi.
Agar madaniy at deganda biz turmush tarzini tushunsak va rivojlantirish uchun uning BMT dagi insoniy qobiliyatlarini rivojlantirish degan ta'rifini qabul qilsak, ana shu ikki tushuncha o'rtasidagi mu-him aloqa madaniyat insoniy imkoniyatlarini qanchalik kengaytirishi mumkinligida namoyon bo'lishi mumkin.
Odamlar va madaniyatlar o'rtasidagi dialog hamda o'zaro hamkorlik, hamjihatlik o'z nomi bilan qadriyat hisoblanadi. U to'g'ridan to'g'ri insoniy qobiliyatlarni yaxshilaydi. Qadriyatlar va g'oyalarni almashish, u mahalliy yoki xalqaro darajada amalga oshirilishiga qaramay, agar u madaniyatlarni o'zaro hurmat qilishga asoslangan bo'lsa, ijtimoiy uyg'unlik va taraqqiyotga olib kelishi mumkin.
Jamiyatda uyg'un bo'lib yashash uchun tegishli yakka tartibdagi va jamoa ko'nikmalariga ega bo'lish kerak, ular tarbiyalanishi va rivojlantirilishi kerak.
Odamlarning bir-birlari bilan o'zaro hamjihatligi, turli nuq-tayi nazarlarni hurmat qilishi va hamkorlik qilish masalalari shunday nomoddiy aktivlar hisoblanadiki, ular jamiyatning yaxlitligini saq-lash va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan bog'lovchi vositaning bir qismini tashkil etadi. Odamlarning tabiatga va atrof-muhitga qanday munosabatda bo'Hshlarini belgilovchi madaniyat ham ana shunday bog'lovchi vosita hisoblanadi.
Keyingi ikki asrda keng mintaqaviy va xalqaro hamjamiyatlar-dan ajralib yashayotgan joy da vujudga kelgan Markaziy Osiyoning Yangi davlatlari uchun madaniyat va madaniy o'z-o'zini ifodalashi insoniy qobiliyatlarini kuchaytirish uchun qudratli vosita hisoblanadi, bular esa o'z navbatida jamiyat integratsiyasiga hamda tinch holda o'z g'oyasini ifodalashi, bunyodkorlik va barqarorlik rivojla-nish uchun qulay sharoitlar yaratishga ta'sir ko'rsatadi. Madaniyatini tinch holda ifodalash odamlarni birlashtiradi va milliy hamda mintaqaviy hamjamiyatlarda birlashtiruvchi, mazmunli aloqalarni vujudga keltiradi.
672
UNESKOning ustavida ma'noli va to'g'ri yozilganidek, jahon odamlarning aqlida mujassamdir. Madaniyat kayfiyatni belgilaydi, agar u to'g'ri yo'naltirilsa, boshqa millatlarga hurmatga va boshqa madaniy erkinliklarga hurmatga o'z hissasini qo'shadi. 100 dan ortiq millat istiqomat qiladigan mamlakatda madaniy xilma-xillik mavjud bo'lib, u o'zgarishlarni amalga oshirish uchun qudratli kuch bo'lishi mumkin. Bu shunday kuchlarki, ular jamiyatni uzoq muddatga ilg'or va jo'shqin qilishi mumkin.
* * *
Buyuk Ipak yo'li Sharq-u G'arbni bog'lab turgan, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqe-likdir. Uning tarixiy ahamiyatini hisobga olib birinchi marta Brussel uchrashuvida Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog'laydigan «Yevropa-Kavkaz-Osiyo» transport yo'lagi - TRASEKAni barpo etish masa-lasi ко'rib chiqildi va shu bo'yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Aytish mumkinki, ayni shu uchrashuv Buyuk Ipak yo'lini tiklash borasidagi dastlabki amaliy qadam bo'ldi. Darvoqe, tarixda Mashriqdan Mag'ribga, Mag'ribdan Mashriqqa o'tgan yo'llar ko'p bo'lgan. Ular muayyan sabablarga ko'ra turlicha nomlangan. Jumladan, «Lazurit yo'li», keyinroq «Shoh yo'li», «Buyuk Ipak yo'li»... Bugun esa -TRASEKA deb atalmoqda.
O'zbekiston Prezidenti I. Karimov 1998-yil 8-sentabr kuni Ozarbayjon poytaxtida ish boshlagan Buyuk Ipak yo'lini tiklashga bag'ishlangan Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. TRASEKA das-turi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga nafaqat unga ishtirokchi mamlakatlar, balki jahondagi boshqa davlatlar ham katta qiziqish bilan qaramoqda. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakati hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki kabi o'ndan oshiq nufuzli xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.
1996-yil Saraxsda Markaziy Osiyo bilan Eron temiryo'l tar-moqlarining tutashtirilgani TRASEKA loyihasini amalga oshirishda dastlabki katta ishlardan biri bo'lgan edi. Xuddi o'sha, 1996-yil 13-may kuni O'zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Turkmaniston o'rtasida o'zaro erkin tranzit to'g'risidagi shartnoma imzolandi. Buyog'i Ya-poniyadan to Adriatika dengiziga qadar cho'zilgan ushbu qadim kar-von yo'lining muhim bo'lagidan foydalanishni boshlagan respubli-kalarning sarf-xarajati kamayadi.
Birgina O'zbekiston uchun mazkur shartnoma kuchga kirganidan so'ng paxta tashishga ketadigan xarajatning 12 million dollari iqtisod qilinadi. Chunki TRASEKA shimoliy yo'nalishga nisbatan 2 ming kilometr qisqadir. Qolaversa, mintaqa iqlimi undan yil -o'n ikki oy to'xtovsiz foydalanish imkonini beradi. Yana bir misol: O'zbekiston o'z paxtasini, Qozog'iston va Rossiya orqali Ukraina portlariga yetkazish uchun tonnasiga 100 dollardan ziyod mablag' sarflaydi. TRASEKA orqali tashilganda esa ushbu ko'rsatkich 55 dollarni tashkil etadi, xolos.
TRASEKA loyihasining amalga oshishi O'zbekistonni Yevropa va Osiyo transport tarmoqlariga tutashtiribgina qolmasdan, uning eksport imkoniyatlarini oshiradi, loyihada ishtirok etuvchi mamlakatlar bilan savdo aloqalarini yanada kengaytiradi. 1996-yil Trans-kavkaz yo'lagi bo'yicha O'zbekistonga keltirilgan va olib chiqib ke-tilgan mahsulot hajmi salkam 140 ming tonnani tashkil etgan bo'lsa, 1997-yil bu ko'rsatkich 285 ming tonnaga yetdi.
O'zbekiston bugun TRASEKA dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etish bilan cheklanib qolmay, transport kommunikatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish borasida boshqa loyihalarni ham amalga oshirayotir. O'zbekiston qo'shni Qirg'iziston hamda Xitoy bilan Toshkent - Andijon - O'sh - Irkeshtom yo'lini qurish va ta'mirlash bo'yicha yaqindan hamkorlik qilayotir. Buyuk Ipak yo'lining bir qismi hisoblanmish bu yo'nalish Yevropa mamla-katlarini Osiyo davlatlari bilan bog'laydi.
Konferensiyada ishtirok etgan davlatlar rahbarlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari TRASEKA yo'lagini rivojlantirish, transport infratuzilmalarini yanada takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, TRASEKA doirasidagi hamkor-likning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida o'z nuqtayi na-zarlarini bayon qildilar. Ta'kidlash kerakki, O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning takliflari konferensiya ishtirokchilari tomonidan qizg'in kutib olindi.
Islom Karimov TRASEKA loyihasini amalga oshirish, umuman, qadimiy Buyuk Ipak yo'lini qayta tiklash zarurati ayrim kishilar-ning xohishidan emas, balki vaqt, sharoit, dunyoviy taraqqiyot talab-lari natijasida paydo bo'layotganini alohida ta'kidladi.
Qadim zamonlardayoq hayotning o'zi odamlarni o'zaro hamkorlik uchun qisqa va qulay yo'llarni qidirishga majbur qilgan, dedi Islom Karimov. Bunga faqatgina savdo-sotiq ehtiyoji emas, balki mustahkam iqtisodiy, madaniy va ma'naviy aloqalarni o'rnatish zaruriyati ham sabab bo'lgan.
Ayrim kuchlar TRASEKA doirasidagi hamkorlikka siyosiy tus berishga harakat qilmoqda. Ularning maqsadlari aniq: o'zlaricha go'yoki dunyoning yangidan bo'linishi va shunga o'xshash «o'yin»larni o'ylab topib, mamlakatlar, xalqlar o'rtasiga nifoq solish, taraqqiyotga to'siq bo'lish. Mamlakatimiz rahbari masa-laning shu jihatiga e'tibor qaratib, bunday harakatlarga mutla-qo barham berish kerakligini aytdi. Shuningdek, Islom Karimov Yevropa - Kavkaz - Osiyo transport yo'lagi mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mazkur yo'nalishda joylashgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish, qolaversa, millatlararo hamda davlatlararo muammolarni yechishda katta samara beraja-gini ta'kidladi.
Hozirga qadar jahonning 50 ta mamlakati TRASEKA yo'lagi orqali o'z yuklarini manzillariga yetkazmoqda. Mazkur loyihaga qo'shilishni istovchi mamlakatlar soni ham tobora oshib borayapti. TRASEKA dasturini amalga oshirishda Yevropadagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar yaqindan yordam ko'rsatyapti. Xo'sh, bularning hammasi nimadan dalolat beradi? Mazkur yo'lakdan Sharq ham, G'arb ham birday manfaat topadi. Markaziy Osiyo va Kavkaz uchun jahon bozoriga keng yo'l ochiladi. Yevropa mam-lakatlari uchun esa o'z mahsulotlarini Kavkaz va Markaziy Osiyo bozorlariga kiritish, mazkur mintaqalarda o'zlarining moliyaviy ish-tirokini kuchaytirish imkoniyati tug'iladi.
Boku konferensiyasida TRASEKA loyihasini amalga oshirish bo'yicha hukumatlararo komissiyani tashkil etish, uning doimiy kotibiyatini ta'sis qilish va bosh qarorgohini Bokuda joylash-tirish bo'yicha o'rtaga tashlangan taklif ishtirokchilar tomonidan ma'qullandi. TRASEKA loyihasini amalga oshirishda uni mablag' bilan ta'minlash masalasi ham ishtirokchilar tomonidan atroflicha ко'rib chiqildi va TRASEKA banki tashkil etish taklifi bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi.
Anjuman nihoyasida Yevropa - Kavkaz - Osiyo yo'lagini rivojlantirish bo'yicha xalqaro transport to'g'risidagi ko'p tomonlama Bitim imzolandi. Mazkur hujjat xalqaro yuk va yo'lovchi tashish-ni rivojlantirish va boshqarish, transport sohasidagi huquqiy me-zonlarni o'zaro muvofiqlashtirishni ko'zda tutadi. Shuningdek, an-jumanda Boku Deklaratsiyasi hamda Buyuk Ipak yo'lini tiklashga bag'ishlangan xalqaro konferensiya bo'yicha yakuniy Kommyunike qabul qilindi.
1998-yil 6-noyabr kuni Toshkentdagi «Interkontinental» mehmonxonasining Amir Temur zalida UNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakuniy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
155-sessiya 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning asosiy mavzusi «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zaruriyati - qullikdan inson qadr-qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. Sessiyada UNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan UNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma'ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag'ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi mo'ljallangan edi. Birinchi hujjat BMT uchun mo'ljallangan dunyoviy madaniyat haqidagi jamlanma ma'ruza, ikkinchisi - «Dunyoviy madaniyat yo'lida» deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig'ilishda qabul qilindi.
Uchinchi hujjat esa O'zbekiston tomonidan taklif qilingan «Dunyoviy madaniyat va UNESKOning a'zo mamlakatlaridagi fao-liyati» deb nomlangan qaror loyihasi bo'ldi.
O'zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qaror-lari ro'yxatiga kiritilgan bu hujjat loyihasi 155-sessiyaning Toshkentda o'tadigan yakuniy yig'ilishida qabul qilinishi mo'ljallangan edi.
Sessiyaning yakuniy yig'ilishini UNESKO Ijroiya Kengashi raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga O'zbekiston tomonidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo'lib qo-lishini ta'kidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini O'zbekistonda o'tkazish taklifl ko'pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilin-ganini qayd etdi.
Sessiyada O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov nutq so'zladi.
UNESKOning o'sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig'ilishini O'zbekistonda o'tkazish taklifini bildirgani uchun Prezident Islom Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi.
«Men, - deb ta'kidladi o'z so'zida F. Mayor, - O'zbekiston xal-qi boshidan kechirayotgan bugungi murakkab o'tish davrida fan va madaniyat, ma'naviyat ravnaqiga qo'shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki Siz ma'naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz».
F. Mayor UNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, ta'lim va madaniyatni asos qilib olgani O'zbekiston hukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e'tibor qaratdi. Prezident Islom Karimovning «Biz kelajakning poydevo-rini qo'ymoqdamiz», degan so'zlarini esladi va bunga misol qilib O'zbekistonda ta'lim, fan va ma'naviyat sohasida erishilgan yutuq-larni keltirdi. O'zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim bo'g'inlardan biri bo'lishini qayd etdi.
UNESKO bosh direktori tashkilotning Abu AH ibn Sino nomi-dagi oltin medaliga sazovor bo'lgani bilan Islom Karimovni qutladi va oltin medalni O'zbekiston Prezidentiga topshirdi.
UNESKOning Vatanimizda o'tkazilgan nufuzli xalqaro anjuma-ni ham shu asosiy maqsad yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'lib
qolishi, shubhasiz.
Zotan, ikkinchi jahon urushi olovining tafti hali bosilmagan olis 1945-yilning 16-noyabrida tuzilgan UNESKO tashkiloti o'shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo'lida samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu yo'lda UNESKOning asosiy quroli ta'lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati erishgan yutuqlarni dunyo bo'ylab yoyishdan iborat bo'ldi.
Tabiiyki, ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti bo'lgan UNESKO sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Prezident Islom Karimov kitoblarini o'qib, uni shu mahalgacha faqat nazari-yotchi sifatida bilganlarini, endi O'zbekiston bilan tanishib, bu yerda o'tkazilayotgan islohotlar va ularning ilk natijalaridan boxabar bo'lib, O'zbekiston Prezidenti faqat nazariyotchi emas, balki izchil amaliyotchi ham ekanligini e'tirof qiladilar.
Sessiya ishtirokchilaridan biri «O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta'kidlayman», dedi.
Barcha ma'ruzalarda O'zbekiston qadimiy madaniyat beshik-laridan birigina emas, ayni chog'da xalqlarning tinch-totuv yasha-shi, ma'naviy merosga munosabat nuqtayi nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko'piga o'rnak bo'larli jamiyat ham ekani qayd etildi.
O'zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasida mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning polyak tilida nashr etilgan «O`zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo'lmaydi» kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi. Marosimda Polshaning rasmiy doiralari, ilmiy tadqiqot muassasalari, Varshavada akkreditatsiyadan o'tgan xorijiy diplomatiya vakolatxonalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi
Taqdimot davomida uning qatnashchilari «O`zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo'lmaydi» asari bilan atroflicha tanishish imkoniga ega bo'ldilar.
Tadbirda so'zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining ushbu kito-bi yuzasidan o'zlarining mufassal tahliliy fikr-mulohazalarini bildi-rishar ekan, O'zbekistonda barqaror bozor munosabatlari va ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tadrijiy ravishda hamda bosqichma-bosqich bar-po etish maqsadida amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islo-hotlarning hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholashdi. Marosimda O'zbekiston rivojlanishi strategiyasiga muvofiq, mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash bo'yicha maqsad va vazifalar birinchi darajali bo'lib qolaverishi yo'lining to'g'ri ekanligi bir necha bor ta'kidlandi.
Dostları ilə paylaş: |