O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


-§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə69/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

3-§. Ijtimoiy sohaning rivojlanishi

Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlani-shiga e'tibor kuchaydi. 1991-1996-yillarda Qoraqalpog'iston Res-publikasida ma'lum demografik o'zgarishlar ro'y berdi. Tug'ilish (ming kishi hisobida) 1991-yildagi 36,4 dan 1996-yilda 25,0 kishiga qisqardi. Tug'ilishning kamayishi o'z o'rnida respublika aholisining o'sish darajasiga ta'sir etdi. Jumladan, O'zbekistonning viloyatlar ichida aholi o'sishi eng past bo'lgan Toshkent viloyati (23,4) pasa-yib ketdi (18,6). Demografik o'zgarishning asosiy sabablaridan biri tug'ilishning kamayishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik yashash sharoitlariga bog'liqdir. 1991-1996-yillarda respublikadan (kelganlarni chiqarib tashlaganda) 26,7 ming kishi ko'chib ketgan. 1997-yil 1-yanvar holati bo'yicha respublika aholisi 143 ming 764 kishini, shundan shahar aholisi 694,1 ming kishini, qishloq aholisi 74 ming 363 kishini tashkil etdi. 1996-yilda aholining o'rtacha yillik o'sishi 1,36 foizga teng bo'ldi.

Ishsizlar soni har yili o'zgarib turibdi, 1996-yil oxirida ular 4,2 ming kishiga yetdi. 1996-yilda 16 ming ishchi o'rinlari yaratildi, jumladan, qishloq joylarida 8,5 mingta. Bu esa shahar va tuman mehnat birjalariga murojaat qilgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash imkonini berdi.

1996-yilda aholi jon boshiga pul daromadlari 9628,8 so'mni, xarajatlar esa 6300 so'mni tashkil etdi yoki 1995-yilga nisbatan 2,2 va 2,3 marta ko'paydi.

Daromadlarning ko'payishi iste'mol bozoridagi vaziyatni jon-lantirdi. Aholi jon boshiga tovar aylanishi hajmi amaldagi narxlar-da 5 ming 36 so'mlikni tashkil qildi va 2,1 martaga, solishtirma narxlarda esa 8,8 foizga o'sdi. Pullik xizmat 2,8 marta, maishiy xizmat 2,7 martaga ko'payib jon boshiga 679 va 108 so'mni tashkil etdi. Lekin shunga qaramasdan aholi jon boshiga xizmat ko'rsatish hajmi O'zbekiston Respublikasi ko'rsatkichidan 2,2 marta kam bo'ldi.

1996-yilda aholiga 7,2 milliard so'mlik iste'mol mollari so-tilgan. Bu amaldagi narxlarda 1995-yildagiga nisbatan 2,1 mar­ta ko'p. Tovar aylanishining jami hajmi 10,3 foizga yoki 350,5 million so'mlikka ko'paydi. Tovar oborot hajmida davlat sekto-rining ulushi pasayib, nodavlat sektoriniki o'sib bordi. Rasmiy savdo tarmoqlariga nisbatan iste'mol va buyum bozorlarida holat ancha yaxshilandi, jami tovar oborotida ularning ulushi 20 foizga yetdi.

Ishchi va xizmatchilarning o'rtacha ish haqi izchil o'sib bordi. 1996-yilda u 1409 so'mdan 2761,1 so'mga yetdi yoki 1,96 marta ko'paydi.

Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - ona-lar o'limi soni kamaydi. «Homilador ayollarni va bolalar salomat-ligini mustahkamlash bo'yicha milliy Dastur»i hamda «Yosh av-lodni sog'lomlashtirish kompleks Dasturi»ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996-yilda onalar o'limi 1991-yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o'limi esa 1,8 martaga ka­maydi. Homilador ayollaraing 56 foizi statsionarlarda tug'ishgacha bo'lgan davolanishdan o'tkazildi.

Respublikada jarrohlik, maxsus davolash rmbulatoriya markazlari tashkil topdi.

Tarmoqni moliyalashtirishda davlat mablag'lari bilan birga nodavlat manbalaridan ham foydalanilmoqda. Xo'jalik hisobida, yakka tartibda, kooperativ usulda ishlaydigan tibbiyot tarmoqlari kengayib bormoqda. «Medtexnika», «Optika», «Tibta'minot» dorixona muassasalari to'la davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylash-tirildi.

Lekin shu bilan birga respublikadagi ekologik tanglik tufayli aholining kasallanishi kamaymadi. Masalan, bu ko'rsatkich 1996-yilda 1991-yilga nisbatan 26,3 foizga ko'paydi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning tashab-busi bilan 1992-yilda Nukusda Orol muammosiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo'ldi. Bu konferensiya qarorlari-dan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 2-sentabrda «Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik mu-ammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to'la hal qilindi. 1992-1996-yillarda Tuyamo'yin suv omboridan respub­lika aholi punktlariga 2 ming 885 kilometr vodoprovod tarmog'i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlanish darajasi 59,5 foizga yetdi. Shu yillarda 16,3 kilometr kanalizatsiya va 4057,5 kilometr gaz tarmoqlari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 85,4 foizni, shu jumladan, shaharda 100 foizni, qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi.

Qoraqalpog'iston xalqi I. Karimovning BMT minbaridan tu-rib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig'ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994-yil (14-yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o'tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo'yi aholisiga amaliy yor­dam berish masalasi muhokama etildi. 1995-yil sentabrda I. Kari-mov tashabbusi bilan Nukusda o'tkazilgan xalqaro konferensiya esa tarixiy voqea bo'ldi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan bin - Nu-kus Deklaratsiyasi boiib, unda butun dunyo jamoatchiligi e'tibori Orol muammosiga qaratildi.

1997-yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig'ilishi bo'ldi. Bu yig'ilishda ham I. Karimov tashabbusi bilan Orolbo'yi xalqlariga ijtimoiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish to'g'risida qaror qabul qilindi.

O'zbekiston hukumatining Orolbo'yi muammolari to'g'risidagi tashabbuslari yerlik xalqlar tomonidan ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo'yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshi-lanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qi-lishga doir qabul qilingan qarorlar o'z samarasini berishiga qat'iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o'sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.

2000-2007-yillar Qoraqalpog'iston uchun ijtimoiy taraqqiyot-ning o'ziga xos davri bo'ldi. Shu yillar mobaynida sog'liqni saqlash, ekologik muammolarni hal etish, fuqarolarni mehnat bilan bandligini ta'minlash, qo'shimcha ish joylarini tashkil etish borasida izchil ish olib borildi.

Aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish darajasi ancha oshdi. Chu-nonchi, 2002-yilda Respublikada eng zamonaviy meditsina asbob-uskunalari va dori-darmonlar bilan ta'minlangan 95 ta qishloq vrach-lik punkti faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 2008-yilga kelib ular soni 171 taga yetdi.

Aholini ish bilan ta'minlash, ularning foydali mehnat bilan shug'ullanishi borasida qator chora-tadbirlar majmui amalga oshi-rildi. Natijada quyidagi yutuqlarga erishildi: 2002-yilda 22000 ta, 2003-yilda 21000 ta, 2004-yilda ham 21000 ta, 2005-yilda 23000 taga yaqin, 2006-yilda 22000 ta, jami 109000 ta ish joyi tash­kil etildi. Shulardan 79000 taga yaqini qishloq joylarida faoliyat ko'rsatmoqda. Ishlab chiqarishning kasanachilik usuliga ham katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, ayni paytda o'lkada 650 ta xonadonda aholi kasanachilik bilan shug'ullanmoqda.

Respublika aholisining o'rtacha oylik ish haqi 2002-yildagi 17,5 ming so'mdan 2006-yilga kelib 96 ming 300 so'mga yetdi. O'qituvchilar maoshi ham keskin oshdi. Bu sohada 2008-yil yakun-lariga ko'ra ko'rsatkich qariyb 2 baravarga yetdi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin