O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mus
Mahalliy davlat hokimiyati organlari. O‘zbekistonda demokratik
huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi.
Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat hokimiyatining vakillik
va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos
keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik
organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida
tashkil qilingan.
1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat
idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun
mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va
ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi
joriy etildi.
va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi «Mahalliy
davlat hokimiyati asoslari» deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati
organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.
Konstitutsiyaga ko‘ra, avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomi Kengashlar
deb o‘zgartirildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun
viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining
uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:
1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari)
– yuqori bo‘g‘in hisoblanardi;
2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.
Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini
mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvifiq,
mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga –
vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular
o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari
Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi.
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov
to‘g‘risida»gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar
saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60
tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p
bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.
Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim
tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati –
besh yil.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari
tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi
hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Tumanlarga
bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi
va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi
tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis
etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va
Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili
hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari, prokuratura,
ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan
o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.