O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi



Yüklə 345,28 Kb.
səhifə15/25
tarix07.01.2024
ölçüsü345,28 Kb.
#204401
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mus

Iqtisodiy islohotlarning boshlanishi
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li, taraqqiyotning ’’O’zbek modeli’’.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li,
taraqqiyotning «O‘zbek modeli». O‘zbekiston mustaqillikka erishgan
vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. Mustaqilligini qo‘lga
kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan
rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul
bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir
davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston
ham ana shu umumiy dastur va umumiy qonuniyat mezonlari asosida
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini
tanlab oldi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning dastlabki davridan respublika hukumati
va Prezidenti tomonidan bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan
nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, davlat pensiya ta’minoti, iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa
shu kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari
qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi. Bozor
infratuzilmasining shakllanishi. Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy
strategik maqsadi avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun zarur shartsharoitlarni
ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy
tizimni barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi
bosqichi mustaqillik kunidan milliy valyutani muomalaga kiritishgacha
bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy vazifa hal
qilindi. Birinchidan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlari
yengib o‘tildi, tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlarining huquqiy negizlari shakllantirildi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatning huquqiyiqtisodiy
negizlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini
topdi. Islohotlarning birinchi bosqichida Oliy Kengash tomonidan
iqtisodiyotga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Shu bilan birga
xususiylashtirish chog‘ida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan
korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan
sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma
obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat
xo‘jaliklarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va uzumzorlar imtiyozli shartlar
asosida xususiylashtirildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbekistonda
chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat
mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning
boshqa shakliga aylantirila boshlandi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-
yil 18-noyabrda «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
to‘g‘risida»gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish
jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish
korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini
qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil
qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini
boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda
u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat
qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan
ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy
xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar
tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Davlat mulkini
xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi
amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar
sinfi vujudga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi,
muomalada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim
oziq-ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon
narx belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish
avj ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan
ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi.
Milliy valyutaning qabul qilinishi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini
qo‘lga kiritib o‘zining milliy valyutasini muomalaga kiritishga kirishdi. Biroq
bu jarayon uchun ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan, O‘zbekiston
1991–1993-yillarda sobiq Ittifoqdan qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo
sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning
keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib
bordi. O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy
kirishdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m –
kupon nusxalari tayyorlanadi va 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m –kupon muomalaga kiritildi. Uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan
rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m – kuponlar asosidazarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofi q,1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan vaqonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyuta – so‘m muomalaga chiqarilgan.

Yüklə 345,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin