O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 345,28 Kb.
səhifə23/25
tarix07.01.2024
ölçüsü345,28 Kb.
#204401
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mus

Keksalarni himoya qilish. Mamlakatimizda aholining ehtiyojmand
qismini, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiymuhofaza
qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, 2005-yil – «Sihat-salomatlik yili»da 2 mingga yaqin yolg‘iz nuroniyning
uy-joyi ta’mirdan chiqarildi, kam ta’minlangan oilalar va keksa
fuqarolarga moddiy yordamlar ko‘rsatildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2006-yildagi «2007–2010-yillarda
yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarnianiq ijtimoiy muhofaza qilish va
ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanadakuchaytirish chora-tadbirlari dasturito‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, «Nuroniy»
jamg‘armasi hisobidan, aholining ijtimoiyhimoyaga muhtoj qatlamlariga,
faxriylarning davolash maskanlariga, «Saxovat
» va «Muruvvat» uylariga dori-darmon
vositalari yetkazib berildi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining hududiy
bo‘limlari bilan hamkorlikda nuroniylar to‘liq dispanser ko‘rigidan o‘tkazildi.
Toshkent shahrida faxriylarimizga barcha qulayliklarga ega 150 o‘rinli
«Nuroniy» shifoxonasi xizmat qilmoqda. Viloyat shifoxonalari qoshidagi
kasalxonalarda jamg‘armaning viloyat bo‘limlari hamda mahalliy hokimliklarning
amaliy yordami tufayli tashkil etilgan yolg‘iz keksalar va
Sh.Mirziyoyev II jahon urishiqatnashchilari bilan.
nogironlarni bepul davolovchi «Nuroniylar xonalari» faoliyat ko‘rsatmoqda.
Respublikamizdagi barcha «Saxovat» va «Muruvvat», «Mehribonlik» uylari
hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan har yili moddiy
yordam berib boriladi. 2015-yilda ham Keksalarning hayot darajasi va sifatini
yanada yaxshilash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini
kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941–1945-yillardagi urush
va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya ta’minoti va tibbiy xizmat
ko‘rsatishni takomillashtirish maqsadida, 2015-yil «Keksalarni e’zozlash
yili» deb e’lon qilindi. Har yili urush qatnashchilari va front ortida mehnat
qilganlarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda, ular sanatoriy kurortlarda
davolanmoqda, boshqa zarur vositalar bilan ta’minlanmoqda.
Mamlakatimizda 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon qilinishi
aholini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash, uning turmush va farovonlik
darajasini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli davlat siyosatining
amaliy ifodasi bo‘ldi. Shu ma’noda, 2007-yil ehtiyojmand oilalarga davlat
tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini amalga oshirishda
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishorganlari rioya etishi lozim bo‘lgan asosiytamoyillar yanada takomillashtirildi.

Yüklə 345,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin