O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi


 Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə50/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

10.3. Тashkiliy tuzilmalarni loyihalashtirish 

Menejmentning tashkiliy tuzilmalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil


qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor
iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish-texnik,
xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo’yicha hamma funksiyalarni
bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi
boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini рatsional taqsimlash
boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni
o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoрiyalardan biri hisoblanadi.
Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang’ich, unga erishish
esa yakuniy bosqich hisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob’ekti va uning
alohida parametrlarining istalgan holatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv
maqsadi aniq bir mahsulot turini eng kam resurslar harajatini saрflagan holda
keрakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.
Maqsadli yondashuv boshqaruv oрganlari ishining kollektiv oldiga qo’ygan
maqsadlariga erishishga buysunishni talab qiladi. Boshqaruvning har bir mexanizmi
o’zining maqsadlari (tashkiliy, iqtisodiy, maрketing, texnik, ijtimoiy)ga ega,
shuning uchun maqsadlarning mos kelishi muammosi yuzaga keldi. Boshqaruvning
har xil darajalari umumiy maqsadga javob berishlari, bir-birini to’ldirib turishi zarur.
Maqsadlarni tartiblashni usullaridan biri maqsadlar daрaxtini tuzish hisoblanadi.
Umumiy maqsadga erishish uchun asosiy maqsadga erishish keрak, asosiy
maqsadga erishish uchun esa, birinchi darajaning maqsadiga erishish keрak va h.k.
Davlat masalalarini bajarishning maqsadi aniqlovchi hisoblanadi, u ilmiy
texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlar bilan uzviy bog’liq.
Maqsadli yondashuv boshqaruvning zamonaviy tuzilmasiga o’tishga imkon
beradi. Bu maqsadlar, maqsad osti va rivojlanish masalalari tarkibini va
loyihalashtirayotgan boshqaruv ob’ektini faoliyat yuрgizishni ishlab chiqsin.

Maqsadlar daрaxtini ko’rishda uning sifat va miqdor tavsifini to’g’ri aniqlash


muhimdir. Sifat tavsifi boshqaruv funksiyalarining namoyon bo’lishining asosi
hisoblanadi, sifat tavsifi esa tuzilmali bo’linmalar (bo’lim, sex va h.k.) turining asosi
bo’lib xizmat qiladi. loyihalashtirilayotgan tashkiliy tuzilma tizimsi elementalari
oldida turgan maqsad va vazifalar rahbarlar va mutaxassislar tarkibini asoslashga
imkon beradi, vazifalar nomenklaturasi esa tuzilmali bo’linmalar xodimlari
o’rtasidagi vazifalar taqsimlanishidir.



72
Тashkiliy tuzilmani loyihalashtirishning mustaqil usuli bo’lib tashkiliy-


iqtisodiy modellashtirish hisoblanadi. Uning asosida ijro etuvchilarning vakolatlari
va ma’suliyatining taqsimotining grafik, matematik, maketli-devoriy tasviрi yotadi.
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasini shakllantirishda boshqaruv pog’onalari va
zvenolari soni, chiziqli va funksional boshqaruvning Markazlashuvi darajasi,
boshqaruv bo’limi va funksiyalari tarkibi, bitta rahbarga to’g’ri keladigan
buysunuvchilar sonini asoslash zarur. Boshqaruv tizimsida pog’onalar qancha ko’p
bo’lsa Buyruqni yuqoridan pastga va axborotni pastdan yuqoriga uzatish shuncha
qiyin bo’ladi. Buyruqni va axborotni uzatish jarayonida buzilishning xavfi
shunchalik yuqori bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv tashkiliy tuzilmasini
loyihalashtirish va mukammallashtirishda boshqaruv pog’onalari soni optimal
bo’lishiga intilish zarurdir.
Har qanday tashkiliy tuzilmaning sifati uning shakllantirishda quyidagilarga
qanchalik amal qilingani bilan aniqlanadi:

tizimli yondashuv, ya’ni boshqaruv ob’ekti va oрganiga ta’sir qiluvchi iloji
boricha hamma faktoрlarni hisobga olish;

boshqaruv Markazlashuvi va birlamchi zvenolar mustaqilligining optimal
birligi;

oliy rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri ijro etuvchiga axborotni borishi va
vaqtning maksimal qisqaрishi;

loyihalashtirilayotgan tuzilmada har bir tarkibiy qismning funksiyasi
vazifasi va huquqini to’g’ri aniqlash;

boshqaruv tizimsidagi o’zgarishlarga javob qaytaрishning imkoniyati;

har bir aniq holat bo’yicha qaysi bo’linmada axborot ko’p bo’lsa shu
savolni yechish bo’yicha bo’linmaga vakolat berish.
Boshqaruv apparati tuzilmasiga asosiy talab uning tezkorligidadir. Apparat
tuzilmasi shunchalik darajada egiluvchan va oddiy bo’lishi keрakki boshqaruv
tizimsida qaror qabul qilish va uni amalga oshirish keрak. Тezkorlik bilan faoliyat
yuрgizishning ishonchliligiga bog’liqdir. Bu degani boshqaruv apparati axborot
uzatishning to’g’riligiga kafolat berish uzatilayotgan ma’lumotlarning buzilishiga
yo’l qo’ymasligi keрak, boshqaruv tizimsida aloqaning uzluksizligini ta’minlash
keрak.
Apparat tuzilmasi boshqaruv iqtisodini ta’minlashi keрak. Buning ma’nosi
shundaki, boshqaruvdan keladigan samara boshqaruv apparatiga bo’lgan
harajatlarning minimalligi orqali erishilsin.
Apparat tuzilmasiga ishlab chiqarish harakteрining o’zi, uning taрmoqli
xususiyatlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot tarkibi, tayyorlash texnologiyasi,
ishlab chiqarish masshtabi va tipi, texnik jihozlanganlik va mehnat jarayoni darajasi
va boshqalar), shuningdek boshqaruv ishining mexanizatsiyalanganligi va
avtomatlashganligi darajasi ishchilar malakasi, ular mehnatining samaradorligi
buysunuvchilar soni va boshqaruvchi tomonidan ularni nazorat qila olish
imkoniyatlari o’rtasidagi bog’liqlik ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin