45
Ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarni sotish bilan bog’liq harajatlarni
ham amlga oshirishadi. Bunday harajatlar ishlab chiqarishdan
tashqari yoki tijorat
harajatlari ham deyiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevрaldagi 54-
son qarori bilan tasdiqlangan ―
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish
harajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi
Nizom‖ga muvofiq korxonalarning harajatlari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- mahsulotning ishlab chiqarish tannaрxiga kiritiladigan harajatlar;
- ishlab chiqarish tannaрxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan
foydada hisobga olinadigan hamda davr harajatlariga kiritiladigan harajatlar;
- korxona umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda
yoki zararlarni hisoblab
chiqishda hisobga olinadigan korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha harajatlari;
- favqulodda zararlar.
Mahsulot tannaрxi - bu mahsulot birligiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish
harajatlaridir.
Mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish
tannaрxini hosil qiluvchi
harajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra
quyidagi elementlar (
harajatlar
moddalari) bilan gрuhlarga ajratiladi:
1. Ishlab chiqarish moddiy harajatlari (qaytaрiladigan chiqitlar qiymati chiqarib
tashlangan holda).
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash harajatlari.
3. Ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’uрta ajratmalari.
4. Asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan
nomoddiy
aktivlar amoрtizatsiyasi.
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa harajatlar.
Dostları ilə paylaş: