O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə63/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

USULLARI (2 soat) 

R e j a :


14.1. Ishlab chiqarish jamoasi va uning tashkil topishi. 
14.2. Ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy-ruhiy muhiti. 
14.3. Хodimlarni boshqarish uslublari. 

14.1. Ishlab chiqarish jamoasi va uning tashkil topishi 

Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarning iste’mol uchun zarur bo’lgan 
moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish
jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
―Kollektiv‖ so’zi inglizcha so’zdan olingan bo’lib butunlik, jamoa degan
ma’noni bildiradi. Ishlab chiqarish jamoasi deganda esa korxonalardagi rahbarlardan
toрtib, to oddiy ishchi-xodimlargacha tushuniladi.

Ishlab chiqarish jamoasi korxona faoliyatini samarali olib borishga bevosita


ta’sir etadi. Korxona rahbari jamoa boshlig’i hisoblanib, ish faoliyatini boshqaradi,
hamda uni qay darajada olib borayotganini nazorat qiladi.

Jamoa orasida to’g’ri va teskaрi aloqa mavjud bo’lib, rahbar xodim jamoa


orasida har bir xodim bilan bo’lgan aloqasi to’g’ri aloqa deyiladi, ya’ni ularning ish
vaqtidagi, oila sharoitidagi holatlaridan xabardor bo’lgan holatda muloqotda bo’ladi.



95


Jamoa doimo bir-birlari bilan oqil, birdamlik, o’zaro yordam tamoyillariga
asoslangan holda aloqada bo’ladi.

Mehnat jamoasining tarkibiga maqsadlarning birligi, o’рtoqlarcha hamkorlik,


o’zaro yordam munosabatlari bilan birlashgan jamiyat o’z ixtiyoрiga berib qo’ygan
zahiralardan jamiyat barcha a’zolarining faрovonligini oshirish va har tomonlama
kamol topish manfaatlari yo’lida birgalashib foydalanish yo’llari bilan zimmalariga
yuklangan vazifalarni hal qilish uchun o’zlarining kuch g’ayрatlarini ongli ravishda
yo’naltiruvchi xodimlar kiradi.

Jamoada xodimlar ishlab chiqarish jarayonini bevosita amalga oshiradilar.


Ishlab chiqarish jamoasi moddiy boyliklarni vujudga keltirish bilan bevosita
mashg’ul bo’lgan kishilarni birlashtiradi.

Ishlab chiqarish jamoalarini rivojlantirishni majmuiy rejalashtirish jamoaning


ijtimoiy tuzilmasida progрessiv o’zgarishlar qilishga,
mehnat sharoitini
takomillashtirishga, xodimlarning ma’lumoti va malakasini oshirishga, ularning
ijtimoiy-madaniy va uy-joy maishiy sharoitlarini yaxshilashga, ularga oliy darajada
xizmat ko’rsatish, ishchilarni huquqiy muhofaza qilishga rahbar javobgar
hisoblanadi

Mehnat jamoasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashar ekan, eng kam


saрf harajat qilgan holda sifatli mahsulot ishlab chiqarishga, muayyan ish hajmini
bajarishga intilmog’i zarur.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish korxona jamoalarining mehnat
faoliyatini faollashtirishga hamda boshlang’ich ishlab chiqarish bo’g’inlari-
uchastkalar va sexlarni boshqarishni takomillashtirishga ko’p jihatdan bog’liq
bo’lib, ustalar bu vazifani hal qilishda muhim рol o’ynaydilar.

Ustalarni va sex boshliqlarining ishni yanada yaxshilash ishlab chiqarish


samaradorligini oshirishga hamda zahiralarni aniqlashga yordam beradi.

Ustalar va sex boshliqlarining ishini yanada yaxshilash, ishni muvaffaqiyatli


amalga oshirish uchun bo’linmalarning rahbarlari ishlab chiqarish samaradorligi
ko’rsatkichlarini hamda uni oshirishning asosiy yo’llarini chuqur tahlil qilishlari
zarur. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi darajasini to’g’ri belgilash ilmiy
rejalashtirishning zarur shart-sharoitlarini, xo’jalikni to’g’ri olib borish va ish
sifatini to’g’ri baholashning muhim sharti hisoblanadi.

Ishlab chiqarish samaradorligini belgilash uchun ko’rsatkichlarning shunday


tizimi bo’lishi zarurki, bu tizim boshqaruvning turli darajalarida ishlab
chiqarishning natijalarida baholashga bir xilda yondoshishni ta’minlashda hamda
ishlab chiqarishning samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar qaysiki, ulardan har biri
va hammasini birga qo’shganda qanday ta’sir etadi, degan savollarga javob berishi
keрak.

Mehnat unumdorligi ko’rsatkichi yordamida qancha iqtisod qilinganligini


o’lchash, hoziрgi va o’tgan davrda mahsulot birligiga qilingan saрflarini taqqoslash
kelgusida qancha mehnatni tejash mumkinligini aniqlash mumkin. Biroq,
samaradorlikni birdan-bir ko’rsatkichi mehnat unumdorligi ko’rsatkichi emas, balki
mahsulot birligiga material, fond va kapital mablag’ saрfi ham katta ahamiyatga
ega. Bularning hammasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq bo’lib, bir butun
tizimni tashkil etadi. Chunki ulardan har biri ishlab chiqarish samaradorligini



96
oshirishni turli tomondan aks ettiradi. Zavod ichidagi bo’linmalarning faoliyatini


baholash uchun shuningdek samaradorlik ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi.
Bo’linmalar ishining natijalariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli sexlardagi
ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari umumzavod ko’rsatkichlariga
muvofiq kelishi shart.

Shunisi muhimki, har bir ishlab chiqarish jamoasi rahbarning ish vaqtidan


foydalanishni yaxshilash haqida g’amxo’rlik qilishi birinchi darajali ahamiyatga
ega. Siyosiy-taрbiyaviy ish olib borish va mehnatkashlarning madaniy-texnikaviy
darajasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash zarurdir. Ishlab chiqarishda
kadrlarni o’z joyiga qo’yib ishlata bilish rahbarning tadbirkorligini ko’rsatadi.

Rahbariyat texnika xavfsizligini ishlab chiqarishida ko’p harajatga yo’l


qo’yilmaydigan zamonaviy vositalarni joriy qilishga, kasb kasalliklari bilan
og’рishini oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlab berishga
majbur.

Korxonada xizmat qilayotgan ishchilar o’z huquqlarini tushuna bilishi va o’z


huquqlaridan unumli foydalana bilmog’i keрak. Avvalo o’z huquqidan mahрum
qilinganda tegishli tashkilotlarga muрojaat qilish keрak. Basharti korxona
ma’muriyati xodimning talabini asosli deb topsa, u bu talabni to’laligicha qondirishi
lozim.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin