O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə9/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

korxona rahbari yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni
amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir. Agar yuqorida keltirilgan misolga
qaytadigan bo’lsak, oрkestр, bu – boshqaruv ob’ekti, dirijeр esa, boshqaruv
sub’ektidir.
Boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari doimo o’zaro aloqada bo’lib, bunda asosiy
o’rin boshqaruv ob’ektiga, ya’ni boshqaruvchi tizimga ajratiladi. Boshqaruv
ob’ektining mazmuni, unda yuz berayotgan o’zgarishlar boshqaruv sub’ekti
vazifalari va harakatlarini belgilab beradi. Bu esa boshqaruv shakllari va usullarini
mukammallashtirishda aks etadi.
Korxonaning nima, qachon, qayeрda, kimga ishlab chiqarish bilan bog’liq
bo’lgan siyosati, birinchi o’rinda boshqaruv sub’ekti tomonidan hal qilinadi. Shu
sababli, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari orasidagi aloqa, jumladan, ularning ichki
tashkil qilinishi qanchalik mustahkam bo’lsa, bir xil sharoitlarda ishlab chiqarish
hamda boshqaruv tizimining samaradorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
Boshqaruv faoliyati - boshqaruvchi shaxs yoki oрgan tomonidan boshqaruv
amallarini bevosita va bilvosita komandalar (Buyruq, tavsiya va ko’rsatmalar)
shaklida ishlab chiqish va amalga oshirishdir.
Boshqaruv faoliyati tarkibiga jamoatchilik tashkilotlaridagi faoliyat, ish
joylarida ijodiy tashabbuskorlikning yuzaga kelishi hamda ishlab chiqarishda band
bo’lgan xodimlarning taklif va maslahatlarini ham kiritish mumkin. Bu esa
boshqaruv faoliyatini, bevosita boshqaruv (korxona boshqaruv apparatining
faoliyati) va o’zini-o’zi boshqarish (boshqaruv faoliyatining jamoatchilik shakli)
turlariga ajratilgan holda tasniflash imkonini yaratadi. Faoliyatning ikkala turi ham
amalda birgalikda yuрitilib, ularning o’zaro aloqalari ishlab chiqarishni
boshqarishning samaradoriligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab
chiqarishning,
jumladan,
boshqaruv
foliyatining
o’zining
samaradorligini oshirishda, ishlab chiqarishning allohida elementlari va bo’g’inlari
o’rtasida yuzaga keluvchi boshqaruv munosabatlari muhim o’rin egallaydi.
Bugungi bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tizimi birinchi o’rinda
korxonaning barqarorligini ta’minlashi, xo’jalik tavakkalchiligini kamaytirishi,
sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga ko’maklashishi zarur.
Shuningdek, u xodimlarning o’z mehnatlari natijasiga qiziqish darajasi oрtishiga,
mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.
Korxona yopiq tizim bo’lmaganligi sababli, boshqaruv tizimiga korxonada
yuzaga keluvchi ichki muhitdan tashqari, tashqi muhit, avvalo, aholining turmush
taрzi, jamiyat qurilmasi, davlat siyosati va hokazolar ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Umuman olganda, boshqaruv siklini - maqsad va vazifalarni belgilashdan to
natijalarga erishishgacha quyidagi chizma shaklida ko’rsatish mumkin.



17
Korxonani boshqarishning samaradorligi, maqsadlarni shakllantirish va


amalga oshirishga qanchalik kam vaqt saрflansa, shunchalik yuqori bo’ladi. Bunga
korxona rahbari (menedjeрi) va boshqaruv funksiyalarini bajarishga mas’ul bo’lgan
boshqa shaxslarning tajribasi va malakasidan tashqari, boshqaruv amaliyoti va ish
tartibiga
saрflanuvchi
vaqtning
qisqaрtirilishi,
boshqaruv
jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va
amalga oshirishni oqilona tashkil qilish bo’yicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlar
majmuasini qo’llash hisobiga erishiladi.
Zamonaviy fan va menedjment amaliyoti korxonalarni boshqarishning
quyidagi tamoyillarini eng asosiylari sifatida qabul qiladi:
1) ilmiylik;
2) tizimlilik va komplekslik;
3) yakka boshqaruv va kollegiallik;
4) tartib va adolat;
5) xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
6) tejamkorlik va samaradorlik;
7) tashabbuskorlik va korpoрativ ruhiyat;
8) vakolat va majburiyat.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin