O’zbekiston respublikasi nizomiy nomidagi



Yüklə 24,17 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü24,17 Kb.
#95287
MIRKOMIL kurs ishi 1



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
Pedagogika va psixologiya fakulteti
202- guruh talabasi Usanov Mirkomilning
“ Ijtimoiy pedagogika” fanidan
“ O’quvchilarning ijtimoiylashuvida kreativ qobiliyatning o’rni va ahamiyati”
mavzusidagi

KURS ISHI

Bajardi:_______________ M.Usanov


Ilmiy rahbar:_______________________ Toshkent-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….

    1. Ijtimoiy pedagogikada kreativlik tushunchasining bugungi kundagi holati…………………………….

    2. Ijtimoiylashuv tushunchasi va uning tasnifi………………

    3. O’quvchilarning ijtimoiylashuvida kreativ qobilyatning ahamiyati

    4. O’quvchilarni ijtimoiylashtirishda kreativ qobilyatni shakllantiruvchi metodlar……………

XULOSA…………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………….


MAVZUNING D0LZARBLIGI: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o'quvchi yoshlarni zamon talablariga muvofiq yangicha ishlash va fikrlashga; izlanish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikka chaqirmoqda. Shu sababli ta'lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, uni real hayotga yaqinlashtirish, shuningdek, yoshlarda intellektual-ijodiy rivojlanish; ijtimoiy-kommunikativ qobiliyatni o'stirish lozimdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining so'nggi yillarda qabul qilingan qator qarorlari va farmonlarida ham ushbu g'oya yetakchi o'rinni egallaydi. O'quvchilar intellektual-ijodiy - kreativ faoliyati katta ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo'lib, u barkamol avlodning bazaviy sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish va takomillashtirishning omilidir. Zero, intellektual-ijodiy rivojlanish "shaxs"ning ma'naviy sohasi bilan bog'liq. Bu faol faoliyat jarayonidagi axloqiy, intellektual va estetik talablar va manfaatlarning shakllantirilishi va qanoatlantirilishidir.


Bugungi kunda asosiy e'tibor o'quvchi yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak tafakkur egasi va ma'naviyatli insonlar bo'lib shakllanishlariga qaratilgandir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz".
Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etuvchi kreativ qobiliyatini rivojlantirish ijtimoiy pedagogning muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. Kreativ insonlar har bir sohada, har bir bajaradigan ishida o'zgalardan ajralib turadi. Chunki ular nafaqat o'z ishlarini katta ishtiyoq va qiziqish bilan, balki hech kimning xayoliga kelmaydigan g'oyalar orqali amalga oshirishadi. Shunday ekan kraetivlik muvaffaqiyatimiz kaliti desak adashmaymiz. Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish metodlari asosida o’quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish” kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o‘qitish metodlari asosida o’quvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi [1].
Mavzuning o'rganilganligi. J. Gilford A.X. Maslou E.P. Torrens «Kreativlik» tushunchasi so'nggi yillarda ta'lim-tarbiya jarayonlarida ma'lum darajada qo'llanilmoqda. Lekin bu tushunchaning mazmun va ma'nosini tahlil etishga hamda insonlarda kreativlikning hakllanganlik darajasini aniqlashga doir qator tatqiqotlar olib borilgan. Ayniqsa bunday izlanishlar psixologiya soxasida keng rivojlangan. A.Y. Agafonov, Y. Lotman, V. Rudnev, G.S. Batishev, M.M. Baxtin, D.B. Bogoyavlenskaya, V.M. Vil'chek, V. Dil'tey, V.N. Drujinin, D.A. Leont'ev, A.Maslou, A.A. Melik-Pashaev, I. Meyerson, A.Y. Ponomarev, M. Rorbax, S.L. Rubinshteyn, V. Frankl, R. Yakobson singari olimlar shular jumlasidandir.
Tadqiqot ob’ekti: O’quvchilarning ijtimoiylashuvi
Tadqiqotning predmeti: Ijtimoiylashuv jarayonida kreatib qobiliyatning o’rni va ahamiyati
Tadqiqot maqsadi: O’quvchilarning ijtimoiylashuvida kreativ qobiliyatning ahamiyatini o’rganish
Tadqiqotning vazifalari:

Tadqiqotning ilmiy farazi:

Tadqiqot metodlari:



Yüklə 24,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin