O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Sardiiformes Ferussac, 1821 turkumi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə13/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Sardiiformes Ferussac, 1821 turkumi
Corbiculidae Gray, 1847 oilasi
Corbicula Meqerle, 1811, avlodi
12. Corbiculia cor (Lamarck, 1818)
13. Corbicula fluminalis (O.F. Miiller, 1774)
14. Corbiculia purpurea (Prime, 1864 )
Corbiculina Dall , 1903 avlodi
15. Carbicuilina tibetensis (Prashad, 1929)
16. Carbicuilina ferghanensis (Kursalova et Starobogatov, 1971)

Qashqadaryo sun’iy suv ekotizimlari mollyuskalar chig‘anoqlari shakli va o‘lchamlari, tarqalishi va ekologiyasi shu vaqtgacha mahsus o‘rganilmagan. Quyida Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplari ikki pallali mollyuskalar Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalari turlarining tarqalishi, chig‘anoq shakli va o‘lchamlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan (3.1.1-jadval, 3.1.2-jadvallar) [24; B.17-18; 31; B.38-41.].
Unionidae Rafinesque, 1820 oilasi
Unionidae oilasi turlarining chig‘anog‘i cho‘ziqroq, chig‘anoq cho‘qqilari chig‘anoqning oldingi qismiga biroz siljigan. Bu oila turlari chig‘anoqlarining oldingi va orqa tishlari bo‘ladi. Oldingi qismidagi muskul to‘qimalarining muhrlari alohida ko‘rinib turadi. Unionidae oilasi turlari Afrika, Evrosiyo va Shimoliy Amerika hududlarida tarqalgan [42; S.81- 84; 45; B.156-192; 60; B.86-87; 122; P.156-170; 134; P.1-10; 139; P.127-131; 146; P.288-289.].
Markaziy Osiyoda Unionidae Rafinesque, 1820 oilasi turlari suv ekotizimlarida juda kam uchraydi. V.I.Jadin Markaziy Osiyoda Unionidae Rafinesque, 1820 oilasi turlarining tarqalishini o‘rgangan va tahlil qilgan. V.I.Jadin Markaziy Osiyodan Anodonta (Anodonta anotina retteri) avlodiga ikki turni kiritgan. Z.I.Izzatullayevning o‘rganishlariga ko‘ra Markaziy Osiyoda katta ikki pallali mollyuskalarni 12 tur borligini ko‘rsatgan [44; S.56-78; 65; B.22-23; 72; S.307-319; 119; P.59-90; 121;P.16-98.].
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida Unionidae oilasidan: Sinanodonta avlodiga kiruvchi 3 tur, Colletopterum avlodiga kiruvchi 1 turni va 2 ta kenja tur tarqalganligini aniqladik [60; B.86-87; 62; B.29-30.].
Sinanodonta Modell, 1944 avlodi
Modell, 1945 : 116; Vokes, 1968: 215; Popova, 1965: 200 (Anodonta, Sinanodonta ); Starobogatov, 1978: 67 (Sinanodonta); Moskvicheva, 1974: 826; Tolstikova, 1967: 186-188; Starobogatov, Izzatullayev, 1984 : 74 - 81. Zatravkin, Bagatov, 1987. 92; Izzatullayev, Boymurodov, 2009: 23; Izzatullayev, 2019: 113-164.
I.M.Moskvichevaning 1973 ma’lumotlari bo‘yicha Sinanodonta avlodga kiruvchi turlar katta hududda Amur daryosi havzasidan Hindixitoygacha bo‘lgan territoriyada tarqalgan. Sinanodonta avlodi turlari Sharqiy Osiyo suvlarida uchraydi. Sirdaryo va Amudaryo suvlarida Sinanodonta turlari tarqalgan. Qashqadaryo, Sirdaryo va Amudaryo suv ekotizimlarida mavjudligi o‘rganilgan. Biz o‘rgangan suvlarga ham Xitoy kompleks baliqlari bilan iqlimlashtirilgan. Qashqadaryo suvlarida Sinanodonta gibba, Sinanodonta puerorum va Sinanodonta orbicularis tarqalishi birinchi marta aniqlanib ularning zichligi, ekologiyasi, chig‘anog‘i shakli va o‘lchamlari birinchi marta tahlil qilindi [ 67; S.37-64].
Colletopterum Bourguignat, 1881 avlodi
Bourguignat, 1881: 74 Starobogatov, 1970: 68 (Colletopterum subgen ); Stadnichenko, 1985: 134-135 (Colletopterum gen.) ; Starobogatov, Izzatullayev, 1984:74 ; Izzatullayev, Boymurodov, 2009: 26 bet; Izzatullayev, 2019: 113-164.
Colletopterum avlodiga kiruvchi turlarining chig‘anog‘i kam qavargan holatda bo‘ladi. Yevrosiyoda suvlarida uchraydigan Anadonta avlodiga kiruvchi turlar morfologik jihatlari va kelib chiqishi jihatidan bir xil guruhga kirishi aniqlandi. Bu avlodga kiruvchi barcha turlar daryolar havzasi sun’iy suv tiplarida ham yashaydi. Colletopterum avlodi turlari Anadonta avlodi chig‘anog‘i yassi, cho‘ziqli va devori yupqaligi boshqalardan ajralib turadi. Colletopterum s.str. va Ponderosiana kenja avlodilariga kirgan turlar indikator hisoblanadi. Bu avlodning Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari havzasida turlarining tarqalganligi aniqlangan [60; B.86-87; 102; S.293-294; 104; B.12-16.].
Qashqadaryo havzasi sun’iy suv tiplarida tarqalgan Colletopterum avlodidan Colletopterum bactrianum va Colletopretum cyreum sogdianum turlari kam tarqalgan turlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin