O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-rasm. Qashqadaryo havzasidan yig‘ilgan



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə9/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

2.2.2-rasm. Qashqadaryo havzasidan yig‘ilgan Colletopterium bactrianum (Rolle, 1897) ning chig‘anoqlari o‘lchami chizmasi.
L – chig‘anoq uzunligi, H – chig‘anoq balandligi, W – chig‘anoq qavariqligi
Sun’iy suv ekotizimlarining ifloslanish indeksi (IP) umum qabul qilingan usul bo‘yicha tahlil qilindi [85; B.66-91.].
Hududdagi suv ekotizimlari gidrokimyoviy tahlillari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi 2019-2021 yillarda olingan ma’lumotlaridan (10,11,12-ilovalar) ham foydalanilgan. Suv oqim tezligini Gidrometrik vertushka – GR 21M bilan o‘lchandi (2.2.3-rasm).

2.2.3-rasm. Gidrometrik vertushka – GR 21M
2.3 §. Molekulyar genetik usul
Tadqiqot hududidan yig’ilgan mollyuskalarning ayrim namunalaridan molekulyar – genetik tadqiqotlar o’tkazish uchun turlar tanlab olindi. Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turni molekulyar – genetik tadqiqotlar uchun yaroqli hisoblandi.
Tanlangan namunalardan DNKni ajratib olish uchun GeneJET GENOMIK DNK reagentlar to’plamidan foydalanildi.
DNKni ajratib olish bir necha bosqichda amalga oshirildi:

  1. Euglesa turkistanica turidan olingan materiallarni 20 mg olib suyuq azotda gomogen holatga kelgunga qadar maydalanadi.

  2. Material 1,5 ml epindorfga solinadi va ustiga 180 mkl Digestion Solution eritmasi quyiladi, vorteks bilan aralashtiriladi.

  3. 20 mkl Proteinaza K eritmasini qo’shib vorteks yoki pipetka bilan yaxshilab aralashtiriladi.

  4. Namunani 56°S haroratda to’qima to’liq bo’linguncha va zarrachalar qolmaguncha saqlanadi (6-8 soatgacha).

  5. 20 mkl RNase A Solution eritmasini qo’shib, vorteks bilan aralashtiriladi va 10 minut xona haroratida saqlanadi.

  6. 200 mkl Lysis Solution eritmasini qo’shib, vorteks bilan aralashtiriladi va 10 minut xona haroratida saqlanadi.

  7. 400 mkl 50 % etanol qo’shib vorteksda aralashtiriladi.

  8. Tayyorlangan eritmani GeneJET Genomik DNKni tozalash ustuniga olib o’tiladi va 6000 x g da 1 daqiqa davomida sentrifuga qilinadi.

  9. GeneJET Genomik DNKni tozalash ustunini yangi 2 ml kolbaga joylashtiriladi.

  10. Tozalash naychasiga 500 mkl Buffer I qo’shiladi va 1 daqiqa davomida sentrifuga qilinadi 8000 x g da.

  11. GeneJET Genomik DNKni tozalash ustunini yangi 2 ml kolbaga joylashtiriladi.

  12. Tozalash naychasiga 500 mkl Buffer II qo’shiladi va 3 minut davomida maksimal tezlikda (≥12000 x g) sentrifuga qilinadi.

  13. GeneJET Genomik DNKni tozalash ustunini toza 1,5 ml epindorfga o’tkaziladi.

  14. Tozalash ustun kolbasi markaziga 200 mkL Elution buferi quyiladi.

  15. Epindorfni xona haroratida 2 daqiqa davomida saqlab, 8000 x g da 1 daqiqa davomida sentrifuga qilinadi.

  16. Tozalash ustunini tashlab yuborib va olingan DNKni - 20° S darajasida saqlanadi.


2.3.1-rasm. GeneJET GENOMIK DNK reagentlar to’plami
PZR-amplifikasiyasi usuli. Amplifikasiya uchun ajratib olingan hasharotlarni genom DNKsini xromosomadagi COI sohasining nukleotidlar ketma-ketligini o’rganish uchun «Sileks» firmasi to’plami reaktivlari – sterillangan suv, 10x PZR bufferi, dNTP eritmasi, Taq-polimerazasi va molekulyar taksonomiyasida qo’llanilayotgan quyidagi praymerlardan foydalanilib amplifikasiya qo’yildi (2.3.1-jadval).
2.3.1-Jadval



Praymer nomi
(To’g’ri praymer)

Praymer nomi
(Teskari praymer)

1

AB28
 ATATGCTTAAGTTCAGCGGGTC

TW81
GTTTCCGTAGGTGAACCTG

Polimeraza zanjir reaksiyasini (PZR) dasturlashtiriluvchi avtomatik amplifikator (Touchgene Gradient, UK) yordamida amalga oshirildi. Firma qaydnomasi asosida quyidagi reaktivlardan Master-mix tayyorlandi (2.3.2- jadval).


2.3.2- jadval
Master-mix uchun reaktivlar ro’yxati


Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin