О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə112/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

11-MAVZU:

MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG„ISTON
RESPUBLIKASI.



Reja:

  1. O„zbekiston Respublikasi tarkibida mustaqil Qoraqalpog„iston davlatining barpo etilishi.

  2. Qoraqalpog„istonda mustaqillik davri odimlari. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.

  3. Qoraqalpog„iston Respublikasida ta'lim, fan va madaniyat.

  4. Orol muammosi.



Tayanch tushunchalar: Davlat suvereniteti, Jо„qorg„i Kenges, Vazirlar Kengashi, “Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi”, “EKOSAN”, “Orol qizlari”, “Amudaryo”, Orolni qutqarish xalqaro jamg„armasi, Trast fond.

Ma‘lumki о‗tgan asr boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-siyosiy hayotida katta o‗zgarishlar rо‗y berdi. 1925-yil 16-fevralda Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xorazm Xlaq Respublikasining Xo‗jayli hamda Qo‗ng‗irot tumanlari hududida Qozog‗iston ASSR tarkibida Qoraqalpog‗iston Avtonom viloyati tashkil etiladi. Qoraqalpog‗iston 1930-yil 20-iyuldan RSFSR tarkibiga о‗tkaziladi. 1936-yil 5-dekabrda Qoraqalpog‗iston O‗zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan qoraqolpoq xalqining tarixi va taqdiri о‗zbek xalqi bilan mushtarak rivojlandi.


1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Sovetining IV sessiyasida ―O„zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog„iston Respublikasi Davlat suvereniteti to„g„risida Deklaratsiya” qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‗g‗risida‖gi Qonunda o‗zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‗istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e‘tirof etildi.
1991-yil 11-noyabrda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan Qoraqalpog‗iston Respublikasining Prezidenti lovozimi joriy qilinadi. Ushbu lavozimni Davlatboy Shamshetov egalladi.
1992-yil 9-yanvarda Qoraqalpog‗iston Respublikasi qayta tashkil etildi. 1992- yil 20-iyunda Qoraqalpog‗iston Prezidenti lavozimi o‗rnida Qoraqalpog‗iston Jo‗qorg‗i Kengesi Raisi lavozimi joriy qilindi.
Har ikki respublika o‗rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XVII bob, 70-75- moddalarida o‗z aksini topdi. Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‗z taqdirini o‗zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi. Kelajakka qat‘iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‗ldi.
Konstitutsiyamizning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‗iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‗zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‗zbekiston xalqlarining barcha huquqlaridan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator huquqiy imkoniyatlar yaratildi. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Qoraqalpog‗iston Respublikasining huquqiy vakilligi mavjud. O‗zbekiston Konstitutsiyasining 86-moddasida mustahkamlab qo‗yilganidek, О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining о‗rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‗iston Respublikasining vakili bо‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‗iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‗jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‗iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari o‗zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda).
Konstitutsiyaning 71-moddasida belgilab qo‗yilganidek, Qoraqalpog‗iston Respublikasi o‗z Konstitutsiyasiga ega bo‗lmog‗i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‗ra Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashi o„zining XII sessiyasida 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog„iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Konstitutsiyasi O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hech qanday mone‘lik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‗iston hududida to‗la amal qilishini ta‘minlaydi. O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari Qoraqalpog‗istonning butun hududida majburiy ekanligi e‘tirof etilgan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‗z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‗ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha davlat ramzlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-dekabrda bo„lib o„tgan XI sessiyasida Qoraqalpog„iston Davlat bayrog„i, 1993-yil 9-aprelda bo„lib o„tgan XII-sessiyasida Davlat tamg„asi, 1993-yil 4-dekabrda bo„lib o„tgan XIV sessiyasida esa Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25- dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi deb ataldi. Jo‗qorg‗i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo‗lib o‗tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‗qorg‗i Kenges Raisi, uning o‗rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo‗mita raislari va uning a‘zolari saylandi. Ayni paytda deputatlar qo‗mitalar raislari rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo‗ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo‗qorg‗i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilingan bo‗lib, uning
tarkibiga Jo‗qorg‗i Kenges Raisi, rais o‗rinbosarlari, Vazirlar Kengashi raisi, mandat komissiyasi va qo‗mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o‗rinbosar va 4 ta tarmoq o‗rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo‗mitalari rahbarlari ham kiradi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‗zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog‗iston Respublikasida faoliyat ko‗rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda respublika hududida hukumatga qarashli bo‗lmagan qator tashkilotlar, jumladan, ―Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi‖,
―EKOSAN‖, ―Aral-808‖, ―Sog‗lom avlod uchun‖ singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo‗limlari ish olib bormoqda.
O‗zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ko‗p millatli Qoraqalpog‗iston xalqining, ana shu mo‗tabar yurt kishilarining ham munosib hissasi bor.
Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud bo‗lib, ular quyidagilardan iborat: elektroenergetika: yoqilg‗i sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashinasozlik va metallsozlik; o‗rmon, yog‗ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‗oz; unyorma va aralash yem; poligrafiya sanoatlari.
Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qo‗shni viloyatlarning elektr energiyasiga bo‗lgan talabini qondiradi (stansiyaning o‗rtacha yillik quvvati 443,4 MVt).
1993-yilda ―Nukuskabel‖ ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qo‗ng‗irot un zavodi (1993), ―To‗rtko‗ldon‖ (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.
1996-yilda Qo‗ng‗irot tumanida ―Ustyurtgaz‖ korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilg‗i sanoati vujudga keldi. 2004-yilda respublika bo‗yicha 1697,1 mln. m3 gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi.
Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip yigiruv va to‗qimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yog‗moy zavodlari, to‗qimachilik korxonasi), Qo‗ng‗irot tumanida (paxta, unyorma zavodlari,
―Ustyurtgaz‖), To‗rtko‗l tumanida (paxta un tortish zavodlari), Xo‗jayli tumanida (paxta, yog‗moy, ta‘mirlashmexanika va g‗isht zavodlari), Chimboy tumanida (paxta, yog‗moy, unyorma zavodlari), Ellikqal‘a tumanida (paxta zavodi, ―Elteks‖ aksionerlik jamiyati va ―Yuniver‖ qo‗shma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, ―Kateks‖, ―Nukus non‖, ―Daunt‖ korxonalari, unyorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va Taxiatosh shahrida (ta‘mirtashmexanika va un-yorma zavodlari) faoliyat ko‗rsatadi.
Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilg‗isi, ohaktosh, qoplama materiallar, yig‗ma temirbeton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikkuvchilik mahsulotlari, to‗qimachilik galantereyasi, o‗simlik moyi, go‗sht va go‗sht mahsulotlari, non,
qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va b. ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan.
Qoraqalpog‗istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori ham o‗sib bormoqda. Bugungi kunda O‗zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‗istonga berilayotgan subvensiya, ya‘ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so‗mni yoki butun Qoraqalpog‗iston byudjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O‗zbekiston hukumatining amaliy yordami hamda qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‗istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‗lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993-yilda Nukus shahrida ―Kateks‖ to‗qimachilik majmuasi, 1995-yilda Ellikqal‘a tumanida ham
―Elteks‖ nomli xuddi shunday to‗qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‗ng‗irot un kombinatlari, To‗rtko‗lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal‘a tumanida esa shunday quvvatga ega bo‗lgan konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1995-yilda Qo‗ng‗irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy yo‗l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko‗zda tutilgan.
2016-yildan jahon neft-gaz sohasidagi eng yirik loyihalardan biri bo‗lgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ishga tushdi. 2012-yilda Project Finance International xalqaro nashri mazkur loyihani neft-kimyo sektoridagi yilning eng muvaffaqiyatli loyihasi deb e‘tirof etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rahbarlik qilayotgan yillarda ham Qoraqalpog‗istonning iqtisodiy salohiyatini ko‗ratish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: 2017-yil Moliya vazirligi huzurida Orolbo‗yi mintaqasini rivojlantirish jamg‗armasi tuzildi, 2017-yil 2-fevralda ―O‗zbekiston Respublikasining neft va gazga boy Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ (PQ-2755), 2017-yil 13-iyunda esa ―Nukus shahrida elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish to‗g‗risida‖ Prezident Qarorlari (PQ-3055) qabul qilindi.
2018-yil 16-oktabrda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‗yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi (PQ-3975). 2019-yil 29- iyunda ―O‗zRning Ustyurt mintaqasidagi Jel konini Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlari asosida o‗zlashtirish to‗g‗risida‖ Prezident qarori (PQ-4376) e‘lon qilindi. Shu yili 4-sentabrda esa Prezidentimiz Farmoni bilan ―Nukus‖ erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi (PF-5809).
2019-yilgi statistik ma‘lumotlarga ko‗ra Respublikaning yillik YAMM o‗sishi 6,8 % ni tashkil qilgan. Jumladan, qishloq xo‗jaligi, o‗rmon va baliq xo‗jaliklarida 106,7%, sanoatda 105,0%, qurilish sohasida 123,8%, xizmatlar sohasida 104,9% o‗sish kuzatilgan.
Qoraqalpog‗istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Qishloq xo‗jaligi asosan, paxtachilik, g‗allachilik (sholi va bug‗doy yetishtirish) va chorvachilik (go‗sht, sut, qorako‗lchilik)dan iborat. Qishloq xo‗jaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22.4%, g‗alla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi.
Chorvachilik, asosan, go‗sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005-yilda barcha toifadagi xo‗jaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qo‗y va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.
Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o‗tish ro‗y berdi. Qishloq xo‗jaligi respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog‗i hisoblanadi. 1997-yil boshlarida respublikada 263 ta qishloq xo‗jalik korxonasi faoliyat ko‗rsatdi. Nodavlat sektorining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi.
Qoraqalpog‗istonda dehqon-fermer xo‗jaliklari tashkil etish bo‗yicha birmuncha tajriba to‗plandi. Masalan, Ellikqal‘a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetishtirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsadida mavjud 14 ta jamoa xo‗jaliklari dehqon-fermer xo‗jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. O‗zbekiston hukumati ana shu tajribani ma‘qullab, uni boshqa viloyatlarda ham ommalashtirishni tavsiya etishga qaratilgan maxsus qaror qabul qildi. Xo‗jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa viloyatlarda yaxshi natija berdi. Lekin Qoraqalpog‗istonning o‗zida ana shu tajribani ommalashtirishga yetarli e‘tibor berilmadi. Oqibatda respublika qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hajmida dehqon-fermer xo‗jaliklarining hissasi kam bo‗ldi. Buning asosiy sabablari fermer xo‗jaliklariga xizmat ko‗rsatuvchi korxonalar yaxshi ishlamadi, bo‗rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvonlarni ko‗paytirishga e‘tibor berilmadi, xo‗jaliklar moddiy-texnika va pul mablag‗lari bilan yetarli darajada ta‘minlanmadi, agrotexnik va zooveterinariya xizmati ko‗rsatish to‗g‗ri tashkil. etilmadi.
Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o‗zgarishlar ro‗y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablag‗lari hisobidagi qurilishlar hajmi ko‗payib, byudjet mablag‗ining hissasi kamaydi.
2019-yil 7-noyabrda ―Qoraqalpog‗iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ (PQ-4512), 2020-yil 3- iyulda esa ―Qoraqalpog‗iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari (PQ-4776) qabul qilindi.
Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqalarga ham katta e‘tibor berildi. 1996-yilda Qoraqalpog‗iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklarining hissasi quyidagicha bo‗ldi: Rossiya - 11,4 foiz, AQSH - 14,1 foiz, Janubiy Koreya - 11,1 foiz, Shveysariya - 9,4 foiz, Niderlandiya - 7,2 foiz.
Xorijiy mamlakatlarga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsulotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e‘tibor kuchaydi. Respublikada 70 ta tibbiy muassasa (9485 o‗rin), 246 ambulatoriya poliklinika muassasasi, ularning tarkibida 20 qishloq uchastka vrachlik punkti, 6 shahar va mahalla vrachlik punkti, tuman markaziy poliklinika, 20 respublika va shahar hamda kasalxonalar bn birlashgan 20 poliklinika. 3 bolalar poliklinikasi, 2 respublika muassasalariga qarashli poliklinika bor. 1991-2005-yillarda 61 qishloq vrachlik punkti, Nukus shahrida Respublika akusherlik va ginekologiya institutining filiali, 2 poliklinika (100 bemorni qabul qilishga mo‗ljallangan) qurildi.
Aholiga O‗zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam markazining Nukus shahridagi filiali, shuningdek, 14 tuman markaziy kasalxonasi va Taxiatosh shahri kasalxonasi qoshidagi tez tibbiy yordam bo‗limlari xizmat ko‗rsatadi. Nukus shahrida 2 ta shahar poliklinikasi ―oilaviy poliklinika‖ sifatida faoliyat yuritadi. Nukus shahrida 1998-yildan Skrining markazi, 2003-yildan esa bir smenada 100 o‗smirni qabul qilishga mo‗ljallangan respublika o‗smirlar markazi ishlab turibdi. Respublikada Toshkent pediatriya intining filiali, 4 tibbiyot kolleji mavjud. 9 ta sanatoriy-profilaktoriy (1200 o‗rin) faoliyat ko‗rsatadi.
Respublika tibbiyoti erishgan natijalardan eng muhimi - onalar o‗limi soni kamaydi. ―Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‗yicha milliy dastur‖ hamda ―Yosh avlodni sog‗lomlashtirish kompleks dasturi‖ning ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi natijasida 1996-yilda onalar o‗limi 1991-yildagiga nisbatan 4,4 marta, chaqaloqlar o‗limi esa 1,8 martaga kamaydi. Homilador ayollarning 56 foizi statsionarlarda tug‗ishgacha bo‗lgan davolanishdan o‗tkazildi.
Respublikada jarrohlik, maxsus davolash ambulatoriya markazlari tashkil topdi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvarda 2017-2021- yillarda Orolbo‗yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.
Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo‗yi mintaqasini rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan 2018-yilda Qoraqalpog‗iston Respublikasi jami 224 ta (umumiy qiymati – 149,3 mlrd so‗m) obyektda qurilish, rekonstruksiya, kapital ta‘mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 20-avgust kuni Qoraqalpog‗istonda bo‗ldi. Prezidentning o‗tgan yilgi tashrifi davomida berilgan ko‗rsatmalar asosida hukumatning Mo‗ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi qabul qilindigan. 2020-yilda ―Mo‗ynoq porloq teks‖ mas‘uliyati cheklangan jamiyat tomonidan tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. 350 ta ish o‗rni yaratildi.
Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta'lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta‘lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta'lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat kо‗rsatmoqda.
Istiqlol yillarida Respublikada oliy ma‘lumotli kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratildi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‗iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo‘yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo‘yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda. О‗ziga xos tarixga ega bо‗lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma‘lumotli mutaxassislar
tayyorlanmoqda. О‗lkada sog‗liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy о‗zgarishlar yuz berdi. Respublika sog‗liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlariga bо‗lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991- yilda Nukusda Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog‗iston filiali tashkil etildi. Bugungi kunda Respublikada Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va San‘atshunoslik institutlarining Nukus filiallari ham faoliyat yuritmoqda.
Istiqlol yillarida fan sohasida ham sezilarli о‗zgarishlar bо‗ldi. 1992-yilda О‗zbekiston Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq filialiga О‗zbekiston Respbulikasi FAning Qoraqalpoq bо‗limi maqomi berildi. Uning tarkibida ilgari 3 ta institut mavjud bо‗lgan bо‗lsa, yana ikkita institut qо‗shildi. ―Tarix, arxeologiya va etnografiya‖ hamda ―Bioekologiya‖ institutlari ham shu bо‗lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‗i bо‗linmasiga esa bо‗lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Akademiyasi tarkibiga О‗zbekiston Sog‗liqni saqlash vazirligiga qarashli tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Qoraqalpoq tilida erishilgan yutuqlar hamda tо‗rt jildlik ―Qoraqalpoq tilining izohli lug‗ati‖ni yaratishdagi xizmatlari uchun Fanlar Akademiyasining 4 nafar ilmiy xodimi (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, T.Tо‗raboyev, D.Qozoqboyev) 1996-yilda О‗zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandilar.
Qoraqalpog‗iston Jо‗qorg‗i Kengesi va Vazirlar Kengashining ―Erkin Qoraqalpog‗iston‖, ―Qoraqalpog‗iston xabarlari‖ gazetalari, yozuvchilar uyushmasining ―Amudaryo‖ jurnali, ―Respublika Fanlar Akademiyasining Qoraqalpoq bо‗limi xabarlari‖ ilgarigidek muntazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respubikada hukumatga qarashli bо‗lmagan ―Orol qizlari‖ jumali chop etila boshladi.
Istiqlol yillarida Nukus shahrining 60 yilligi, Tо‗rtkо‗l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy о‗g‗lining 170 yilligi keng nishonlandi.
Ma‘lumki, о‗tgan asrning 50-60-yillariga qadar Orol dengizi kattaligi jihatidan dunyoda tо‗rtinchi dengiz hisoblanar edi. Sovet davrida paxta yakkahokimligi tufayli suv resurslaridan nooqilona foydalanilishi, Amudaryo va Sirdaryo о‗zanlariga suv omborlarining qurilishi va asosiy suv oqimining ekin maydonlariga sarflanishi tufayi 70-80-yillardan boshlab dengizning hududi keskin ravishda qisqarib keta boshladi. Shu tariqa ilmiy adabiyotlarda ―Orol muammosi‖ atamasi paydo bо‗ldi. Orolning qurish tufayli mintaqa flora va faunasi inqirozga uchrab, iqlim va atmosfera havosining buzilishi tufayli ekologik halokat yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‗ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko‗tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
1993-yil mart oyida Qizil О‗rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo‗lib o‗tdi va unda Orolni qutqarish xalqaro jamg„armasi ta‘sis etildi.
Orolni qutqarish masalasiga mintaqadagi davlatlardan О‗zbekiston ayniqsa faol
bо‗ldi. Jumladan, О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ikki marta (1993, 1995-yillarda) va hozirgi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevlarning ham ikki marta (2017, 2020) BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida xalqaro hamjamiyat diqqat-e‘tiborini ushbu masalaga qaratdilar.
O‗zbekiston tashabbusi bilan 2018-yilda BMTning Orolbo‗yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‗yicha ko‗p tomonlama sheriklik asosida ―Trast fondi‖ning tuzilishi, o‗zbek diplomatiyasining katta yutug‗i bo‗ldi.
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o‗rmonlar barpo etishga alohida e‘tibor berilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O‗zbekiston bo‗yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o‗rmonzor yaratilgan bo‗lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‗i aynan Orolbo‗yi hududida barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‗ra, Orol dengizining suvsiz hududida 2019-yilda yana 500 ming gektar o‗rmonzor barpo etildi.
Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‗iston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshirildi. Xususan, 2018-yilda Mo‗ynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bo‗lgan zamonaviy shaharcha bunyod etildi.
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida bo‗lib keldi. Jumladan 2020-yil 23-sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 yillik videokonferensiyasida nutq so‗zlab, dunyo jamoatchiligi diqqat-e‘tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
Prezidentimiz o‗z ma‘ruzasida Orolbo‗yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e‘lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta‘kidlab o‗tdi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin