О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə113/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:


JО„QORG„I KENGES – Qoraqalpog‗iston Respublikasining bir palatali qonun chiqaruvchi organi nomi. Qoraqalpog‗iston Jо‗qorg‗i Kengesi hududiy saylov okruglari bо‗yicha kо‗ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 75 nafar deputatdan iborat. Jо‗qorg‗i Kenges о‗z faoliyatini bir yilda kamida bir marta chaqiriladigan sessiyalar kо‗rinishida olib boradi.
SAVITSKIY MUZEYI - Qoraqalpog‗iston poytaxti Nukus shaahrida joylashgan Davlat san‘at muzeyi. Grafik rassom, О‗zbekistonda xizmat kо‗rsatgan san‘at arbobi, Qoraqalpog‗iston xalq rassomi Igor Vitaliyevich Savitskiy (1915- 1984) tashabbusi bilan 1966-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda muzey fondi 90 mingdan ortiq eksponatlardan tashkil topgan. ―Sahro marvaridi‖ deb nom olgan ushbu muzey 2003-yilda zamonaviy jihozlangan yangi binoga kо‗chirilgan. Mazkur muzey о‗plab xorijiy turistlarni о‗ziga jalb etadigan О‗zbekistonning eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi.
TRAST FOND – Orolbо‗yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bо‗yicha kо‗psheriklik asosida tuzilgan fond. 2018-yil noyabrda BMT shafeligida tashkil etildi. Fondni tashkil etish tashabbusi esa О‗zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi.
О‗zbekiston trast fondi doirasida amalga oshirish uchun 60 mln dollarga yaqin mablag‗dagi 19 ta loyihani tayyorladi. Ularning bir qismi Orol dengizining qurigan tubida о‗rmonzorlarni barpo etishga yо‗naltirish belgilandi.
2019-yil yanvar oyida О‗zbekiston hukumati fondga 6,5 mln dollarlik birinchi transhni о‗tkazdi. Norvegiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Shveysariya hukumatlari bilan mablag‗ ajratish tо‗g‗risida kelishuvlarga erishildi. Fond besh yil davomida 2 mln.dan ziyod kishi istiqomat qilayotgan hududda yangi ish о‗rinlarini ochish, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarni yaxshilash uchun 123,2 mln dollar jalb qilishni rejalashtirilgan.
EKOSAN – notijorat, nodavlat (nohukumat) tashkiloti. Ekologiya va salomatlik xalqaro jamg‗armasining 1992-yili ta‘sischilar konferensiyasida tashkil qilingan. Jamg‗arma 14 mintaqaviy va 200 tuman (shahar) bо‗limlariga ega. Korxona, tashkilot va о‗quv muassasalarida qariyb 2,5 mln. jamg‗arma faollari mavjud. Bir qator xorijiy mamlakatlarda (AQSH, Germaniya, Yaponiya, Pokiston, Shvetsariya, MDH mamlakatlari) jamg‗arma bо‗limlari tuzilgan.
―EKOSAN‖ning asosiy vazifalari ekologik muammolarni har tomonlama о‗rganish, bu borada ilmiy konsepsiya ishlab chiqishga va shu maqsadda barcha kuchlarni birlashtirishga kо‗maklashish, ekologik madaniyat, ekologik tafakkurni tarbiyalash, aholini atrof-muhit tо‗g‗risida xabardor qilish, buning uchun xalqaro uchrashuvlar, kо‗rgazmalar, ekologik masalalar bo‘yicha turli xalqaro tashkilotlar, kompaniyalar bilan aloqa о‗rnatib ish olib borishdir. Jumladan, BMT, YEXHT, YUNISEF, Xalqaro sog‗liqni saqlash tashkiloti, YUNESKO va boshqa tashkilotlar bilan EKOSAN yaqin hamkorlikni yо‗lga qoygan.
Ushbu jamg‗arma har yili ―EKOSAN salomatlik poyezdi‖ tashkil qilinishi munosabati bilan, ekologik jihatdan og‗ir ahvoldagi hududlarda 200 mingga yaqin kishiga malakali tibbiy yordam kо‗rsatilmoqda, insonparvarlik yuklari yetkazib berilmoqda. Har yili ―Ekologiya va salomatlik kunlari‖ о‗tkazilmoqda. ―ASPERA‖ nomli tashkilot bilan hamkorlikda ―Orol atrofida yashovchi onalar va bolalar‖ga ekologik hamda mintaqaviy yordam berilmoqda.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin