О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


-2021-yillad davomida mamlakatimizda zamonaviy transport- kommunikatsiya tizimini rivojlantirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə50/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

1991-2021-yillad davomida mamlakatimizda zamonaviy transport- kommunikatsiya tizimini rivojlantirish soxasida ham qator islohotlar amalga oshirildi. Chunonchi, respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat kо‗rsatish sifatini tubdan yaxshilash va sohani boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida ―О‗zbekiston havo yо‗llari‖ milliy aviakompaniyasi (1992-yil 28-yanvar), ―О‗zbekiston avtomobil transporti‖ (―О‗zavtotrans‖) davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil 8-yanvar, 1998-yil 11-iyuldan О‗zbekiston avtomobil va daryo transporti agentliti), ―О‗zbekiston temir yо‗llari‖ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil 7-noyabr) kabi idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korporatsiyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik va masuliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yо‗llari qurish, mavjudlarini xalqaro andozalarga moslashtirish, yо‗llarni saqlash va ta‘mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat hududlarini xalqaro magistrallar bilan bog‗laydigan yо‗llar qurish masalalariga e‘tibor kuchaydi. 1996- yildan Toshkent-Andijon-О‗sh magistralining 100 km.dan ortiq tog‗li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. Qamchiq va Rezak tonellari foydalanishga topshirildi. Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz va Samarqand- Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi avtomobil yо‗li, Yevropani Kavkaz orqali Osiyo bilan bog‗laydigan avtomobil yо‗li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yо‗lagi)ning respublika hududidan о‗tadigan qismini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi. О‗zbekistonni Qozog‗iston orqali Rossiya Federatsiyasi bilan bog‗laydigan 340 kilometrli Qо‗ng‗irot-Beynov avtomobil yо‗li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
2020-yil noyabr xolatiga kо‗ra mamlakativiz hududida 42 869 km. uzunlikdagi yо‗llar mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yо‗llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yо‗llar 14 203 km. va mahalliy ahamiyatdagi yо‗llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.
О‗zbekistonning yagona temir yо‗l tarmog‗ini vujudga keltirish bо‗yicha 1994-2002-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog„-Nukus temir yо‗li qurib bitkazildi. 1996-yil 13-may kuni uzunligi 295 km bo‗lganTajan-Seraxs-Mashhad temir yo‗li qurilib ishga tushirildi. 2007-yil 24-avgustda “Toshg„uzor-Boysun-Qumqо„rg„on” temir yо‗li ochildi. 223 kilometrdan iborat bu yо‗l qisqa davrda, hammasi bо‗lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga tushirildi. 2011-yil 30-avgustda “Toshkent-Samarqand” yо‗nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi ishga tishirildi. Poyezd 2015-yil 5-
sentabrda Qarshiga, 2016-yil 15-sentabrda Buxorogacha yetib bordi. Bu esa Toshkentdan Buxorogacha bо‗lgan 600 kilometrlik masofa 8 soatdan 3 soat 20 minutga qisqartirdi.
2016-yil 22-iyun kuni uzunligi 123,2 km, tunel uzunligi 19,2 km, dengiz sathidan 1456 m balandlikdan о‗tgan Angren-Pop temir yoli ishga tushirildi.
Istiqlol yillarida ―О‗zbekiston havo yо‗llari‖ aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‗ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi. Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro aeroport hisoblangan Toshkent aeroportida 3-ta terminal qurib ishga tushirildi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
Iqtisodiyotimizning qon tomiri bо‗lmish transport-kommunkatsiya sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2019-yil 1-fevralda O‗zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‗zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin