О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə51/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:
AGRAR (lotincha agros – yer, dala) – yerga, yerdan foydalanishga, unga egalik qilishga oid munosabatlarda ishlatiladigan sо‗z.
BIZNES (inglizcha ―business‖ – faoliyat, mashg‗ulot) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan hо‗jalik faoliyati; sohibkorlik-tijorat ishlari bilan shug‗ullanish, pul topish maqsadida biror ish bilan band bо‗lish. Biznes tovar ishlab chiqarish va uni sotish, xizmat kо‗rsatish, transport va boshqa sohalardagi faoliyatdir. Biznes xо‗jalik yuritish kо‗lamiga qarab yirik, о‗rta va mayda turlarga bо‗linadi. Yirik biznesga asosan ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band bо‗lgan, о‗rta biznesda 20-500 kishi band bо‗lgan korxona va firmalar, mayda biznesga 10-20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalar kiradi.
BOZOR IQTISODIYOTI – kо‗pchilik xalqlarga manzur bо‗lgan va ular kelajagini ta‘minlovchi hozirgi davrga xos umuminsoniy iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faoliyatda erkinlikka, xо‗jalik yuritishda oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik iqtisodiyotdir.
Bozor iqtisodiyotining о‗ziga xos rivojlanish mexanizmi bor. U iqtisodiy stimullarga, ya‘ni kishilarning tо‗q va xotirjam yashash, obrо‗-e‘tiborga ega bо‗lish, hayotda о‗z о‗rnini topish kabi manfaatlarini yuzaga chiqarishga asoslanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy rag‗batlantirish mexanizmidir. Bozor iqtisodiyotiga xos belgilardan biri erkin, ya‘ni liberallashgan narxlarning bо‗lishi va hamisha narxni hisobga olib, foyda-zararni nazarda tutgan holda ishlashdir.
DIVERSIFIKATSIYA (lotincha ―diversus‖ – turlicha, ―facare‖ – qilmoq) –

  1. iqtisodiyotda har tomonlama kengayish, qо‗shimcha tarmoq yaratish, tarmoqlar sonini oshirish. Ya‘ni mavjud iqtisodiy sharoitdan kelib chiqib, korxonaning ilgarigi tovarlariga о‗xshash yoki ilgari ishlab chiqargan maxsulot xiliga texnologik aloqasi bо‗lmagan yangi maxsulotlarni ishlab chiqarishga о‗tish; 2) pedagogikada ta‘lim tizimini tashkil etish tamoyili. Ta‘lim muassasasini ko‗p variantli tarzda tashkil qilish imkonini beradi va ta‘minlaydi, bir tomondan jamiyat

va ishlab yaiqarish talablarini, shaxsning manfaati va ehtiyojlarini maksimal darajada qondiradi, ya‘ni yagona davlat ta‘lim tizimidan chetga chiqish imkonini beradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin