xavfsizlikxizmatiningchegaraqo„shinlariBosh boshqarmasiga aylantirildi.
1993-yil 29-dekabr
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan qabul
qilingan qonunga muvofiq 14-yanvar–“Vatan himoyachilari kuni” deb e‘lon qilindi.
1993-yil
O‗zbekistonda birinchi marta jinoyatchilikning o‗sishini to‗xtatish, hatto uning umumiy sonini 1992-yilga nisbatan 3,9 foizga kamaytirishga erishildi. 1993-yilda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi 1992-yilga nisbatan 8,8 foizga, jinoyatlarning og‗ir turlari xisoblangan qotillik 0,6 foizga, tanga og‗ir shikast yetkazish 6 foizga, bosqinchilik 16 foizga, talonchilik 18 foizga, davlat va jamoat mulkini o‗g‗irlash 35,4 foizga, shaxsiy mulkni o‗g‗irlash 14,4 foizga
kamaytirildi.
1993-yil
Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligiYong„inxavfsizligi oliytexnikmaktabi tashkil etildi.
1994-yil 18-mart
Jizzaxaviatsiyaoliyharbiybilimyurti tashkil etildi.
1994-yil
O‗zbekiston Respublikasi Ichkiishlarvazirligi Akademiyasi tashkil etildi
1994-yil 15-avgust
O‗zbekiston Jinoyat politsiyasi xalqaro tashkiloti –
Interpolga a‘zo bo‗ldi.
1995-yil may
Davlat va jamiyat xavfsizligini ta‘minlash, mamlakat milliy xavfsizlik strategiyasini shakllantirish va uni izchil hayotga tatbiq etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Milliy xavfsizlik kengashituzildi. Milliy xavfsizlik Kengashi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi maslahatlashuv organi hisoblanadi.
1995-yil 30-avgust
“O„zbekistonRespublikasiningHarbiyDoktrinasi to„g„risida”gi Qonun qabul qilindi.
1995-yil 2-sentabr
O‗zbekiston Respublikasi QurolliKuchlarAkademiyasi о‗z faoliyatini boshladi.
1996-yil 4-mart
O‗zbekiston Respublikasi FavquloddaVaziyatlarVazirligi tuzildi.
1996-yil 24-aprel
“Milliyxavfsizlikto„g„risida”gi O‗zbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilindi.
1996-yil 9-oktabr
Prezident Farmoni bilan O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat, Intizom, Garnizon qorovullik xizmatlari nizomlari tasdiqlandi.
Mudofaa vazirining buyrug‗i bilan Saf Nizomi harbiy
hayotga joriy etildi.
1997-yil 30-avgust
O„zbekistonRespublikasiningMilliyxavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi.
1999-yil 13-yanvar
Prezident Farmoni bilan chegara qo‗shinlari Bosh shtabi negizida O„zbekisgon Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo„mitatashkil etildi. Milliy xavfsizlik xizmati tarkibidan chegara qo‗shinlari chiqarilib, O‗zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya
qiluvchi qo‗mita tasarrufiga berildi.
1999-yil 16-fevral
Qurollangan bir necha terroristlar Toshkent shahrida portlashlarni amalga oshirdilar. Natijada 16 nafar begunoh inson hayotdan ko‗z yumdi. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va qator davlat idoralari va tinch
aholining turar-joy binolariga jiddiy shikast yetkazildi.
1999-yil 12-aprel
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
―Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta‘minlash Konsepsiyasi to‗g‗risida‖gi Qarori qabul qilindi.
1999-yil 20-avgust
“O„zbekistonRespublikasiningDavlatchegarasi to„g„risida”gi Qonun qabul qilindi.
1999-yil avgust
O‗zbekiston Respublikasining Qirg‗iziston va Tojikiston bilan tutashgan janubi-sharqiy chegaralarida yana notinch vaziyat yuzaga keldi. Terroristik guruhlar Botken va So‗x
tumanlari orqali O‗zbekistonga suqulib kirishga urindilar.
1999-yil
15-16-noyabr
Bir necha terroristlar Angren tog‗ tizmalari orqali respublika
ichkarisiga kirishga va bu yerda notinch vaziyatni yuzaga keltirishga urindilar.
2000-yil 3-fevral
O‗zbekiston Respublikasining Mudofaadoktrinasi qabul
qilindi.
2000-yil 21-aprel
Toshkentda Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston va O‗zbekiston rahbarlari tomonidan “Terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va mamlakatlarning xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan mavjud bo„lgan boshqa tahdidlarga qarshi birgalikdagi xatti-harakatlar to„g„risida”gi Shartnoma imzolandi. Bu XXI asr boshlarida Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik
tizimini shakllantirish yo‗lidagi muhim qadam bo‗ldi.
2000-yil 26-may
O‗zbekiston Respublikasining ―Fuqarolik himoyasi
to‗g‗risida‖gi Qonuni qabul qilindi.
2000-yil avgust
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani tog‗li hududlariga Tojikiston orqali jangarilar guruhi kirib kelgani aniqlandi. Ikki oy davom etgan qidiruv ishlari va o‗tkazilgan
harbiy operatsiyalar natijasida Sariosiyo va Uzun tumanlari hududiga joylashib olgan jangarilar guruhi yo‗q qilindi.
2000-yil 18-avgust
Toshkent viloyatining tog‗li Bo‗stonliq tumaniga jangarilar
guruhi bostirib kirganligi aniqlandi. Ichki ishlar vazirligi qo‗shinlarining Toshkent maxsus tezkor harakatlar batalyoni harbiylari tomonidan Bo‗stonliq va Ohangaron tumanlarining tog‗li hududlarida amalga oshirilgan
operatsiyalar natijasida 15 nafar jangari yo‗q qilinib, katta miqdordagi qurol-aslaha va o‗q-dorilar qo‗lga kiritildi.