О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə140/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

13-MAVZU:

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV RAHBARLIGIDA YANGILANAYOTGAN
O„ZBEKISTON: MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI.



Reja:

  1. Shavkat Mirziyoyev yangi O„zbekiston Prezidenti.

  2. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining sifat bosqichiga o„tishida Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarining o„rni.

  3. O„zbekiston tashqi siyosatida yangi yo„l.



Tayanch tushunchalar: Bosh vazir virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari, “Yagona darcha”, Davlat xizmatlari agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurash, Harakatlar strategiyasi, Korrupsiyasiz meditsina, Korrupsiyasiz ta‟lim, Ta‟limda shaffoflik, Ochiq, shaffof ichki va tashqi siyosat. Matbuot erkinligi, Innovatsiya, Investitsiya, “Uchinchi renesans”, Ichki va xalqaro turizm, Ziyorat turizmi, “Obod qishloq” dasturi, “Obod mahalla” dasturi.

Islom Abdug‗aniyevich Karimov mustaqil O‗zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda ―O‗zbek modeli‖ degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‗lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‗-e‘tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‗chmas va yorqin iz qoldirdi.


Xalqimiz o‗zining chorak asr davomida erishgan barcha yutuq va marralarini aynan Prezident Islom Karimov nomi bilan bog‗laydi va shu ulug‗ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi.
2016-yil 2-senyatbr kuni O‗zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‗aniyevich Karimovni so‗nggi yо‗lga kuzatdik. Bu judolik bir muddat xalqimizning ruhini tushirdi. Tashvishlar, g‗amlar, quvonchlarning bari bir muddat unutilgan. Endi nima bo‗ladi? degan savol hammani birdek o‗ylantirib qo‗ygan edi. Hattoki odamlar uyidagi kundalik yumushlarini unutib, oynai jahon qarshisida mung‗ayib o‗tirishardi.
O‗zining yo‗lboshchisiga, O‗zbekiston degan davlatni yo‗q yerdan paydo qilib, bugun-butun dunyo davlatlari orasida tenglar ichra teng bo‗lishiga erishgan, yuz yillar mobaynida mustamlakachilikda, arosatda, ta‘bir joiz bo‗lsa, qullikda yashagan xalqqa yorug‗ dunyoni, farovon hayotni taqdim qila olgan insonga bo‗lgan hurmatini butun dunyo ko‗rdi.
Albatta, bu о‗zgarishlarning tepasida buyuk yo‗lboshchimizning munosib vorisi, ishonchli shogirdi shunday jamiyatni, shunday davlatni barpo etishda Islom Karimov bilan yelkama-yelka turib, har qanday og‗irliklarni yengishda sabot va matonat bilan mehnat qilib kelayotgan Mirziyoyev Shavkat Miromonovich turgani
xalqimizga dalda bо‗ldi. Xalqimizning oldida turgan oxiri yo‗q savollarga javob va ertangi kunga ishonch paydo bо‗ldi.
2016-yil 4-dekabrda bо‗lib о‗tgan Prezidentlik saylovlarida xalqimiz katta ishonch bilan birinchi Prezidentimiz ishlarining haqiqiy davomchisi bо‗lgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini qо‗llab ovoz berdi.
Shavkat Mirziyoyev xalqimiz uchun qiyin bо‗lgan kunlarda (2016-yil sentabr- noyabr), saylovoldi uchrashuvlar va yig‗ilishlarda tashabbuskor-islohotchi lider sifatida о‗zini namoyon qila oldi va xalq ishonchini qozonib О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‗jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab katta o‗qituvchi, dotsent, o‗quv ishlari bo‗yicha prorektor lavozimigacha bо‗lgan yо‗lni bosib о‗tdi. 1990-yili Respublika Oliy Kengashi deputatligiga saylanib, bir vaqtning o‗zida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‗rsatdi. 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‗bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi. Ayni vaqtda 1995-2003-yillarda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi. Shavkat Mirziyoyev 2003- yilda O‗zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlandi va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.
2016-yil 2-sentabrda O‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Sh.Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini o‗tkazish bo‗yicha komissiyaga rais etib tayinladi. 2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nig‗matilla Yo‗ldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas‘uliyatini o‗zidan soqit qilib, о‗z o‗rniga Mirziyoyevni tavsiya qildi.
2016-yil 19-oktabr kuni O‗zbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII syezdi bo‗lib o‗tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a‘zosi Sh.Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash to‗g‗risidagi qaror qabul qildi.
2016-yil 4-dekabr kuni bo‗lib o‗tgan Prezident saylovlarida saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va 2016- yil 14-dekabrdan rasman o‗z vazifasini bajarishga kirishdi.
Shavkat Mirziyoyev o‗zining ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi samarali mehnatlari uchun qator mamlakatimiz va xorijiy davlatlarlarning orden va mukofotlariga sazovor bo‗lgan. Mehnat shuhrati ordeni (1998), Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007), Danaker ordeni (Qirg‗iziston, 2017), 1- darajali Do‗stiq ordeni (Qozog‗iston, 2018), AQSH-O‗zbekiston savdo palatasining mukofoti (2017), Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018), Osiyo jurnalistlar uyushmasining ―Yil kishisi‖ mukofoti (2018), Nagoya universiteti faxriy doktori (2019) va Turk dunyosini tiklashga qo‗shgan ulkan hissasi uchun mukofotilari shular jumlasidandir.
SH.Mirziyoyev yangilangan O‗zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining dolzarb masalalari va ularning yechimiga qaratilgan qator nutq va asarlar muallifi. Prezidentimizning 2016-yildan bugungi kunga qadar quyidagi asarlari nash etilgan: 1.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‗zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz (O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‗ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‗shma majlisidagi
nutq) – Toshkent.: O‗zbekiston, 2016. -56 b.


  1. Yüklə 0,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin