О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə148/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:


DAVLAT XIZMATLARI AGENTLIGI – tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga markazlashtirilgan tartbda rо‗yxatdan о‗tkazish va ularga
huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan agentlik. Mamlakatimizda 2003-yildan boshlab tadbirkorlik subyektlarini ―Yagona darcha‖ tamoyili asosida rо‗yxatdan о‗tkazish uchun shahar, tuman hokimliklari huzurida maxsus inspeksiyalar tashkil etilgan edi. 2016-yil 1-yanvardan boshlab esa ular negizida Davlat xizmatlari kо‗rsatish markazlari tashkil etiladi.
2017-yil 1-fevraldan Yagona markazlarning tumanlar (shaharlar) hokimliklari tuzilmasidan О‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga о‗tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish bо‗yicha keyingi qadam bо‗ldi. 2017-yil 12-dekabrda Prezident Farmoni asosida О‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi va u 2018-yil 1-apreldan o‘z faoliyatini boshladi. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  1. jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari kо‗rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  2. ortiqcha ma‘muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari kо‗rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

  3. Davlat xizmatlari yagona reyestrini shakllantirish, ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

  4. davlat xizmatlari kо‗rsatishda foydalaniladigan axborot tizimlari, resurslar va ma‘lumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy etish va integratsiya qilishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

  5. davlat xizmatlari kо‗rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslari va ma‘lumotlar bazalarini joriy etish bо‗yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholash;

  6. davlat xizmatlari kо‗rsatishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etishni tashkil qilish, ushbu sohada qonunchilik va huquqni qо‗llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2018-yilda davlat xizmat turlari 37 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib ular soni 157 taga yetdi. 2021-yil 10-mayda Prezidentimiz davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi ishlar natijasi bilan tanishish jarayonida davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 200 taga yetkazish vazifasi belgilandi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin