О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


Ijtimoiy sohani rivojlantirish yо„nalishida



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə145/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Ijtimoiy sohani rivojlantirish yо„nalishida 2017-yilda amalga oshirilgan islohotlar “Hamma narsa inson manfaatlari uchun” tamoyili ostida olib borildi. Qishloq joylarida yangi na‘munaviy loyihalar asosida 19.610 ta arzon uy-joylar qurildi. Shaharlarda 9 mingdan ziyod oila yangi kvartiralar bilan ta‘minlandi. Har bir tuman va shaharda “Toza hudud” korxonasi tashkil etildi. Minglab kilometr ichki yо‗llar qurilib ta‘mirlandi. Uy-joy kommunal xizmat kо„rsatish vazirligi tashkil etildi.
Sog‗liqni saqlash sohasida 1373 ta qishloq vrachlik punkti qisqartirilib, о‗rniga 793 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 441 ta tez tibbiy yordam shahobchalari ochildi.
Ta‘lim tizimida Maktabgacha ta‘lim sohasini isloh qilishning 5 yillik dasturi qabul qilindi. Maktabgacha ta‟lim vazirligi tashkil qilindi. 2017-yil sentabrdan maktablarda 11 yillik ta‘lim joriy qilindi. Oliy ta‘lim muassasalariga qabul kvotasi
15 % ga oshirildi. Chirchiq padagogika instituti, Toshkent agrar universitetning Termiz filiali, Toshkent texnika universitetining 2 ta mintaqaviy filiali, San‟at va madaniyat institutining Farg„ona filiali tashkil etildi.
Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etildi. О‗zFAning Navoiy shahrida bо‗limi ochildi. Oliy ta‘limdan keyingi ikki pog‗onali tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DC) tizimi joriy etildi
Madaniyat va sport sohasida Madaniyat ishlari vazirligi negizida Madaniyat hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi. Vazirlik huzurida
О„zbekkonsert” davlat muassasasi va Madaniyat va san‟atni rivojlantirish jamg„armasi ta‘sis etildi.
Xalqaro Islom sivilizatsiyasi markazi” tashkil etilib, Toshkent shahrida keng kо‗lamli qurilish ishlari boshlandi. Ijodkorlarni qо‗llab-quvvatlash maqsadida “Ilhom” jamoatchilik fondi tashkil etildi.
Yoshlarga oid davlat siyosati bо‗yicha “О„zbekiston Yoshlar ittifoqi” tashkil etildi. Barcha darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, mahallalarda yoshlar masalalari bо‗yicha о‗rinbosar shtatlari tashkil etildi. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini о„rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Faol yoshlar uchun “Mard о„g„lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali ta‘sis etildi.
2018-yilda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 53 mingdan ziyod arzon uy-joylar va kvartiralar qurildi. Turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muxtoj 65 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta‘minlandi. Nogironligi bо‗lgan, boquvchisini yо‗qotgan, ehtiyojmand va nochor 21500 dan ziyod oila arzon uy-joylar bilan ta‘minlandi. Sog‗liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bо„lgan shaxslarni qо„llab-quvvatlash jamg„armasi tashkil etildi.
Har bir oila – tadbarkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida 2600 dan ortiq biznes loyiha amalga oshirildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari doirasida 416 ta qishloq butunlay yangi qiyofa kasb etdi.
Vaziralr Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi tashkil etildi (2018-yil 2-fevral). “Sog„lom oila – sog„lom jamiyat” g‗oyasini hayotga tadbiq etish, oila reproduktiv salomatligini kompleks о‗rganish uchun uslubiy tavsiyalar ishlab siqish va samarali tadbiq etish, notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli rо‗yxatlarini tuzish, ma‘naviy-ahloqiy muhitini sog‗lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, milliy mentalitetga zid bо‗lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi kurashish ushbu markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.
2019-2025-yillarda Sog„liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining soni 16 taga yetdi, viloyatlarda markazlarning 10 ta filiali tashkil etildi, tumanlarda 306 ta ixtisoslashtirilgan bо‗limlar faoliyati yо‗lga qо‗yildi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarining soni 1400 taga kо‗payib 6367 taga yetdi. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi xususiy maktabgacha ta‘lim maskanlari 2 baravar kо‗payib 568 tani tashkil etdi.
Maktab о‗qituvchilarining ish yuklamasi aniqlashtirildi va ularga uy-joy, yer uchastkasi, maishiy texnika, avtomashina xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yо‗lga qо‗yildi.
2017-2018-yillarda 5 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi hamda 12 ta xorijiy oliy о‗quv yurtlarining filiallari tashkil etildi. Yetakchi xorijiy ta‘lim muassasalarida qadrlar tayyorlash va malakasini oshirish uchun “El-yurt umidi” jamg‗armasi tashkil etildi.
2019-yilda yirik loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 266,3 mingta ish о‗rni yaratildi. Ishsizlik darajasi bо‗yicha respublika kо‗rsatkichi 9,1% ni tashkil etdi.
Har bir oila – tadbarkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida 252,7 mingdan ortiq aholi tadbirkorlikka jalb qilindi.
Sog‗liqni saqlash sohasida viloyatlardagi kо‗p tarmoqli tibbiyot markazlari 14 ta statsionar va mobil raqamli rentgen, 8 ta MRT (1,5 tesla) bilan jihozlandi. Respublika hamda 6 ta hududiy onkologiya muassasasi 6,5 mln AQSH dollariga teng 2 turdagi 15 ta gamma terapiya uskunalari bilan jihozlandi.
2019-yilning 1-oktabr xolatiga kо‗ra respublikamizda tibbiyot muassasalari soni 5 100 taga yetdi.
Mazkur yilda shuningdek, Maktabgacha ta‟lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinib, 2030-yilgacha bolalarni MTM bilan qamrab olish 80,8% ga yetkazish belgilandi. Respublikada MTM soni 11 397 tani (5854 ta davlat, 5543 ta nodavlat) tashkil etilib, 2.701.462 nafar (52%) bola maktabgacha ta‘limga qamrab olindi.
Xalq ta‘limi tizimiga 12.871 nafar erkak о‗qituvchi maktablarga qaytarildi hamda ularning soni 133.320 nafarni (30%) tashkil etdi. Barcha maktablar 11 yillik ta‘limga tо‗liq о‗tdi. Toshkent, Nukus, Xiva va Namangan shaharlarida Prezident maktablari va 3 ta ijod maktabi о‗z faoliyatini boshladi.
2019-yilda 19 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi (6 ta mahalliy, 9 ta xorijiy) tashkil etildi. Qabul parametrlari 120.518 nafarni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 20% ga kо‗paytirildi. Maqsadli qabul tizimi joriy etildi.
Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yо‗nalishi bо‗yicha amalga oshirilgan islohotlar O„zbekiston tashqi siyosatida Yangi yo„l bо„ldi.
Ushbu yо‗nalishda 2017-yil Mudofaa sanoati davlat qо„mitasi tuzildi. Davlat chegarasini muhofaza qilish va qо‗riqlash tizimini takomillashtirish bо‗yicha kompleks tashkiliy-amaliy choralar amalga oshirildi. Ichki ishlar tizimi tubdan isloh qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qayta tashkil etildi. “Armiya va xalq birligi” tamoyiliga tayanib respublika barcha ta‘lim muassasalarida о‗ziga xos noyob – uzluksiz harbiy-vatanparvarlik ta‘limining yaxlit tizimi yaratildi. Qurolli Kuchlar Akademiyasi butunlay yangidan shakllantirildi.
Markaziy Osiyo – tashqi siyosatning bosh ustuvor yо„nalishi” tamoyili bо‗yicha 2017-yil davomida О‗zbekiston Prezidenti tomonidan mintaqadagi davlat rahbarlari bilan 20 ta uchrashuv va muzokara, 8 ta davlat tashrifi va 4 ta amaliy tashriflar uyushtirildi. “Toshkent-Olmaota” yо‗nalishi bо‗yicha temir yо‗l qatnovi, Toshkent va Dushanbe о„rtasida avia qatnovlar yо‗lga qо‗yildi.
2017-yil noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalariga bag„ishlangan xalqaro konferensiya о‗tkazildi. Qо‗shni davlatlar bilan о‗zaro dо‗stona siyosiy muhit, о‗zaro ishonch va dо‗stlik aloqalari mustahkamlandi.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor О‗zbekiston Prezidenti sifatida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq sо„zladi. BMT Bosh Assambleyasi, SHHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan
muzokaralar va Xitoyda bо‗lib о‗tgan “Bir makon, bir yо„l” forumida О‗zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qо‗llab-quvvatlandi.
2018-yilda О‗zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin