О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


Birinchi ustuvor yо„nalish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə142/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Birinchi ustuvor yо„nalish – Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
Ikkinchi ustuvor yо„nalish – Qonun ustuvorligini ta‘minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
Uchinchi ustuvor yо„nalish – Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
Tо„rtinchi ustuvor yо„nalish – Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Beshinchi ustuvor yо„nalish – Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash hamda chuqur o‗ylangan, o‗zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev davrida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etilishini ana shu beshta ustuvor yо‗nalishlar kesimida qisqacha tahlil qilsak.
Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida 2017- yildan boshlab “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi hayotga tadbiq etila boshlandi. Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning roli oshirilib, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish va ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bо‗yicha vakolatlari yanada kengaytirildi. Deputat va senatorlar bevosita joylarga chiqib, xalqning turmush darajasidan xabardor bо‗lish, odamlarni qiynayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda bevosita ishtirok eta boshladi. Yoshlar masalalari hamda Oila va ayollar masalalari bо‗yicha Parlament komissiyalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis palatalaridagi doimiy vakili lavozimi ta‘sis etildi. Toshkent shahrida tumanlar darajasida xalq deputatlari Kengashlari ta‘sis etildi. Mahalliy kengashlarga hokimlarning hisobotlarini eshitish tizimi yangicha, xalqchil kо‗rinishda yо‗lga qо‗yildi.
Davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida bir qator yangi vazirlik va idoralar (Uy-joy kommunal xizmat kо„rsatish, Maktabgacha ta‟lim, Tashqi savdo vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qо„mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi) tashkil etildi. Ma‘muriy islohotlar konsepsiyasi (2017-yil sentabr) qabul qilindi va unga kо‗ra 100 dan ortiq davlat va xо‗jalik boshqaruvi organlari faoliyatini qayta kо‗rib chiqildi.
Davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning roli kuchaytirildi. “Elektron hukumat” tizimi takomillashtirilib, davlat xizmatlari kо‗rsatish sifati oshirildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” g‗oyasi ostida “Fuqarolar emas, xujjatlar harakatlanadi” degan tamoyilni hayotga joriy etish maqsadida Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy bо‗linmalari tashkil etildi (2017-yil 12- dekabr). Davlat xizmatlari markazlari orqali 2018-2020-yillarda tadbirkorlar va fuqarolarga “yagona darcha” tamoyili bо‗yicha xizmatlar kо‗rsatiladigan 58 ta davlat xizmatlari rо‗yxati shakllantirildi.
Mazkur yilda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bо‗yicha yangi tizim – sektorlar faoliyati yо‗lga qо‗yildi. Ularga tegishli hudud hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan bо‗ldi.
Mahalla institutini takomillashtirish borasida MFY xodimlari soni 2 baravariga oshirildi, Fuqarolar yig‗ini raisi о‗rinbosari – yoshlar masalalari bо‗yicha maslahatchi lovozimi joriy etildi, “Mahalla iftihori” kо‗krak nishoni ta‘sis etildi.
Aholi murojaatlari bilan ishlash masalasida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. 1000 – ―Ishonch telefoni‖ xalq e‘tirofini qozondi.
2018-yilda Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unga kо‗ra qonunlar, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qо‗llash uchun qо‗shimcha ichki idoraviy xujjatlar qabul qilish amaliyotiga barham berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Fuqarolarning sog„lig„ini saqlash masalalari qо„mitasi tashkil etildi.
―О‗zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Prezident Farmoni (2018-yil 1-avgust) bilan Qoraqalpog‗iston Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiga 10 mln AQSH dollaridan kо‗p bо‗lmagan ekvivalentda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini mustaqil tuzish huquqi berildi. Hokimlar tomonidan yer uchastkasini muddatli ijaraga berish muddati 3-10 yildan 50 yilgacha berish huquqi berildi.
Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi va fuqarolarga parlament va mahalliy kengashlarga elektron jamoaviy murojaat berish imkoniyati yaratildi.
Prezidentning yangilangan Virtual qabulxonasi ishga tushirildi. “Onlayn maslahatchi” moduli yaratilib, jami 94 ta davlat tashkiloti va idoralari mazkur modulga birlashtirildi. Davlat xizmatlari agentligi faoliyati takomillashtirilib uning soni filiallar bilan birga 231 taga yetkazildi. Davlat xizmatlari markazlarida “yagona darcha” tamoyili asosida kо‗rsatiladigan 58 ta davlat xizmati rо‗yxati tasdiqlandi va kо‗rsatilgan xizmatlar turi 100 taga yetdi.
2019-yilda ―О‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga о‗zgartirish va qо‗shimchalar qiritish tо‗g‗risida‖gi qonun qabul qilinib (2019-yil 2-mart), unga kо‗ra:
-Bosh vazir о‗rinbosarlari, vazirlar va davlat qо‗mitalari raislari nomzodlarini Bosh vazir taqdimiga binoan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma‘qullash va Prezident tomonidan tasdiqlash tartibi belgilandi;
-Hukumat a‘zoligiga nomzodlarga sohani rivojlantirish bо‗yicha istiqbolga mо‗ljallangan harakat dasturi bilan deputatlar oldida chiqish tartibi joriy etildi;
-Viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan bо‗ldi;
-Qonunchilik palatasida “Hukumat soati”ni о‗tkazib borish amaliyoti yо‗lga qо‗yildi;
-Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida alohida Sud huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qо„mitalari tashkil etildi;
2019-yil 1-avgustdan eksperement sifatida qurilish va oliy ta‘lim “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirila boshlandi. 1-sentabrdan yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta‘lim berila boshlandi.
5 ta qonun unifikatsiya qilinib yaxlit О„zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi qabul qilindi. Unga muvofiq:
-Qonunchilik palatasida О„zbekiston Ekologik harakati vakillariga kvota ajratish tartibi bekor qilindi;
-siyosiy partiyalarga saylovda qatnashish huquqini beruvchi imzo yig‗ish jarayonida saylovchilar tomonidan bir necha partiyalarni qо‗llab imzo qо‗yishlari mumkinligi belgilandi;
-ijtimoiy xavfi katta bо‗lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan saylovda ishtirok etishni cheklovchi normalar olib tashlandi;
-Markaziy saylov komissiyasi a‘zolarining maqomi Parlament deputatlari a‘zolariga tenglashtirildi.
Hukumat islohotlari doirasida Bosh vazir о‗rinbosarlarining bir vaqtning о‗zida aksionerlik jamiyatlari, kompaniyalar va davlat ulushi mavjud boshqa tashkilotlarga rahbarlik qilish amaliyoti bekor qilindi.
О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xorijiy investorlar kengashi tashkil etildi. Energetika va Transport vazirliklari tashkil etildi (2019-yil 1-fevral).
24 ta davlat xizmatlari elektron shaklga о‗tkazilib, xizmatlar soni 157 taga yetkazildi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin