О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə147/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

О„zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‗iston
Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi. О‗zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” hayriya jamoat fondi tashkil etildi.
2018-yil 22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida Inson huquqlari bо„yicha Osiyo forumi bо‗lib о‗tdi. Anjuman yakunida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
2019-yilda millatlararo totuvlik va diniy bag‗rikenglikni ta‘minlash borasida “Xalq baxshichilik san‟ati festivali” (5-10-aprel, Termiz), “Sharq taronalari” musiqiy festivali (26-30-avgust, Samarqand) va “Birinchi xalqaro xunarmandchilik festivali” (10-15-sentabr, Qо‗qon), Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – umumiy uyimiz” mavzusidagi xalqaro konferensiya о‗tkazildi.
Ayni paytda О‗zbekistonda jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon, 166 tasi xirstian, 8 ta yahudiy tashkiloti, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishna jamiyati, 1 ta budda ibodatxonasi va О‗zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyatlaridir.
О‗zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi.
―Umra‖ qiluvchi fuqarolar soni 30 000 taga yetdi. ―Haj‖ ziyoratchilari soni esa 5000 dan 7,200 taga kо‗paydi. Masjidlar soni 2066 taga yetdi.
2019-yilda Prezident topshirig‗iga kо‗ra 2 ta “Mehr” va “Mehr-2” insonparvarlik aksiyalari о‗tkazilib, 261 nafar О‗zbekiston fuqarosi Yaqin Sharq va Afg‗onistondagi qurolli mojarolar kechayotgan hududlardan о‗z vatanlariga qaytarildi.
Ashxabodda bо‗lib о‗tgan MDH sammitida О‗zbekiston birinchi marta 2020- yil MDHga raislik qilishi haqida qaror qabul qilindi. 2019-yilda О‗zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining tо‗laqonli a‘zosiga aylandi.
Markaziy Osiyo respublikalari Bosh vazirlari о‗rinbosarlari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi о‗tkazildi.
Rossiya va Qozog‗istonda О‗zbekiston konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari bо‗yicha attashe lavozimi joriy qilindi. Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-Don, Yekaterinburg, Vladivostok va Qozog‗istonning Aktau shaharlarida О‗zbekistonning konsullik muassasalari о‗z faoliyatini boshladi.
Umuman, Shavkat Mirziyoyev Prezidenligi davrida mamlakatimizda tub iqtisodiy islohotlar va dinamik o‗zgarishlar ro‗y berdi. O‗zbekiston xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e‘tiborini qarata boshladi. O‗zbekistonda o‗tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‗la boshladi va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga xalqimizning mamlakatda bo‗layotgan o‗zgarishlarga bo‗lgan munosabati ancha o‗zgardi, fuqarolarning islohotlarga bо‗lgan ishonchi kundan kunga orta boshladi. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‗y berayotgan jarayonlarni televideniyedagi har kungi ijtimoiy
muhokamalar g‗oyalar generatori bo‗lib davlatning rivojiga o‗z hissasini qo‗sha boshladi.
Mirziyoyevning islohotlari butun xalq tomonidan qo‗llab-quvvatlandi. 2019- yilda ―The Economist‖ haftalik jurnali dunyoning ikki yuzga yaqin davlati orasidan O‗zbekistonni dunyoda eng ko‗p yaxshi tarafga o‗zgargan mamlakat sifatida “Yilning mamlakati”, deb topdi. Darhaqiqat bunaqasi mustaqil O‗zbekiston tarixida kuzatilmagan.
O‗z o‗rnida ta‘kidlash joiz, yaxshi qo‗shnichilikka asoslangan mintaqaviy tashqi siyosati - Shavkat Mirziyoyev prezidentligining xalqaro miqyosda e‘tirof etilgan, diqqat-e‘tiborga sazovor eng muhim jihatlaridan biri bo‗ldi.
Bu kabi o‗zgarishlar aksariyat mintaqaviy tahlilchilar e‘tirofida misli ko‗rilmagan, deya baho topish bilan birga, O‗zbekiston yangi prezidentining qat‘iy siyosiy istak va irodasiga ham yo‗yilgan.
Aholisi mintaqada eng yirigi (qariyb 35 million) bo‗lgan O‗zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish, asoslarini turfalashtirish va chetdan ko‗proq sarmoya jalb etish SH.Mirziyoyev strategiyasining bosh yo‗li bо‗lib qolmoqda.
O‗zbekistonda biznes muhitini yaxshilash masalasiga prezident darajasida e‘tibor qaratilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni O‗zbekistonda ―Ilm-ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖ deb e‘lon qilib, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodga o‗tish asosiy maqsad qilib belgilandi. Biznes yuritish muhiti bo‗yicha dunyoning eng oldingi ellik davlati safiga kirish rejalashtirilgan.
Kambag‗allikni tugatishga qaratilgan maxsus dasturning ishlab chiqilishi, shuningdek hali-hanuz mustaqil O‗zbekistonning eng og‗riqli nuqtalaridan biri bo‗lgan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi maxsus idora – Korrupsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil etilishi eng muhim voqeliklardan biri sifatida e‘tirof etilishi lozim. Chunki, aynan korrupsiya O‗zbekiston iqtisodini taraqqiy toptirish, mamlakatga yirik miqdordagi chet el saromoyalarini jalb qilish va ularni harakatga solish yo‗lidagi eng asosiy to‗siqlardan biri ekanligini har bir fuqaro anglab yetmoqda.
Xulosa o‗rnida eslatib o‗tish joizki, O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan bunday keskin o‗zgarishlar Toshkent bilan uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlari o‗rtasida o‗zaro manfaatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratdi. O‗zbekiston hukumati o‗z innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosatini tasdiqladi, bu nafaqat O‗zbekiston uchun, balki barqaror va ravnaq topgan Markaziy Osiyo uchun manfaatdor xorijiy sheriklar uchun muhim ahamiyatga ega. O‗zbekiston hukumati tasdiqlagan innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosat nafaqat O‗zbekiston uchun, balki rivojlanayotgan va barqaror Markaziy Osiyoga qiziqish bildirgan xorijiy hamkorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin