О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə32/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

IJROIYA HOKIMIYATI – hokimiyatlarning bо‗linishi tamoyiliga kо‗ra, davlatdagi mustaqil ommaviy hokimiyatlardan biri.
О‗zbekistonda Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari, Qoraqalpog‗iston Respublikasida esa Vazirlar Kengashi va tuman (shahar) hokimliklari ijroiya hokimiyati organlari hisoblanadi.
IKKI PALATALI PARLAMENT – umummilliy vakillik muassasasi – parlamentning tuzilishi. Bunda parlament odatda xar xil tarzda shakllantiriladigan va turli vakolatlarga ega bо‗lgan ikkita palatadan iborat bо‗ladi.
Ikki palatali parlament hozirgi vaqtda federativ davlatlarda ham, unitar davlatlarda ham mavjud. Parlamentning quyi palatasi doimo aholi tomonidan bevosita saylanadi. Yuqori palata turli mamlakatlarda turli usulda shakllantiriladi. U ba‘zi mamlakatlarda bevosita saylov yoki bilvosita saylov orqali shakllantirilsa, ba‘zan meros bo‘yicha shakllantiriladi, yohud ularning a‘zolarini davlat rahbari taynlaydi. Bir qator holatlarda yuqori palata aralash usulda shakllantiriladi: a‘zolarining bir qismi saylanadi, bir qismi tayinlanadi. Ba‘zi mamlakatlarda quyi palatadan farqli ravishda yuqori palata uchun vakolatlar muddati belgilanmagan, ularning tarkibi qismlab yangilanadi.
JAMOAT BIRLASHMALARI – О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 56-moddasiga binoan, qonunda belgilangan tartibda royxatdan о‗tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari. Jamoat birlashmalari haqidagi konstitutsiyaviy qoidalar О‗zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-noyabrdagi ―Jamoat birlashmalari tо‗g‗risida‖gi qonunda rivojlantirilib, uning 1-moddasida jamoat birlashmalari deb, о‗z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda royobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning hohish- irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilmaga aytiladi. KО„PPARTIYAVIYLIK – hozirgi zamon jamiyatining ajralmas belgisi, uning demokratiyalashuvi darajasining muhim poydevor kо‗rsatkichi. Kо‗ppartiyaviylikning о‗ziga xos belgisi, bu – siyosiy xilma-xillik, jamiyatda bir necha siyosiy partiyaning mavjudligidir. Siyosiy partiyalar fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini parlament, davlat hokimiyati, mahalliy vakillik idoralari, aholining о‗zini-о‗zi boshqarish uyushmalari orqali ifoda etish, hamda royobga chiqarish
maqsadida faoliyat kо‗rsatuvchi kishilar birlashmasidir.
Partiyalar о‗z dastur va siyosatlarini jamiyatga taklif etish orqali ularni royobga chiqarishga harakat qiladilar va hokimiyat uchun kurash olib boradilar. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni kо‗rsatmoqdaki, siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy peshqadam a‘zolari sifatida namoyon bо‗ladilar.
MENING FIKRIM” – О‗zbekistonda fuqarolarning О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tizimi. maxsus Ushbu maxsus veb-portal О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-
5308-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 34-bandiga muvofiq tashkil etilgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin