О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə33/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

NODAVLAT TASHKILOTLARI - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‗z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‗z qatnashchilari (a‘zolari) o‗rtasida taqsimlamaydigan o‗zini o‗zi boshqargmsrsh tashkilotlar.
PARLAMENT (fransuzcha parler – sо‗zlashmoq, gapirmoq) – demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Ilk bor XIII asrda Angliyada davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida vujudga kelib, keyingi asrlarda boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi.
Parlament qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. U qonun bо‗yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bо‗lib, hududiy saylov okruglari bо‗yicha, odatda, kо‗ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga tо‗lgan fuqarolardan saylanadi. Parlament turli davlatlarda turlicha nomlanadi. Rossiyada
Davlat Dumasi, Ukrainada – Rada, Serbiyada – Skupshina, Shvetsiyada – Rikstag, AQSHda – Kongress, Isroilda – Knesset, Mо‗g‗ulistonda – Xalq Xurali, Afg‗onistonda – Xalq Jirg‗asi, Ozarbayjonda – Milliy Majlis, О‗zbekistonda esa Oliy Majlis (1925-1989-yillarda Oliy Sovet, 1990-1994-yillarda Oliy Kengash deb yuritilgan).
PLYURALIZM (lotincha pluralis – kо‗pchilik, xilma-xillik) – jamiyatda va siyosiy hayotda fikrlar, qarashlar hamda g‗oyalarning xilma-xilligiga asoslanuvchi demokratik jamiyat belgilaridan biri. Plyuralizm bо‗lmagan jamiyatda demokratiyaning tarkib topish jarayoni ham qiyin kechadi. Plyuralizm siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun о‗zaro raqobatida va saylovlarda muxolifatning mavjudligida kо‗proq namoyon bо‗ladi. Tom ma‘noda plyuralizm demokratiyani harakatga keltirib turuvchi omildir.
SENAT (lotincha senex – keksa, oqsoqol) – 1) Qadimgi Rim respublikasi davri (mil.avv. 509-49 y.y.)da oliy davlat organi – oqsoqollar kengashi; 2) ikki palatali parlamentga ega bо‗lgan davlatlarda parlamentning yuqori palatasi. Bunda aksariyat hollarda senat a‘zolari (senatorlar) quyi palata deputatlari singari befosita fuqarolar tomonidan saylanmasdan, vakolatli muassasa tomonidan qonunchilik asosida tayinlab qoyiladi.
SENZURA (lotincha ―sensura‖ – davlat nazorati) – hokimiyat tomonidan zararli deb topilgan g‗oyalar va ma‘lumotlarning tarqalishiga yо‗l qoymaslik yoki cheklab qoyish maqsadida bosma mahsulotlar, sahna asarlari va hokazolar mazmun-mundarijasi ustidan nazorat о‗rnatish.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin