Oʻzbekiston respublikasi oliy, fan va innovatsiyalar vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti



Yüklə 196,82 Kb.
səhifə1/11
tarix13.12.2023
ölçüsü196,82 Kb.
#174757
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1Kriminologiyada ilmiy bashoratttt

SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI YURIDIK FAKULTETI 404-guruh talabasi Asatov Diyorjonning kriminalogiya fanidan tayyorlagan slaydi

Kriminologiyada ilmiy bashorat

Reja:

Reja:

  • «Ilmiy bashorat» tushunchasi va uning vazifalari
  • Ilmiy bashoratning turlari va manbalari
  • Kriminologiyada ilmiy bashorat qilish metodlari
  • Jinoiy xatti-harakatlarning ilmiy bashorati
  • Jinoyatchilikka qarshi kurashning ilmiy bashorati va rejalashtirilishi

«Ilmiy bashorat» tushunchasi va uning vazifalari

  • Ijtimoiy va tabiiy fanlarda ilmiy atama sifatida keng qo‘llaniladigan «prognoz» grek tilidagi «prognosis» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «bashorat», «oldindan bilish» degan ma’nolarni anglatadi. Kriminologiyada bu atama ilmiy maqsadlarda keng qo‘llaniladi va u o‘z mazmun-mohiyatiga ega.Umuman olganda, oldindan bilish, ya’ni u yoki bu mavhum holatni oldindan yuz berishini bashorat qilish folbinlar, ekstrasenslar tomonidan qo‘llanishi bizga yaxshi ma’lum. Zotan, dunyoviy fanlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda fikr yuritish mavhumlik asosida emas, balki ilmiylik asosida bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun ham oldindan bilish ilmiy bilishning muhim belgisi hisoblanadi.Ilmiy tahlil asosida u yoki bu voqelikni oldindan bilish va shu orqali yuzaga kelishi va rivojlanish jarayonlarini o‘rganish hamda hozirgi holatiga nisbatan kelgusida qanday shakl yoki holatga o‘tishi xususida bashorat qilish ilmiylik asosida kechmog‘i lozim. Binobarin, bashorat qilishning asosiy sharti ilmiylikdir.Kriminologiyaning asosiy predmeti jinoyatchilik bilan bog‘liq muam­molar bo‘lganligi uchun ham bu ijtimoiy muammoning oldini olish va unga nisbatan o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar belgilash katta ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchilikning qanday kelib chiqishi va qanday shaklda namoyon bo‘li- shini oldindan bilishda kriminologik bashorat juda muhimdir.

Har qanday ilmiy tadqiqot ishida bo‘lganidek, kriminologiyada bashorat qilish ham voqea yoki hodisaning real mavjud bo‘lishini talab etadi. Zero, mavjud holatni to‘g‘ri baholay olish ilmiy bilishning yana bir muhim shartidir. O‘z navbatida, ilmiy bashorat natijalarini aniq ifodalash ham katta ahamiyatga ega. Bashorat qilish shakli turlicha bo‘ladi va u doimo o‘zgarib turishi mumkin. Chunki bashorat qilishning o‘zi muntazam va o‘ziga xos ravishda muvofiqlashtirilib boriladi.Kriminologik bashorat tadqiqot obyektidan kelib chiqqan holda o‘zining maqsad va vazifalariga ega. Bashorat qilishdan asosiy maqsad jinoyat­chilikning umumiy holati, miqyosi, tizimi, o‘ziga xos xususiyatlari va dinamikasining qanday bo‘lishini hamda ularning bo‘layotgan o‘zgarishlarga ta’sirini, shuningdek, jinoyatchilar shaxsining yangi toifalarga xos ravishda shakllanishini bilishdir.Tadqiqot obyektini tatbiq etishdan kelib chiquvchi maqsadga ko‘ra va oldindan bilish muddatlarini belgilash bilan bog‘liq holda kriminologik bashoratining maqsad va vazifalari mazmun hamda mohiyatiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bashorat qilinayotgan muddat ko‘p vaqtni o‘z ichiga olsa, unda maqsad umumiy bo‘ladi va, aksincha, qisqa muddatli bashorat qilish ishlarini olib borishda maqsad aniq hamda ma’lum bir holatni tadqiq etishga qaratilishi lozim. Ta’kidlash joizki, bashorat qilish muddati qancha vaqtga belgilanganidan qat’i nazar, asosiy maqsad qaysi vaziyat yoki holat qanday bo‘lishi mumkinligini oldindan bilishdir. Bu vaziyat yoki holat to‘g‘risida imkon darajasida ko‘proq axborot to‘plash hamda tegishlicha tahlil ishlarini amalga oshirish lozim. Chunki kriminologik bashoratning aniq bo‘lishi, aytib o‘tilganidek, jinoyatchilikni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

  • Har qanday ilmiy tadqiqot ishida bo‘lganidek, kriminologiyada bashorat qilish ham voqea yoki hodisaning real mavjud bo‘lishini talab etadi. Zero, mavjud holatni to‘g‘ri baholay olish ilmiy bilishning yana bir muhim shartidir. O‘z navbatida, ilmiy bashorat natijalarini aniq ifodalash ham katta ahamiyatga ega. Bashorat qilish shakli turlicha bo‘ladi va u doimo o‘zgarib turishi mumkin. Chunki bashorat qilishning o‘zi muntazam va o‘ziga xos ravishda muvofiqlashtirilib boriladi.Kriminologik bashorat tadqiqot obyektidan kelib chiqqan holda o‘zining maqsad va vazifalariga ega. Bashorat qilishdan asosiy maqsad jinoyat­chilikning umumiy holati, miqyosi, tizimi, o‘ziga xos xususiyatlari va dinamikasining qanday bo‘lishini hamda ularning bo‘layotgan o‘zgarishlarga ta’sirini, shuningdek, jinoyatchilar shaxsining yangi toifalarga xos ravishda shakllanishini bilishdir.Tadqiqot obyektini tatbiq etishdan kelib chiquvchi maqsadga ko‘ra va oldindan bilish muddatlarini belgilash bilan bog‘liq holda kriminologik bashoratining maqsad va vazifalari mazmun hamda mohiyatiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, bashorat qilinayotgan muddat ko‘p vaqtni o‘z ichiga olsa, unda maqsad umumiy bo‘ladi va, aksincha, qisqa muddatli bashorat qilish ishlarini olib borishda maqsad aniq hamda ma’lum bir holatni tadqiq etishga qaratilishi lozim. Ta’kidlash joizki, bashorat qilish muddati qancha vaqtga belgilanganidan qat’i nazar, asosiy maqsad qaysi vaziyat yoki holat qanday bo‘lishi mumkinligini oldindan bilishdir. Bu vaziyat yoki holat to‘g‘risida imkon darajasida ko‘proq axborot to‘plash hamda tegishlicha tahlil ishlarini amalga oshirish lozim. Chunki kriminologik bashoratning aniq bo‘lishi, aytib o‘tilganidek, jinoyatchilikni o‘rganishda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 196,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin