Arxeologik yodgorliklarni xaritalarda belgilash usullari
Google Earth dasturi haqida umumiy ma'lumot
Layout View haqida ma`lumot
Xaritani yaratish va diagrammalar o'rnatish usullari
Yodgorlik xaritasidagi elementlar ustida ishlash
Google Earth dasturida yodgorliklar haqidagi ma`lumotlarni tahrirlash
Mustaqil ta`limning turli xil shakllari mavjud bo`lib, bunda asosiy e`tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys- stadilar)ni mustaqil ravishda, ya`ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o`qib o`rganishi va shu yo`nalish bo`yicha bilim va ko`nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-darslik yoki o`quv qo`llanmalar bo`yicha fanlar boblari va mavzularini o`rganish;
-tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruzalar qismini o`zlashtirish;
-mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
-maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo`yicha fanlar bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-fanga oid ma`lumotlarni o`rganish, ularni tahlil qilish;
-talabaning o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan fanlar bo`limlari yoki mavzularni chuqur o`rganish;
-faol va muammoli o`qitish uslubidan foydalaniladigan o`quv
mashg`ulotlari;
-masofaviy (distantsion) ta`lim.
«Arxeologiya, antropologiya va etnologiyada geografik axborot tizimlari» fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma`ruza tayyorlash, kompyuterda Google Earth dasturida ishlash va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma`ruza va seminar mashg`ulotlari mavzularini to`ldirishga harakat qilinishi lozim.