O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innavatsiya


Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning turlar



Yüklə 82,95 Kb.
səhifə5/9
tarix14.10.2023
ölçüsü82,95 Kb.
#155037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
213 Iqtisod Shixnazarov Abbosjon Kurs ishi. xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot u.n imkoniyat va tahdidlar

1.2 Tashqi iqtisodiy faoliyat va uning turlar.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat hayotiy zaruratdir. Umumjahon xo`jaligi tobora rivojlanib, takomillashib borgan sari mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning doirasi va ko`lami ham kengaya boradi. Mamlakat iqtisodiyotining umumjahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi (qo`shilishi)ning asosiy sharti ham tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishidir.
Tashqi iqtisodiy faoliyat - deganda, mamlakatdagi yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari hamda xalqaro tashkilotlar bilan olib boradigan o`zaro manfaatli iqtisodiy aloqalari (faoliyati) tushuniladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanganlik darajasi, asosan, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning tashqi siyosati va strategiyasiga bevosita bog`liqdir. Har qanday davlat o`zining tashqi iqtisodiy faoliyat strategiyasini ishlab chiqarar ekan, o`z xalqining turmush darajasini oshirish, mamlakatning mudofaa xafvsizligini ta`minlash kabi hayotiy manfaatlarni ko`zlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning sub`yektlari va ob`yektlari mavjuddir. Bunday faoliyatni amalga oshirayotgan O`zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat sub`yektlari hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning ob`yektlariga esa oldi-sotdi yoki ayirboshlash ob`yekti hisoblangan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan, qimmatli qog`ozlar, valyutalar va valyuta qimmatliklari, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, transport vositalari va intellektual mulk ob`yektlari kiradi.
O`zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida”gi Qonuniga ko`ra, bunday faoliyatning quyidagi asosiy yo`nalishlari belgilab berilgan:
-xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;
-chet el investitsiyalarini jalb qilish;
-tashqi savdo faoliyati;
-O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsion faoliyat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub`yektlari tomonidan ishlab chiqarish, moliya, bank va sug`urta, ta`lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog`liqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya va gumanitar sohalarda xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o`zaro manfaatli aloqalarni o`rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, deb yuritiladi.
O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsion faoliyat yo`nalishi hozircha mamlakatimizda o`z rivojini topa olgani yo`q. Xorijiy mamlakatlarda yuridik shaxslar yoki ularning filiallarini tashkil etish, xorijiy kompaniyalarning mol-mulki va aktsiyalarini, qimmatbaho qog`ozlarni sotib olish, yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini qo`lga kiritish, tabiiyki, katta miqdordagi erkin almashtiriladigan xorijiy valyuta egalariga nasib etadi. O`zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, o`ylaymizki, yaqin yillar ichida o`z natijalarini beradi va o`zbekistonlik sarmoyadorlar xorijiy mamlakatlarda keng ko`lamli faoliyat ko`rsata boshlaydilar.
Mamlakatlararo tovarlar ayirboshlash sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini tashqi savdo faoliyati deb yuritiladi. Shuni aytib o`tish joizki, tashqi iqtisodiy faoliyatning bu yo`nalishi eng qadimiy, an`anaviy va keng rivojlangan yo`nalish hisoblanadi.
Tashqi savdo jahon xalqlarini turli tovarlar bilan ta`minlash imkoniyatini beradi va shu bilan birgalikda har bir mamlakatning ixtisoslashuvini rivojlantirish, o`z resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Xalqaro savdoda millatning didi, qiziqishi va mamlakat aholisining xarid qilish qobiliyati muhim rol o`ynaydi. Masalan, o`zbeklar yaxshi kiyinishni yoqtiradigan va o`ziga zeb beradigan millatlar qatoriga kiradi. Shuning uchun ham mamlakatga chetdan keltiralayotgan tovarlarda xushbichim kiyim-kechagu, zamonaviy matolarning ulushi kattagina. Qadimdan xalqimiz mentalitetida ilm olish ishtiyoqi kuchli bo`lgan, shu sababdan istiqlol yillarida ta`lim davlat siyosatining ustivor yo`nalishiga aylandi. Bunday sharoitda Yaponiya, AQSh, Olmoniya kabi rivojlangan davlatlardan zamonaviy kompьyuterlarni sotib olishga katta mablag`lar sarflanmoqda.
Shuni aytib o`tish kerakki, xalqaro savdo, ya`ni tovarlarni chetga chiqarish (eksport) va chetdan tovar keltirish (import) bizning mamlakatimizda juda qadim zamonlardan buyon mavjud.
"Buyuk ipak yo`li" ning anchagina qismi mamlakat hududidan o`tgani tufayli tadbirkor ajdodlarimiz xorijiy davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini yaxshigina rivojlantirganlar va uni xalqaro savdoda jozibador mamlakatlardan biriga aylantirganlar.
Tashqi (xalqaro) savdoning mamlakatlar iqtisodiyotidagi o`rnini yalpi milliy mahsulotda eksport va importning hissasiga qarab aniqlash mumkin. Umuman olganda, mamlakat iqtisodiy ahvoliga baho berishda import va eksport o`rtasidagi nisbatni aniqlash zarurati yuzaga keladi. Ushbu nisbat mamlakatning to`lov balansini tuzayotganda aniqlanadi. Savdo balansi to`lov balansining tarkibiy qismi hisoblanadi. To`lov balansini umumlashtiruvchi ko`rsatkich uning saldosi hisoblanadi. U import va eksport orasidagi farqqa teng. Balansda importning eksportdan oshib ketishi to`lov balansini manfiy saldoga ega ekanligidan dalolat beradi. U tashqi savdo defitsitiga olib keladi. Uni to`lash uchun davlat qarz oladi. Qarzni to`lash uchun esa ichki iste`mol kamaytiriladi.
Tashqi savdoning mamlakat iqtisodiyotidagi o`rni va samaradorligiga ta`sir ko`rsatuvchi eng muhim omil eksport va import mahsulotlarining tarkibi, ya`ni mamlakat nimani chetga chiqaryaptiyu, nimani chetdan olib kelayotganidir. Chetdan sotib olinayotgan tovarlar ichida qayta ishlashga mo`ljallangan xomashyoning ulushi qancha katta bo`lsa, shu mamlakatda importdan ko`riladigan naf shuncha yuqori bo`ladi. Chetga chiqarilayotgan tovarlar ichida xomashyoning ulushi qancha ko`p bo`lsa, shu mamlakat eksporti shuncha samarasiz bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasining eksportida paxta tolasi ulushining yildan-yilga kamayib borayotgani shu nuqtai nazardan ijobiy tendentsiya hisoblanadi. Jahon bozoriga tayyor gazlama, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari chiqarishni ko`paytirish ham tashqi savdo sohasida ijobiy baholanayotgan yo`nalishlar hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoitlar mavjud.
Mustaqillik yillarida O`zbekistonning import tarkibi ham jiddiy o`zgardi. Bunga, albatta, mamlakatda import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishga qaratilgan siyosat katta ta`sir ko`rsatdi. Jumladan, energiya manbalari importining ulushi 1994-2000 yillarda 25,7 foizdan 3,8 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 18,4 foizdan 12,3 foizgacha qisqardi. Neft, benzin importi butunlay to`xtadi, don va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari importi sezilarli darajada qisqardi.
Ma`lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri - iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarga erishishdan iborat. Bu esa zamonaviy va ilg`or texnika hamda texnologiyalarni talab qiladi. Shu sababli mamlakatimiz importida mashina va uskunalar salmog`i yildan-yilga ortib bormoqda.
Eksport hajmining import hajmidan ko`pligiga erishish, ya`ni xorijiy davlatlarga ko`proq tovarlar sotib, ulardan kamroq sotib olish har qanday davlat tashqi savdo strategiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Izchillik bilan amalga oshirilayotgan tashqi savdo siyosati tufayli O`zbekistonda keyingi yillarda musbat saldoga erishildi. Masalan, eksport hajmi import hajmiga nisbatan 1999 yilda 125,1 mln. va 2000 yilda 317,3 mln. AQSh dollari miqdorida ko`proq bo`ldi.
O`zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining hududiy-jug`rofiy tarkibini ko`rib chiqadigan bo`lsak, unda MDH davlatlari ulushining pasayayotgani va rivojlanayotgan davlatlar salmog`ining o`sayotganini kuzatamiz. 1994-2000 yillarda MDH davlatlarining O`zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi hissasi 58,1 foizdan, 37,0 foizgacha qisqargan bo`lib, bunga bir qator omillar ta`sir ko`rsatgan.

Yüklə 82,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin