213 Iqtisod Shixnazarov Abbosjon Kurs ishi. xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot u.n imkoniyat va tahdidlar
II-bob. Tashqi savdoni tartibga solishda bojxona
xizmatining o`rni. 2.1. Xalqaro savdo aloqalari va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Savdo-sotiq ishlarining bir mamlakat doirasidan chiqib, dunyo mamlakatlari o`rtasida rivojlanib borishi bu ishlarni tartibga solish va nazorat qilib borishni amalga oshiruvchi bojxona xizmatini hayotiy zaruratga aylantiradi. Jahon amaliyotida bojxona xizmatining tarixi tashqi savdoning paydo bo`lishi bilan bevosita bog`liq bo`lib, dastlabki davrlarda u mamlakatlarning faqatgina xazinasini to`ldirishga xizmat qilgan edi. Biroq keyinchalik xalqaro savdoning rivojlanishi, sayyohlar sonining ko`paya borishi bilan uning vazifalari ham kengayib ketdi. Davlatchilik takomillashib, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy va siyosiy jihatdan himoyalash, mamlakat ichki bozorini sifatsiz mollardan asrash, uning xavfsizligiga tahdid soluvchi qo`lyozma va ashyolarning hamda turli qo`poruvchilik qurollari, narkotik va psixotron moddalarning kirib kelishini oldini olish kabi ishlar ham bojxona xizmati zimmasiga tushadi.
O`zbekiston Respublikasida bojxona xizmati mustaqil davlatchilik asoslari bilan birga va uning tarkibiy qismi sifatida shakllanib va takomillashib bormoqda. O`tgan yillar ichida bojxona xizmati faoliyatiga daxldor bo`lgan huquqiy negizlar yaratildiki, ular isloh qilinayotgan iqtisodiyot, hayotga joriy etilayotgan demokratik tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim rolь o`ynamoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasining "Bojxona kodeksi" va "Boj tarifi to`g`risida"gi qonunlari qabul qilindi. Ularda bojxona xizmatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy jihatdan tartibga solib turilishini ta`minlovchi asosiy tamoyillar belgilab berildi.
Hozir mamlakatimizda 230 dan ziyod, shu jumladan, respublika chegaralarida 150 ta dan ko`proq bojxona maskanlari davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlayapti. Ayni paytda temir yo`l stantsiyalari, aeroportlar, xalqaro o`tish joylari, daryo portlarida nozirlar faoliyat ko`rsatmoqdalar.
O`zbekistonda bojxona ishi jahonda e`tirof etilgan xalqaro me`yorlar va amaliyotga asosan rivojlanmoqda. Bu hol O`zbekistonning bojxona huquqi sub`ekti sifatida tan olinishiga sabab bo`lib, davlatimizning jahon iqtisodiy hamdo`stligiga kirishiga yordamlashmoqda. O`zbekiston Respublikasi 1992 yilda 142 mamlakatni birlashtiruvchi jahon bojxona tashkiloti (JBT) a`zoligiga qabul qilingan va uning siyosiy komissiyasiga saylangan.
Bojxona chegara orqali o`tadigan jami yuklar va pochta jo`natmalarini nazorat qiladigan, tekshiradigan va ulardan bojxona yig`imlarini undirish bilan shug`ullanuvchi davlat idorasidir.
Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaatlarining ta`minlanishini nazorat qiladi hamda mamlakat chegaralaridan ta`qiqlangan yuklar va buyumlarni g`ayriqonuniy tarzda olib o`tishga qarshi kurash olib boradi.
Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib borgan sari tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning iqtisodiy usullari tabora ko`proq ahamiyat kasb etadi. Ular orasida boj tarifi asosiy o`rin egallaydi.
Boj tarifi – bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo`lib, u mamlakat chegarasidan olib o`tiladigan mol-mulk va qimmatbaho buyumlardan belgilangan stavkalarda undiriladigan pul yig`imi (to`lovlari)dir.
O`zbekiston Respublikasida bojxona bojining import va eksport, mavsumiy, maxsus, dempinga qarshi, kompensatsiya va alohida turlari qo`llaniladi.
Import va eksport bojining stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda joriy etiladi.
Mavsumiy bojlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkorlik bilan tartibga solish uchun qo`llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan stavkalar qo`llanilmaydi.
Mavsumiy bojlar belgilangan kundan e`tiboran olti oydan ortiq bo`lmagan muddatda qo`llaniladi.
Maxsus bojlar mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlariga ziyon yetkazuvchi tovarlar importidan ularni himoya qilish chorasi sifatida hamda boshqa davlatlarning O`zbekiston Respublikasi mafaatlariga zid bo`lgan harakatlariga javob chorasi sifatida qo`llaniladi.
Muayyan tovarlarni olib kirish xuddi shu tovarlarni mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilish va kengaytirishga yoki ular o`rtasida sog`lom raqobat o`rnatishga to`sqinlik qilishi mumkin bo`lgan hollarda dempingga qarshi bojlar deb ataluvchi to`lovlar qo`llaniladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida va alohida tovar ishlab chiqaruvchilar manfaatlaridan kelib chiqib, ayrim hollarda kompensatsiya bojlari deb ataladigan to`lovlar ham amaliyotga joriy etilgan.
Alohida bojlar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat boshqaruvi organlari tashabbusi bilan o`tkaziladigan tekshiruv natijalariga binoan qo`llaniladi. Ularning stavkalari har bir holat bo`yicha alohida belgilanadi.
Bojxona qiymati O`zbekiston Respublikasining "Boj tarifi to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq belgilanadigan va bojxona to`lovlarini hisoblab chiqish maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Bojxona qiymati bojxona organiga deklarant tomonidan belgilangan tartibda ma`lum qilinadi (deklaratsiyaga kiritiladi). Uni aniqlash xujjatlar bilan tasdiqlangan ma`lumotlarga asoslanishi lozim.
Mamlakatga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini shu to`lovlar bo`yicha tuzilgan shartnomaga muvofiq aniqlash - tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir.
Agar asosiy usuldan foydalanib bo`lmasa, bojxona bahosini chiqarishning quyidagi usullari qo`llaniladi:
-ayni bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash;
-o`xshash tovar yuzasidan tuzilgan bitim qiymatiga qarab baholash va hokazo.
Davlat o`zining tashqi iqtisodiy faoliyatini tarif va notarif usullar bilan boshqarib boradi. Notarif usul deganda, litsenziya berish, kvotalash, deklaratsiyalash va embargolarni qo`llash tushuniladi.
Litsenziya - vakolatli davlat idoralariga tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beriladigan ruxsatnoma bo`lib, u eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biridir.
Ayrim yoki bir guruh tovarlar bo`yicha kvota (muayyan miqdor, hajm) o`rnatilib, unga muvofiq mamlakatlar yoki mamlakatlar guruhining belgilangan miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarish va uni chetga sotish kvotalashgan usul deb yuritiladi. Kvota shartini buzgan mamlakat yoki korxona iqtisodiy jihatdan jazolanadi.
Bu usul hozir Evropa Iqtisodiy hamjamiyatiga qarashli mamlakatlar tashqi savdo amaliyotida keng qo`llaniladi.
Deklaratsiyalash, bu–milliy qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtiriladigan xujjat bo`lib, unda chegara orqali o`tayotgan yuk (eksport, import tovarlari, kishilarga tegishli yuklar, qo`ldagi anjomlar, valyuta, qimmatbaho buyumlar va boshqalar) haqidagi ma`lumotlar qayd etiladi.
Embargo davlat tomonidan ayrim tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga chiqarishni ta`qiqlab qo`yishdir.
Tarif usuli deganda, asosan, boj tarifi va boj tariflari to`plamini qo`llash tushuniladi. Bu usul bilan, eng avvalo, davlat xazinasiga mablag` tushiriladi, eksport va import tovarlarining harakati muvofiqlashtiriladi.
Tarifsiz chora-tadbirlarning ayrimlari iqtisodiy aloqalarni tartibga solish bilan bevosita bog`lanmagan, ammo baribir, tashqi savdoga jiddiy ta`sir o`tkazadi.
Tartibga solishning tarifsiz usullari mohiyatiga ko`ra ma`muriy bo`lib, u birinchi galda iqtisodiy faoliyat to`g`risida tezkor va ishonchli axborotlar bo`lishi kerakligini nazarda tutadi. Tartibga solishning tarifsiz usullari davlatning savdo balansi va fiskal maqsadlarini belgilash imkonini beradi.
Bojxona to`lovlari faqatgina xazinani to`ldirish maqsadida qo`llanilmay, balki ichki iste`mol bozorini va ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy himoyalash vazifalarini ham bajaradi. Masalan, O`zbekistonning iqlim sharoitida poliz mahsulotlari juda sifatli va vitaminlarga boy. Bunday sharoitda chetdan, aytaylik, pomidor import qilishning hech ham xojati yo`q. Lekin ayrim savdogarlar uchun sifatsiz arzon tomat soki yoki pastasini (ketchup) chetdan olib kelish foydali bo`lib tuyuladi. Buning oldini olish uchun import qilinadigan ana shunday mahsulotlar uchun import bojidan tashqari aktsiz solig`i ham joriy etiladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlarga hamda uning xalqaro maydondagi mavqeiga mos tushishi lozim.
Ana shundagina tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat tomonidan tartibga solish vazifalari va uning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash samarali hal etilishi mumkin.
4.Xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zaruriyati va asosiy yo`nalishlari
Xalqaro iqtisodiy aloqalar o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra har qanday davlat iqtisodiyotining barqarorligi va rivojlanishiga kuchli ta`sir ko`rsatuvchi omilga aylanib qoldi. Shuning uchunxo`jalik aloqalarini xalqaro miqyosda integratsiyalashuvini kengaytirish va chuqurlashtirishga berilayotgan e`tibor tabora kuchayib bormoqda.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni taraqqiy ettirish mustaqil rivojlanish yo`liga o`tgan respublikamiz uchun, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Sobiq Ittifoq tarkibida bo`lgan vaqtda O`zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa qilish imkoniyatidan mahrum edi. Xo`jalik yuritishning yopiq sharoitida mamlakatga chet el sarmoyalarini jalb qilish to`g`risida faqat orzu qilish mumkin edi xolos. Ishchi kuchining xalqaro miqyosda migratsiyasi mutlaqo rivojlanmagan edi. Shuning uchun o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar eng qisqa muddatlardaO`zbekistonning jahon xo`jalik tizimiga teng huquqli a`zo bo`lib kirishi vabarcha mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli hamkorlik qilishini ta`minlashga qaratilgan.
Bu bir tomondan yangi texnologiyalarni,boshqarish tajribasi va bilimlarni, xorijiy sarmoyalarni mamlakatimizga olibkirilishini ta`minlasa, ikkinchi tomondan, O`zbekistonning boy tabiiy resurslariva ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga ko`maklashadi.
Jahonning 40 dan ortiq yirik davlatlariqatorida xomashyoning katta zahiralariga, sanoat va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining rivojlangan tarmoqlariga, shuningdek, shakllangan ishchi kuchigaega bo`lgan mamlakatimizning jahonbozoridagi dastlabki qadamlari o`zining samarasini beraboshladi.
XX asrning so`nggi yillarida jahonning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyotidagi tub sifat o`zgarishlarining kuchayib borishi xalqaro munosabatlarning hozirgi bosqichida quyidagi xususiyatlarni belgilab beradi.
Birinchidan, xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajadao`zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar,moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar,boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishgao`tdilar.
Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko`payishi va mamlakatlaro`rtasida ayirboshlashning kengay ishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni mamlakatlararo uyg`unlashuviga olib keldi. Bunday xususiyat o`z faoliyatini birqancha davlatlar hududida amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK)va transmilliy banklar (TMB) sonining ko`payib borishida o`z aksinitopdi.
Hozirgi vaqtda jahonda 20 mingdanortiq TMK mavjud bo`lib, ular jahon sanoat ishlab chiqarishining to`rtdan uchqismidan ko`prog`ini, tashqi savdoning esa yarmidan ko`prog`ini nazorat qilib turadi. Masalan, “Djeneral Motors”, “Royl Datch Shell”, “Epson” kabi yirikTMKlar oboroti hajmi O`zbekistonda yaratilgan yalpi milliy mahsulot miqdoridan ortiqdir. O`z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy qudratni jamlagan bunday korporatsiyalar va banklar ko`pchilik mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga,xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida yana birmuhim xususiyat namoyon bo`ldi, ya`ni ayirboshlashda mamlakatlar tutgan o`rniniqayta taqsimlash jarayoni sodir bo`lmoqda.
Hozirgi kunda jahon xo`jaligi va xalqaro ayirboshlashning umumiy yo`nalishlari va o`sish sur`atlarini rivojlangan mamlakatlar belgilab turadi. Bu mamlakatlar yer yuzidagi davlatlarning 15foizini tashkil etadi hamda ularda jahon aholisining 25 foizi istiqomat qiladi.Bu mamlakatlar dunyoda hosil qilinayotgan elektr quvvatlarining 75 fozini,yoqilg`ining 80 foizi, yog`och mahsulotlarining 85 foizi va po`latning 72 foizini iste`mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning o`zaro savdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi.
Ma`lumki, yaqin o`tmishda mamlakatimiz iqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchas bog`langan edi. Shu bois O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati hozirgi kunda ikkita yo`nalish bo`yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi MDH mamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo`lsa,ikkinchisi mamlakatimizning o`zaro iqtisodiy aloqalari ilgari umuman o`rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo`nalish O`zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko`lamda xomashyo, tayyor mahsulotlar, texnologiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini ta`minlasa, ikkinchi yo`nalish respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvini ta`minlab beradi.
O`zbekistoning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlarni ob`yektiv baholash va ulardan milliy manfaatlar yo`lida imkoni boricha to`liq foydalanishni talab qiladi.
O`zbekiston mustaqillikning dastlabki davridayoq o`z tashqi iqtisodiy siyosatining quyidagi maqsadlari va asosiy yo`nalishlarini belgilab oldi:
-eksportni rivojlantirish va uning oqilona tarkibini shakllantirish. Chunki eksportga yo`naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi, uning tuzilishini takomillashtiradi, respublika valyuta zahirasini ko`paytiradi;
-import tuzilishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy iqtisodiyotni zamonaviylashtirish va rivojlantirish omiliga aylantirish;
-ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish uchun chet el sarmoyalarini jalb etish;
O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan quyidagi tadbirlarni o`z ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarni aniqlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilar:
-eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, investitsiyalarni sug`urtalash;
-davlat tomonidan respublikamizga ilg`or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;
-eksport va importni litsenziyalash yoki chetga tovar chiqarishga va chetdan uni olib kirishga ruxsatnomalar berish;
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi,xorijdan keltiriladigan xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosatmilliy valyutani mustahkamlash va uning boshqa valyutalar bilan erkin almashinuvini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda rivojlangan va an’anaviy shakl bu-tashqi (xalqaro) savdo aloqalaridir. Hozirgi kunda xalqaro savdo ulushiga xalqaro iqtisodiy munosabatlar hajmining beshdan bir (1/5) qismi to‘g‘ri keladi. Har qanday davlat uchun tashqi savdo rolini baholash qiyin. J. Saksning ta’rificha, «Har kanday mamlakat iqtisodiyoti tashqi savdoga asoslangan holdagurkiraydi. Jahon iqtisodiyoti tizimidan uzilib qolgan birorta mamlakat hali
sog‘lom iqtisodiyot yaratishga muvaffaq bo‘lolgani yo‘q».
Halkaro savdo turli mamlakatlarda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtas idagi xalqaro mehnat taqsimoti asosida vujudga kelgan aloqalar shaklidir. Ularning o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini aks–milliy savdo siyosati ta’siri ostida tarkibiy tuzilishlar – ixtisoslashish va sanoat ishlab chiqarishining kooperatsiyalashuvi, milliy xo‘jalik hamkorlik harakatini kuchaytiradi. Xalqaro savdo, butun davlatlararo oqimining o‘rtalikdagi harakati natijasida ishlab chiqarish tez sur’atlar
bilan o‘sadi.
Tashqi savdo oboroti tadqiqotlariga ko‘ra, dunyo ishlab chiqarishining har 10% o‘sishga jahon savdosi hajmining 16 % ko‘payishi to‘g‘ri keladi. Buning bilan uning taraqqiyotiga kulay imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Ma’lumki, savdoda uzilish bo‘lsa, ishlab chiqarishning rivojlanishi ham susayadi.
«Tashqi savdo» deyilganda u yoki bu mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan to‘lov orqali olib kelinadigan (import) va to‘lov orqali jo‘natiladigan (eksport) tovarlar savdosi tushuniladi.Ko‘p turli tashqi savdo faoliyati tayyor mahsulotlar savdosiga tovar bo‘yicha ixtisoslashuviga mashinalar va uskunalar, xizmatlar va xom ashyo savdosiga bo‘linadi.
Xalqaro savdo deb dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi to‘lovlarining yig‘indisiga aytiladi. Biroq «Xalqaro savdo» tushunchasi tor ma’noda ham ishlatiladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlar sanoat tovar ob oroti, yoki bu qit’a, mintaqa, tovar oboroti bo‘lishi mumkin. Misol uchun Sharqiy Yevropa va shu kabilar. Eksport va import mutanosibligi savdo balansini hosil qiladi.
BMT statistika nashri butun jahon mamlakatlari birgalikdagi eksport qiymatini xalqaro savdo hajmi dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlar sifatida e’lon qiladi.
Jahon savdosi taraqqiyotida unga ishtirok etuvchi mamlakat manfaatiga tayanadi. Xalqaro savdo nazariyasi tashqi savdodan, yoki tashqi savdo oqimi yo‘nalishidan manfaatdor savdo mamlakatga o‘z ixtisoslashuvini rivojlantirib mavjud resurslar ishlab chiqarishini oshirish, shu orqali aholi faravonligini yaxshilashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.