O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innavatsiya


Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari



Yüklə 82,95 Kb.
səhifə9/9
tarix14.10.2023
ölçüsü82,95 Kb.
#155037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
213 Iqtisod Shixnazarov Abbosjon Kurs ishi. xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot u.n imkoniyat va tahdidlar

2.3.Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari.


Mamlakat ichki bozorining hajmi, uning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, shuningdek mamlakatning xalqaro ishlab chiqarishda qatnashuvining roli iqtisodiyot ochiqligi darajasi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi darajasiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Ayrim iqtisodchilar quyidagi qonuniyatni alohida ta’kidlaydilar: iqtisodiyot strukturasida asos sohalari (energetika, metallurgiya, tog‘-kon va b.) ulushi qancha kо‘p bо‘lsa, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki, iqtisodiyotning ochiqligi shuncha kam bо‘ladi. Amerika iqtisodchilari J.Saks va E.Uornerlarning fikricha milliy iqtisodiyotning ochiqlik darajasi mamlakatda «xaddan tashqari katta» eksport va import bojlarining yо‘qligi, milliy valyutaning «yetarli darajadagi» konvertatsiyasi mavjudligi bilan aniqlanadi, shuningdek «davlat sotsialistik bо‘lmasligi kerak».
Ishlab iqarish kuchlarini joylashtirish bevosita hududiy mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Ammo hududiy mehnat taqsimoti asosan ishlab chiqarishning hududiy tarkibini bildiradi va shu sababli u aholi va mehnat resurslarini o'z ichiga olmaydi. Aholining joylanishi esa ko'p hollarda ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish bilan belgilanadi.
Maxsus adabiyotlarda hududiy mehnat taqsimoti bilan bir qatorda geografik, regional (mintaqaviy), akvatorial mehnat taqsimoti kabi turdosh tushunchalar uchrab turadi. Albatta, ular o'rtasida jiddiy farq yo'q, faqat akvatorial mehnat taqsimoti Yer sharining quruqlik qismida emas, balki uning okean va dengizlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi ixtisoslashuvini anglatadi (akva - suv demakdir).
Hududiy mehnat taqsimoti yoki ishlab chiqarishni hudud bo'ylab joylashtirish o'z mohiyatiga ko'ra iqtisodiy geografik jarayon hisoblanadi, chunki iqtisod hudud doirasida taqsimlanadi. Buning natijasida ishlab chiqarish kuchlarining hududiy tarkibi yoki tizimi (sistema), iqtisodiy rayonlar turi vujudga keladi. Ularning o'zaro hududiy munosabati va joylanish holati iqtisodiy geografik vaziyatni ifodalaydi.
Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Ammo, u iqtisodiy mehnat taqsimotidan biroz keyinroq vujudga kelgan. Sababi - avvallari kishilar tabiatda mavjud imkoniyatlardan foydalanganlar, o'zlarining u yoki bu joyda ma'lum mahsulotni yetishtirishlari esa kechroq paydo bo'ldi.
Demak, hududiy mehnat taqsimoti (HMT), soddaroq qilib aytganda, turli joylarning - mamlakat yoki rayonlarning turli mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir. Natijada ana shu joylarning iqtisodiy «basharasi» shakllanadi va ularning kattaroq hududiy tizimdagi o'rni o'z aksini topadi.
Agar kengroq qilib ta'riflamoqchi bo'lsak, HMT — bu ishlab chiqarish tarmoqlarini hududning tabiiy sharoiti va boyliklari, aholi va mehnat resurslari kabi omillariga qarab joylashtirishdir. Bundan kelib chiqadiki, HMT — ga turli omillar ta'sir ko'rsatadi. Ular:
-Tabiiy sharoit va qazilma boyliklari;
-Aholi va mehnat resurslari;
- Transport;
-Ijtimoiy infrastruktura;
- Ekologik vaziyat;
-Iqtisodiy geografik o'rin;
-Bozor manfaatlari va h.k.
Ayni vaqtda ana shu va shunga o'xshash omillar ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda ham hisobga olinadi. Binobarin, bu masala keyinroq mufassal o'rganiladi. Bu yerda faqat bir omilga to'xtab o'tish joiz. Gap shundaki, avvallari, ya'ni «Sotsialistik rejalashtirish» davrida eng asosiy omil o'ta markazlashgan davlat, ya'ni Butun ittifoq manfaatlari edi; qolgan sharoitlarning qulaylik yoki noqulayliklaridan qat'iy - nazar, agar davlat, Ittifoq uchun qaysi bir mahsulo zarur bo'lsa, u albatta yetishtirilishi shart edi. Masalan, O'zbekistonda paxtadan tashqari boshqa qishloq xo'jalik tarmoqlari (bog'dorchilik, uzumchilik, polizchilikni ham rivojlantirish mumkin edi, ammo Ittifoq, markaz sanoati uchun paxta kerakligi tufayli bu yerda xo'jalikning tor sohasi, xom ashyoga yo'naltirilgan tizimi shakllanadi.
Hozirgi bozor munosabatlari davrida vaziyat butunlay o'zgardi; endigi sharoitda yetakchi omil bozorning o'zi, talab bo'lib qoldi. Qolgan omillarning ta'siri esa bunga nisbatan sustroq. Chunki, nimaga ixtisoslashuv, nima yetishtirishni davlat emas, bozor belgilaydi, davlat esa, ilgari aytganimizdek, bu jarayonni u yoki bu vositalar yordamida tartibga solib boradi.
HMT uchun yetishtirilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni qondirgan holda albatta bozorga, almashuvga chiqarilishi kerak. Bundan ayon bo'ladiki, mazkur jarayonning asosida ishlab chiqarishning nafaqat mujassamlashuvi (kontsentratsiyasi), balki uning ixtisoslashuvi ham yotadi. Ixtisoslashuv esa mahsulotning chetga yuborilishi bilan belgilanadi. Shu bois, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotning ortiqcha qismi boshqa yerga (mamlakat yoki rayonga) yo'nalishi lozim; mhsulotning shu joyning o'zida to'la, batamom iste'mol qilinishi ixtisoslashuv, HMT emas, bu oddiy natural xo'jalikdir. Sunday davlatlar jahon xo'jalik tizimiga kira olmaydilar, milliy iqtisodiyoti zaifligi sababli ular jahon bozorida ishtirok eta olmaydilar va doimo «sudraluvchi" bo'lib qolaveradilar. Agar mamlakat ichida shunday mintaqalar mavjud bo'lsa, u holda uning yagona geoiqtisodiy tizimi vujudga kelmaydi, iqtisodiy havfsizlik ta'minlanmaydi; xo'jalikning hududiy tarkibi shakllanmaganligi, xomligi natijasida ichki iqtisodiy integratsiya jarayonlari rivojlanmaydi.
HMT — ning rivojlanishida transportning roli katta. Chunki transport mahsulot ishlab chiqarilgan joy bilan uni iste'mol qiladigan rayon o'rtasidagi aloqadorlikni bajaradi, transport harakati esa mahsulotning iste'mol rayonidagi qiymatiga kiradi.
HMT - da bir necha bosqich yoki daraja mavjud. chunonchi, sobiq Ittifoq davrida ular quyidagilar edi:
-Xalqaro yoki mamlakatlararo mehnat taqsimoti;
-Sotsialistik yoki kapitalistik mamlakatlar orasidagi mehnat taqsimoti;
-Butunittifoq mehnat taqsimoti;
-Yirik iqtisodiy rayonlar doirasidagi mehnat taqsimoti;
-Respublikalar ichidagi mehnat taqsimoti.
Bu yerda ta'kidlash kerakki, ilgarigi tizimda oxirgi ikki bosqichda hududiy mehnat taqsimoti amalda yo'q edi. masalan, O'rta Osiyo iqtisodiy rayoni mamlakatga asosan paxta yetishtirib berardi; O'zbekiston ichida esa bu taqsimot yanada zaif edi.
SSSR - ning parchalanishi natijasida hududiy mehnat taqsimotining vertikal shaklida keskin o'zgarishlar yuz berdi: ilgarigi ittifoqdosh respublikalar — endigi mustaqil davlatlar, jumladan O'zbekiston jahon hamjamiyatining alohida sub'ekti sifatida bu taqsimotning birinchi bosqichidan joy oldi, ya'ni beshinchi o'rindan birdaniga birinchi o'ringa ko'tarildi. Albatta, bunday «sakrash» oqibatida anchagina muammolar yuzaga keldi. Agar bu muammoni sobiq O'rta Osiyo iqtisodiy rayoni darajasida ko'rmoqchi bo'lsak, hozirgi kunda qo'shni respublikalar o'rtasida iqtisodiy integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, yagona iqtisodiy makonni shakllantirish juda qiyin bo'lib qoldi. Buning sabablaridan bir - barcha respublikalarning asosan bir xil mahsulot, ya'ni paxta yetishtirishidir.
Huddi shunday vaziyat respublikamiz ichida yanada yaqqolroq ko'rinadi. Binobarin, milliy iqtisodiyotning biryoqlama, paxta yakka hokimligiga yo'naltirilgan tizimning o'rniga turli tarmoqlarga ixtisoslashgan xo'jalik tarkibini vujudga keltirish zarur. Sobiq Ittifoqdan meros qolgan hududning tor ixtisoslashuvi ayrim viloyatlarda, masalan, Sirdaryo, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazmda tamomila o'zgartirilganicha yo'q. Shu bois, mamlakatimizda ichki — mintaqalar va viloyatlar va hatto viloyat doirasida mehnat taqsimotini chuqurlashtirish lozim.
HMT ixtisoslashuvga, bir joyning ikkinchi joydan xo'jalik yo'nalishi bo'yicha farq qilishiga, hududiy rang - baranglikka olib keladi. Bu esa iqtisodiy rayonlarning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti—»ixtisoslashuv—»iqtisodiy rayonlar o'rtasida zanjirsimon aloqadorlik mavjud.
Iqtisodiy rayonlashtirish masalalari. O'zbekiston hududining tabiiy geografik jihatdan turli — tumanligi uning «geografik geometriyasini», hududiy iqtisodiyotining shakllanishiga sabab bo'ladi. Jumladan, Respublika maydonining 70 foizidan ko'prog'ini tekisliklar tashkil etishi, an'anaviy sug'orma dehqonchilik uchun kerak bo'lgan suv resurslarining notekis taqsimlanishi, aholi va ishlab chiqarish zich joylashgan voha va vodiylar bilan bit qatorda yaxshi o'zlashtirilmagan cho'l mintaqasining mavjudligi ichki hududiy - iqtisodiy tuzilmaning shakllanishini belgilab beradi. Shuningdek, bunga mamlakat geoqiyofasi (hududining konfiguratsiyasi, shimoli -g'arbdan janubi - sharqqa cho'zilganligi), chegara chizig'i, uning oddiy va murakkabligi ham ta'sir etadi.

XULOSA
Hulosa o’rnida aytish mumkinki xalqaro mehnat taqsimoti - bu ishning unumdorligini oshirishga qaratilgan aniq va chegaralangan vazifalarda ijtimoiy va hududiy mehnat taqsimotining eng yuqori shakli. Mamlakatlar ayirboshlash uchun foydalanadigan ma'lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish darajasi xalqaro mehnat taqsimoti va uni kengaytirish zarurligini belgilab berdi.
Tarixiy jihatdan tobora murakkablashib borayotgan xalqaro mehnat taqsimotining o'sishi ishlab chiqarish va savdoning global o'sishi, kapitalizmning ko'tarilishi va sanoatlashtirish jarayonlarining murakkabligi bilan chambarchas bog'liqdir.
Xalqaro mehnat taqsimotining, shuningdek, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning boshqa shakllarining vakolatxonasiga, asosan, o'sha xalqlarda hukmron bo'lgan ishlab chiqarish munosabatlari ta'sir ko'rsatadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti har xil mamlakatlar o'rtasidagi savdo-sotiq kengayib, jahon bozorini rivojlantirish uchun ob'ektiv platformani tashkil etishi uchun juda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T.: “O`zbekiston”, 1995.

  2. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – bosh yo`limiz. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida so`zlangan nutq. “Xalq so`zi”, 2002 yil, 15-fevral.

  3. Karimov I.A. Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.: “O`zbekiston”, 1996.

  4. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: “O`zbekiston”, 1997.

  5. Karimov I.A. O`zbekiston - bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. T.: “O`zbekiston”, 1993.

  6. Amaliy iqtisodiyot (o`quv qo`llanmasi). Tarjimonlar I.Fozilov va boshqalar. T.: “Sharq”, 1996.

  7. Butikov I. Qimmatli qog`ozlar bozori. T.: “Konsauditinform”, 2001.

  8. Doklad o chelovecheskom razvitii. T. “O`zbekiston”,1993.

  9. Kurs ekonomiki(uchebnik). M.: “Infra-M”, 2000.

  10. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: “O`zbekiston”, 1999.

  11. Ergashev T.,Ismatov R. Iqtisodiy savodxonlik asoslari. T.: “Sharq”, 2001.

  12. Yurieva T.V. Sotsialnaya ro`nochnaya ekonomika (uchebnik). M.: “Russkaya delovaya literatura”, 1999.

Yüklə 82,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin