O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universititeti olmaliq filiali



Yüklə 73,54 Kb.
səhifə2/5
tarix21.12.2023
ölçüsü73,54 Kb.
#187884
1   2   3   4   5
Aniqlik kvalitetlari. 11

O`lcham dopuski
Detalning yo`l qo`yilgan chegarada eng katta va eng kichik o`lchamlar orasidagi farqga dopusk(cheklanish) deyiladi Yo`l qo`yilgan chegarada eng katta o`lcham bilan nominal o`lcham orasidagi farqga yuqori chetga chiqish, eng kichik o`lcham bilan nominal o`lcham orasidagi farqga pastki chetga chiqish deyiladi.
Asosiy chetga chiqish yo`l qo`yilgan chegaradagi yuqorigi yoki pastki chetga chiqishlardan biri bo`lib dopusk maydoniga nisbatan “nol” chizig’ini aniqlashda foydalaniladi.
Chiziq bu birikmaning nominal o`lchamiga mos kelib, unda dopusk va o`tkazishlarni grafik tasvirlashda chetga chiqish o`lchami qo`yiladi. Yuqori va pastki chetga chiqishlar bilan chegaralangan maydon dopusk maydoni deyiladi hamda u dopusk qiymati va nominal o`lchamga nisbatan holati bilan aniqlanadi. Masalan, valning nominal diametri 40 mm ga teng, yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish yuqorisi +0,008 mm, pasti- 0,008 mm. Diametrga dopusk va yo`l qo`yilgan chegarada diametr qiymati aniqlansin.
Diametrga dopusk : 0,008 –(-0,008)=0,016 mm.
Yo`l qo`yilgan chegarada eng kichik diametr : 40-008= 39,992 mm, yo`l qo`yilgan chegarada eng katta diametr : 40+0,008 =40,008 mm.
Chiziqli o`lchamning yo`l qo`yilgan chegarada yuqori va pastki chetga chiqish, nominal o`lchamga nisbatan kichik shrift bilan uning qatorida yoziladi Bunda plyus belgisi, chekli o`lchamning nominal o`lchamdan kattaligini ko`rsatadi, minus belgisi esa chekli o`lchamning nominal o`lchamdan kichikligini kursatadi.
Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish nolga teng bo`lsa, u yozilmaydi. Yo`l qo`yilgan chegarada yuqori va pastki chetga chiqishlarning son qiymati teng bo`lsa, u nominal o`lcham bilan bir xil shriftda bir marta yoziladi Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqishini chizmada qo`yishga misol bda ko`rsatilgan.
Yuqori va pastki chetga chiqishlarni ko’rsatuvchi sonning o`lchamlarinominal o`lchamni ko`rsatuvchi sonning o`lchamiga nisbati va ularning yozilish tartibi berilgan.

Yüklə 73,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin