O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM , FAN VA INNAVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITITETI OLMALIQ FILIALI
“Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar ” kafedrasi
“Metrologiya standartlashtirish va o’zaro almashinuvchanlik ” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: _______________________________________
Bajardi:_______________________
Tekshirdi:______________________
OLMALIQ-2023
Aniqlik kvalitetlari.
Reja:
Kirish
Asosiy qism.
1. Kvalitet nima va uning belgilanishi.
2. Kvalitetlarni tanlash va qo’llash
3. Kvalitetlar jadvali
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kvalitet (fransuzcha qualite – sifat, ya’ni, aniqlik darajasi) tizimdagi joizliklar qiymatlarining daraja pog‘onasi. Har bir kvalitet tarkibida qator joizliklar bor. Bular joizliklar va o‘tqizmalar tizimida barcha nominal o‘lchamlar uchun taxminan bir xil aniqlikni ta’minlaydi deb qaraladi. Bir kvalitet ichidagi aniqlik faqat nominal o‘lchamga bog‘liq. JO‘YaT da 20 ta kvalitet joriy qilingan: 01; 0; 1; 2;... 18 (eng aniq 01 va 0 kvalitetlari 1 kvaliteti joriy qilingandan keyin kiritilgan). Kvalitet joizlik, ya’ni mashina detallarini tayyorlash va nazorat qilish usullari va vositalarini joriy qiladi. Kvalitet raqami oshgan sari "a" ning qiymatlari maxraji = 1,6 ga teng geometrik progressiyasi bo‘yicha kattalashib boradi. Demak, bir kvalitetdan ikkinchi, “qo‘polroq” , kvalitetga o‘tganda joizliklar tahminan 60% ga oshib boradi. Har bir 5 kvalitetdan keyin joizlik 10 baravar oshadi
—01-dan 4-gacha bōlgan kvalitetlar kalibrlar, ōlchash vositalarning detallari va boshqa ōta aniq ōlchamlar uchun qōllaniladi; — 5-dan 12-gacha bōlgan kvalitetlar asosan mashinasozlik qo’llaniladigan, yuqori tezlikda xarakatlanadigan birikmalar o’lchamlari uchun qōllaniladi; (shpindel, podshipnik) — 13-dan 18-gacha bōlgan kvalitetlar asosan birikmaydigan (erkin) o’lchamlar - bular buyumning vazifasiga uncha ta’sir qilmaydigan detallar uchun qōllaniladi;(korpus, stanina, qopqoq)
A-H (a-h) bo’lgan asosiy og’ishlar tirqishli o’tqazishda joizlik maydonini hosil qilish uchun; JS-N (js-n) bo’lgan asosiy og’ishlar o’tuvchi o’tqazma o’tqazishda joizlik maydonini hosil qilish uchun; P-ZB (p-zb) bo’lgan asosiy og’ishlar tarangli o’tqazishda joizlik maydonini hosil qilishda foydalaniladi.
Hozirgi zamon mashinasozligida ko`p miqdorda ishlab chiqariladigan bir xil funksiyani bajaruvchi detallarning istalgani biror uzel, mexanizm va mashinalarga o`rnatilganda, ular o`rnatiladigan o`ringa, qo`shimcha ishlov bermay va moslamay yig’iladi.
Detallarning o`zaro almashuvchanligini ta`minlash uchun ularni chizmalarda ko`rsatilgan nominal o`lchamlariga muvofiq ishlab chiqarish zarur. Loyiha natijasida aniqlanib va GOST 6636-96 ga muvofiq o`ziga yaqin bo`lgan katta qiymatga yaxlitlanib olingan asosiy o`lcham nominal o`lcham deyiladi.
Biroq ishlov berishda detalning birorta ham o`lchami nominal o`lchamga teng bo`lolmaydi. Bunga stanok, kesuvchi asbob va o`lchov asboblarining noaniqligi, keskich uchining eyilishi, keskich bilan detalning kesuvchi kuch ta`sirida deformatsiyalanishi va boshqa bir qancha sabablar bo`ladi.
Shuning uchun, detallarning o`zaro almashinuvchanligini ta`minlash maqsadida, nominal o`lchamlaridan farqli ravishda ularning eng katta va eng kichik chekli chetga chiqish o`lchamlari belgilanadi
Nominal o`lcham yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqishini hisoblashning boshlanishi bo`lib xizmat qiladi Yo`l qo`yilgan chegarada chetga chiqish yo`l qo`yilgan chegara bilan nominal o`lcham orasidagi algebraik farq bo`lib hisoblanadi.
Detalni bevosita o`lchash yo`li bilan aniqlangan o`lchami haqiqiy o`lcham deb aytiladi Orasida detalning haqiqiy o`lchami joylashgan ikkita ruxsat etilgan oxirgi o`lchamlar yo`l qo`yilgan chegaradagi o`lchamlar deyiladi. Detalning yo`l qo`yilgan chegaradagi o`lchamlari, uning tayyorlash sifatini ta`minlaydi.
Detalning tayyorlash usulidan qat`iy nazar, uzel yoki mashinadagi o`rniga qo`shimcha ishlov bermasdan qo`yib hamda ish paytida o`z funksiyasini barcha texnikaviy talablarga javob bergan holda bajarishga to`liq o`zaro almashinish deyiladi.
O`zaro almashinishning asosiy sharti, talab qilingan o`tkazishni ta`minlashdan iborat.
Detallarning birikish xarakteriga , ya`ni zazorli ( ma`lum oraliq bilan ) yoki zazorsiz (bir-biriga nisbatan qisilib-tarang) birikishiga o`tkazish deyiladi.
Birikuvchi ikki detalning ichki o`rab oluvchi elementi teshik va tashqi o`raluvchi elementi val deyiladi.
Bu terminlar ,albatta shartli bo`lib, ular detalning xoxlagan shakldagi elementi bo`lishi mumkin Birikuvchi detallar bir-biriga nisbatan qo’zg’aladigan (erkin) yoki qo`zg’almaydigan holda joylashgan bo`ladi. Ularni bir-biriga nisbatan erkin joylashishi birikmada oralik (zazor) bo`lganligidan (teshik o`lchami val o`lchamidan katta) qo`zg’almaydigan holda joylashishi birikmada zazor bo`lmaganligidan, ya`ni bir-biriga nisbatan qisilib (tarang) joylashishidan hosil bo`ladi. Qo`zg’almaydigan holda joylashganda detallar yig’ilguncha val diametri teshik diametridan katta bo`ladi
Dostları ilə paylaş: |